К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHALLADA PSIXOLOGIK XIZMAT TASHKIL ETILISHINING AMALIY ASOSLARI

TASALLAYEVAGULBAHOR SA’DULLO QIZI · ISMATOVAOYIMSULUVRAXIMBERDI QIZI

Международный научный журнал · 160-162 · 2026

Аннотация

Maqolada mahallada aholining turli yoshdagi qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini hamda mahallada psixologik xizmat samaradorligini takomillashtirish va mahallada aholining turli guruhlaridagi ijtimoiy-psixologik muammolarni tahlil etish. Aynan mahalla hayoti bilan bog‘liq psixologik tadbirlarning olib borilishi ushbu tizimda o‘ziga xos ijtimoiy omillarning yaqqol namoyon etilishini ta’minlashga xizmat qiladi va mahallada istiqomat qiluvchi xar bir shaxsning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollari ochib berishda muhimaxamiyat kasb etishi. to‘g‘risidailmiy xulosalarberilgan. Kalit so‘zlar: mahalla, guruh, kognitiv, ta’lim, oila, aholi, ijtimoiylashuv, ma’naviyat, muammo, qadriyat, komunikativ, yoshlar, muhit, ziddiyat. Kirish:Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar sharoitida mahallada istiqomat qiluvchi har bir shaxsning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik taraqqiyotini ta’minlash, mahallalardagi oilalarda ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, ular orasidagi nizoli, og‘ir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-psixologik xizmatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan konsepsiyalarni ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan oilalardagi ma’naviy sog‘lom muhitni yaratishda mahallaning ta’sirini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilayotgan davrda mahalla aholisining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 -yil 07-mart dagi PF-5325-son “oila va xotin- qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘omlashtirish mahalla institutini yanada qo‘llab-quvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190- son “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602- son “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. [1;11; 26; 30; 39; 55; 62; 71;]. Bugungi kunda aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin[15;19; 25; 40; 49; 55; 82;91;]. 335 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI ADABIYOTLARTAHLILI VATADQIQOTUSLUBLARI Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik hodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondashuv muammosining (G.M. Andreyeva, Y.M. Zabrodin, G‘.B. Shoumarov,E.G‘. G‘oziyev, V.M. Karimova, I.S. Kon, C.I. Koralev, B.D. Parigin, YE.V. Shoroxova), shuningdek, shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta’minlash muammosining (Abulxanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S. Vigotskiy, M.G. Davletshin, U.Djems, A.G. Kovalev, A.N. Leontyev, A.V. Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, V.A. Tokareva, D.I. Feldshteyn, E.Fromm, B.R. Qodirov) o‘rtaga tashlanishi psixologik xizmat metodologiyasi haqidajiddiyroq o‘ylashni va mulohazayuritishni taqozoetmoqda. Umuman, mahallada psixologik xizmat borasida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo‘nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo‘lsa-da, ilg‘or g‘arb psixologlari, Markaziy hamdo‘stlik Davlatlari psixologlari hamdaO‘zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan tadqiqotlar mavjudki,ular qaysidir jihatibilan psixologikxizmat modeli,mohiyati, ahamiyati, va ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilishimumkin. O‘zbekistonda psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ko‘p tarmoqli va keng ko‘lamli jarayon ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, har bir ijtimoiy tizimda psixologik xizmatning joriy etilishi shu tizimda faoliyat yuritayotgan shaxs va ijtimoiy taraqqaiyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘ylaymizki, ushbu “ta’minot” ning qanchalik mukammal va ilmiy tarzda tashkil etilishi shu hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning

Доказательный фрагмент

«Maqolada mahallada aholining turli yoshdagi qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini hamda mahallada psixologik xizmat samaradorligini takomillashtirish va mahallada aholining t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mahallada aholining turli yoshdagi qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini hamda mahallada psixologik xizmat samaradorligini takomillashtirish va mahallada aholining t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ziddiyat., yoshlar, ta’lim, oila, ijtimoiylashuv, guruh, ma’naviyat, muammo, kognitiv, muhit, mahalla, aholi, komunikativ, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники