Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VOHASINING TURIZM SALOHIYATI
KARIMOV BAHROMDJALOLOVICH
Международный научный журнал · 160-162 · 2021
Аннотация
Qashqadaryo vohasining yirik hududlaridan biri bo‘lgan bu hudud o‘zining uzoq tarixi davomida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida muhim siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, etnik va madaniy ahamiyatga ega mintaqa bo‘lgan. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati— Oʻzbekiston Respublikasidagi tarixiy obidalar hamda rekreatsion resurslar imkoniyatlariga ega boʻlgan hududdir. Ushbu maqolada aynan Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatining Afzal jihatlari masalasi ishonchli manbalar asosidabayon etilgan. Kalit so‘zlar: Arxeologik obyektlar, tarixiy ob’ektlar, monumental yodgorliklar, dam olish maskanlari, agroturizm,obida, Ko’kgumbaz, festival. Kirish: Qashqadaryo viloyatida Respublikadagi jami tarixiy obidalarning 17,76% joylashgan. Qashqadaryo viloyatda bugungi kunda 1 ming 468 madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 1 ming 189 tasi arxeologiya, 208 tasi arxitektura, 43 ta monumental yodgorliklar, 34 tasi diqqatga sazovor joylar[1] hisoblanadi. “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi 2021-yil 9-fevral sanasidagi PF-6165 son Farmoning 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshiliash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi byudjetdan tashqari 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni asosan Shahrisabz, Qarshi va Kitob tumanlarida koʻp uchraydi. Shahrisabz shahri UNESCO butun jahon maʼdaniy merosligiga kiritilgan. Qashqadaryo viloyatida oʻzining uzoq oʻtmishiga ega ekanligi sabab tarixiy obidalar soni va ilmiy yangiligi turfa xillikni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni hududlar kesimida turlicha hisoblanadi. Bugungi kunda viloyatda 48 ta mehmonxona, 194 ta mehmon uylari, 16 ta hostellar turistik qatlam uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Hududda 17 ta yirik turistik ob'ektlar mavjud bo‘lib, yil davomida 700 mingdan ortiq turistlarni o‘zida qabul qiladi. Maʼlumot uchun, Qashqadaryodagi “Varganza” qishlogʻi viloyatdagi birinchi agroturizm qishlogʻi hisoblanadi. Bu yerda 2019-yilda birinchi marta “Anor” xalqaro agroturizm festivali boʻlib oʻtgan va qishloqqa “agroturizm qishlogʻi”maqomi berilgan. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Bashir” qishlogʻi turizm qishlogʻiga aylantirilmoqda. “Hazrati Bashir” ziyoratgohi aynan shu qishloqda joylashgan. Qayd etish lozimki, 2022-yilda “Hazrati Bashir” ziyoratgohiga 400 000 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy turist tashrif buyurgan. Ushbu maskan nafaqat betakror tabiati, balki oʻziga xos tarixi bilan ham eʼtibor jalb qilib keladi. Qashqadaryo O‘zbekistondagi o‘zining go‘zal tabiati, tarixiy obidalari va madaniy merosi bilan mashhur hududdir. Bu yerda Shahrsabzning qadimiy xarobalari, Nurota tog‘larining tabiiy issiq buloqlari, Gulkam kanyonining manzarali sharsharalari, Kasbi shaharchasining an’anaviy hunarmandchiligi kabi sayyohlar uchun kengko‘lamlidiqqatga sazovorjoylar mavjud. Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim.sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini 330 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Ulug‘bek Mirzo otasi Shoxrux Mirzo nomidan qurdirgan (1434-1435). Peshtoq ravog‘ida ularning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuvlar saqlangan. Ko‘k gumbaz masjidi Dorut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish strategiyasi doirasida Qashqadaryo va mamlakatimizning boshqa hududlarida turizmni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryo turizmi mintaqaga sayyohlarni jalb etish va O‘zbekistonning umumiy turizm industriyasiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Qashqadaryoga turistlar borishini 10sababi mavjud. 1. Oqsaroy ziyoratgohi: Shahrisabz tumanidagi Sohibqiron Amir Temur davrida qurilgan me’moriy yodgorlik (1380-1404). Shahar bosh maydonida joylashgan. Uning old tarafida Amir Temur haykali bunyod etilgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo‘lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtoqi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Peshtoq ravog`ining eni 22,5 metr,
Доказательный фрагмент
«Qashqadaryo vohasining yirik hududlaridan biri bo‘lgan bu hudud o‘zining uzoq tarixi davomida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida muhim siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, etnik va madaniy ahamiyatga ega mintaqa bo‘lgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюQashqadaryo vohasining yirik hududlaridan biri bo‘lgan bu hudud o‘zining uzoq tarixi davomida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida muhim siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, etnik va madaniy ahamiyatga ega mintaqa bo‘lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy ob’ektlar, agroturizm, monumental yodgorliklar, dam olish maskanlari, Arxeologik obyektlar, festival., Ko’kgumbaz, obida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024