Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING HUQUQIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI
MUSTAQILLIKYILLARIDAO’ZBEKISTONDA JISMONIYTARBIYAVA · SPORTNING HUQUQIYASOSLARINING SHAKLLANISHI
Международный научный журнал · 160-162 · 2026
Аннотация
Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali sport sohasining huquqiy poydevori qanday shakllanganligi o‘rganiladi. Shuningdek, sportning rivojlanishiga qaratilgan davlat dasturlari, sport tashkilotlari faoliyati va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Ishda mustaqillik davrida sportning xalqaro maydondagi o‘rni, sportchilarimizning yutuqlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishidagi huquqiy asoslarning bosqichma-bosqich shakllanish jarayonini ochib beradi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, mustaqillik, jismoniy tarbiya, sport, huquqiy asoslar, qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzi, sport tashkilotlari, yoshlar, sport siyosati, xalqaro hamkorlik, sportchilarning yutuqlari, sport qonunchiligi. Kirish: O’zbekiston mustaqillikka erishgach dunyodagi o’zgarishlar jarayonida o’zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo’lgan mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatiga kirib bordi. Yangi svilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazishga qodir mamlakat sifatida o’zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi milliy taraqqiyotimiz rivojining omili sifatida katta e’tibor qaratildi. “Biz xalqaro sport maydonlarida O’zbekistonning nufuzi va obro’-e’tiborini oshirishga katta hissa qo’shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak”1, – degan edi O‘zbekiston Respublikasi Preizdenti Sh.M.Mirziyoyev. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishdagi dastlabki qadam 1992-yil 14- yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bo’ldi2. Ushbu qonunda xalqaro hujjatlarda aks etgan inson va fuqaro huquqlariga oid normalar o’z aksini topdi. Qonunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, shaxsiy va jamiyatdagi holatidan qat’iy nazar jiismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida qatnashishga, jamoatchilik birlashmalarini tuzishga, jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqlariga ega bo’ldi. Shuningdek, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega, deb belgilab qoyildi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo’mitasi, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, sport turlari boyicha federatsiyalar, jamg’armalar, sport klublari va ularning asosiy maqsadlari, jismoniy tarbiya va sportga oid boshqa jamoat birlashmalarining vakolatlari belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-martdagi “O’zbekiston Respublikasida futbolni 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasinirivojlantirishmasalalarigabag’ishlanganyig’ilishdaginutqi. 2O‘zbekistonRespublikasiOliyKengashiningAxborotnomasi,1992-yil3-son. 361 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2000- yilgacha futbolnirivojlantirish milliy dasturi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-mayda “O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi sohadagi boshqaruv organi deb hisoblandi va o’z faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga boysunishi belgilab qoyildi. Qo’mitaning vazifalari etib respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish, yillik prognozlarni shakllantirish, aholini jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini amaliyotga joriy etish va ushbu masalalar boyicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, yoshlarni mehnatga va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash, xalq oyinlarini, sportning milliy turlari boyicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish, sportchilarning, sport faxriylarining, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining ijtimoiy himoyasi masalalarini hal etish, jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va taqsimlash, mamlakatning xalqa
Доказательный фрагмент
«Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hu…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sog‘lom turmush tarzi, sport siyosati, yoshlar, xalqaro hamkorlik, sport qonunchiligi., sport tashkilotlari, davlat siyosati, jismoniy tarbiya, O‘zbekiston, huquqiy asoslar, mustaqillik, qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlar, sport, sportchilarning yutuqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026