К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘SMIRLAR KASB TANLASH JARAYONIGA XARAKTER XUSUSIYATLARINI PSIXOLOGIK TA’SIRI

PSIXOLOGIK TA’SIRI · YUSUFOVBAXTIYORMUZAFFAR OʻGʻLI · BOTIROVADILAFROʻZ RAIM QIZI.

Международный научный журнал · 160-162 · 2026

Аннотация

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan. O’smirlarni kasb-hunarga yo‘naltirishdaqiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘naltirish va kasb tanlashga o‘rgatish hamda ijtimoiy mobilligi va kasbiy o‘sishini ta’minlash, kasbiy motivlarning shakllanish omillari to‘g‘risida ilmiy xulosalar berilgan. Muallif mazkur muammo hozirgi kunda juda dolzarb ekanligi, uni o‘rganish psixologlar oldida muhim vazifalarni qo‘yayotganligi, mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tgan. Kalit so‘zlar: kasb tanlash, motiv, qiziqish, qobiliyat, iroda, barqarorlik, chidamlilik, status, ta’lim,tarbiya, kasb-hunar, o‘smir, o‘quvchi, shaxs. KIRISH. Bugungi kunda o‘smirlarni kasbga yo‘naltirish masalasiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilib, kasbga o‘rgatish markazlari tashkil etilmoqda. O‘smirlik davridagi shaxslarning kasb tanlash masalasi yurtimizda keng doirada o‘rganilmoqda. O‘smirlarga o‘quv jarayonida ma’lum bir kasbga xos tushunchalarni berish, kasb-hunarga yo‘naltirish va kasb o‘rgatish, yoshlarning ijtimoiy-innovatsion jarayonlarga transformatsiyalashuvini ta’minlash, o‘smirlarning ijtimoiy mobilligi va kasbiy o‘sishini ta’minlash, ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha tanlovlarida pedagogning o‘rni, kasbiy motivlarning shakllanish omillari, kasb motivlari barqarorlashishi, o‘smirlar sanogen tafakkurini rivojlanishi ularning xulq-atvoriga bog‘liqligi, o‘smirlarning ijtimoiylashuvida ibrat olish xususiyati, o‘smirlarning fikrlari kattalar tomonidan inobatga olinishi, o‘smirlarning o‘zini nazorat qilish, mas’uliyatli va mustaqil bo‘lishga intilishi masalalariga amaliy e’tiborqaratilmoqda. Inson o‘zining kasbiy faoliyatida muayyan darajalar, yutuqlarga erishishni asosiy maqsad deb bilmog‘i lozim. Hozirgi davrda fan va texnikaning yuqori darajada taraqqiy etib borayotganligi hamda bunga bog‘liq ravishda maʼlum bir sohada yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanish uchun o‘smirlik davridan shaxsning o‘ziga mos kasbni tanlash masalasi dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida kasb nuqtayi nazardan nafaqat kelajakda kim bo‘lish haqida o‘ylash, balki o‘zining kelajakdagi faoliyatini rejalashtirish, kasbiy qiziqishlarni belgilash, kasbni tanlash kabi aniq bosqichlaramalga oshiriladi. O‘zini aktuallashtirish bosqichida shaxsning imkoniyat va qobiliyati to‘liq realizatsiyasi namoyon bo‘ladi. O‘zini aktuallashtirish cheklanmagan bo‘lib, shaxs istalgan faoliyat turida o‘z qobiliyatini maksimallashtirishi va to‘liq shaxs rivojlanishiga erishishi mumkin. [120; 46; 50] A. Maslou ta’limotiga ko‘ra, o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji shaxsning o‘zidagi kamchilikni to‘ldirish motivatsiyasi emas, balki intilish va erishish motivatsiyasini anglatadi. Shaxs o‘zi tanlagan faoliyat turida yuqori natijaga erishishi o‘zini aktuallashtirish ehtiyojining ta’minlanganligini anglatadi. 343 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Kasb tanlash, kasbiy jihatdan o‘zini anglash va kasb tanlashning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha mamlakatimiz psixologiyasida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va hozirgi kunda ham bu sohada muhim ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda R.Z.Gaynutdinov, E.G‘.G‘oziyev, V.A.Tokareva, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, V.M.Karimova, Sh.R.Barotov, N.S.Safayev, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova, A.A.Fayzullayev, F.I.Haydarov, N.I.Xalilova, K.B.Qodirov, U.S.Jumayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim bo‘lib, mazkur izlanishlarda kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish va o‘qitish, o‘quv vakasbiy faoliyat motivatsiyalari haqidamuhim ilmiy ma’lumotlarberilgan. Psixologiya fanlari doktori professor V.M. Karimova mazkur muammoni samarali o‘rgangan olimalardan biri bo‘lib, o‘z ilmiy izlanishlarida kasb tanlash tizimida oila ijtimoiy institutiga alohida urg‘u beradi. Jamiyatda takrorlanmas qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boruvchi meroslar ko‘p bo‘lib, uzoq asrlar davomida oilalar sulolasida davom etib kelayotgan kasblar bunga misol bo‘ladi. Hunarmandchilik, kosiblik, kulolchilik, gulchilik, rassomchilik, tikuvchilik va boshqa bir qator kasblar uzoq asrlar davomida saqlangan kasblar qatoriga kiradi. [41] Asrlar davomida saqlanib kelgan bunday kasblar bugungi kunda ham keng qo‘llanilishi ahamiyatli hisoblanadi. Bizning ilmiy izlanishlarimiz boshqalardan biroz farqli ravishda kasb tanlashga ijtimoiy- psixologik omillarning ta’siri natijasida «moddiy qiziqish», «shaxsiy qaror qabul qilish», «oilaviy qadriyatlar» kabi ijtimoiy omillarning shaxsni o‘ziga yo‘nalganlik darajasi bilan bog‘liqligi tufayli o‘smirlarda kasbiy o‘z o‘zini anglashni ustuvor shakllanishi va o‘smirlar shaxsning kasbiy faoliyatni tanlashda barqarorligi va chidamliligini aniqlashga qa

Доказательный фрагмент

«Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iroda, tarbiya, chidamlilik, motiv, kasb tanlash, o‘quvchi, ta’lim, shaxs., barqarorlik, status, o‘smir, kasb-hunar, qiziqish, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники