Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI ASRDA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH JIHATLARI
Kayumova NasibaAshurovna.
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli asr, raqamli asrda ta’lim rivojlanishining muhim jihatlari, integratsiya jarayonlarining turli-tumanligi, ta’limdagi integratsiya jarayonlari keng miqyosda ochib berilgan. Kalit so’zlar. Raqamli asr, integratsiya, siyosiy integratsiya, ijtimoiy integratsiya, ishlab chiqarish integratsiyasi, iqtisodiy integratsiya, moslashuvchan ta’lim, Individual yondashuv, o’zini-o’zi boshqarish. Raqamli asr – bu jamiyatning raqamli davrini, insonlar hayotida raqamli texnologiyaning, xususan internetning ta’sirini kuchaygan davrni anglatadi. Raqamli texnologiyalar, masalan, kompyuterlar, smartfonlar, internet, sun’iy intellekt va bulutli hisoblash kabi innovatsiyalar odamlarning turmush tarzini, ishlashusullarini vaaloqa shakllarini tubdan o’zgartirdi. Raqamli asr deb nom olgan 21-asrda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ma’lumotlarni tez va oson tarqatilishiga, turli xil raqamli platformalar orqali kommunikatsiyani osonlashishiga va innovatsion texnologiyalarni hayotimizning ko’plab jabhalarini o’zgartirishi, hamda, tubdan rivojlanishiga olibkelmoqda. Mamlakatimizda fan-texnikani uzluksiz rivoji ta’lim tizimini rivojlanishiga asos bo’lmoqda. So’nggi yillarda ta’lim sohasida qilinayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar tahsinga loyiq bo’lsada, bu millatimiz oldigaqo’yilganulkanmaqsadvavazifalarnimukammalko’rinishiemas. Shu o’rinda aytish mumkinki, O’zbekistonda ta’limning barcha bosqichlarida dunyoda еtakchi bo’lgan davlatlarning ta’lim tizimlari tajribalari va elementlariga tayanib ish olib borilmoqda. Masalan, maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarida Koreya Respublikasining tajribasidan foydalanayotganlik e’tiborga molik va ishonamizki kelajakda Koreya modelining elementlari o’z aksini topadi. Shuningdek Finlandiya, Xitoy, Singapur va Yaponiya singaririvojlanganmamlakatlarningta’limtiziminitajribalariganfoydalanish. Raqamli asrda ta’limning rivojlanishjarayoni birnechta muhimjihatlarni o’zichiga oladi (1-rasm). 304 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI 1-rasm. Raqamli asrda ta’limrivojlanishining muhimjihatlari. Integratsiya tushunchasi va integratsiya jarayonining o’zi XX asrning 20 yillarida fanga kirib keldi. Integratsiya (lotincha integratio - "qayta tiklash", "to’ldirish", "ulanish") - qismlarni bir butunga birlashtirish jarayoni. Bu ta’limda tafakkur o’sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish, to’ldirish bo’lib hisoblanadi. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning tahliliga integratsion jarayonlar falsafiy ilmiy tadqiqotlarda integratsiyaning umumnazariy muammolari, mustaqil fan va uning alohida sohalari ilmiy bilimlarining integratsiyasi, insonni o’rganish sohasi va gumanitar fanlar integratsiyasi, ijtimoiy– gumanitar va tabiiy fanlar bilimlari sohasining integratsiyasi, texnik fanlar sohasida texnik va tabiiy fanlar, texnik va ijtimoiy fanlar integratsiyasini ko’rsatayotgan bo’lsa, metodologik tadqiqotlarda pedagogik va tenik bilimlar integratsiyani ta’minlovchi usul va vositalar, pedagogik va texnik bilimlar integratsiyaning xarakter xususiyati, mazmuni, mohiyati, pedagogik fanlarda integrativ qonuniyatlarini, amaliy tadqiqotlarda esa, amaliy integratsiyaning masalalarini ko’rib chiqish orqali o’z aksini topmoqda. Bilimlarning turli tumunligidan integratsiya jarayonlarining turli-tumanligini ko’rishimiz mumkin. Bularga: siyosiy integratsiya - strategik qiziqishlarbilan qonunchilik faoliyatini muvofiqlashtirish; ijtimoiyintegratsiya -qarindoshchilik aloqalar, mehnat taqsimoti vaboshqalar; ishlab chiqarish integratsiyasi -sanoat, transport, energetika vaboshqalar; ishlab chiqarish integratsiyasi iqtisodiy integratsiya - erkin savdo chegarasi, bojxona birlashmasi, ta’riflar, mehnat bozorih.k.; moliyaviy integratsiya –investitsiyalar, bozorkapitali, boyligi vah.k.; madaniy integratsiya –tilsohasi, madaniy aloqalar vah.k; ilmiy va ta’limiy integratsiya – pedagogik va texnik bilimlar integratsiyalarni ko’rsatishimizmumkin. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda integratsiyaning genetik (kelib chiqish) aspektlari qarab chiqilgan. Xususan, O.G.Gilyazova “Integratsiya – atrof olamni tuzilishiga o’xshash, fanlarning uzviy aloqadorlikdagi tizimi”deb ta’rifladi [2]. 305 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI I.P.Yakovlev fikriga ko’ra integratsiya katta uzviy yaxlitlikdagi tizimlarning harakati ekanligini, N.S.Serdyukova integratsiya ta’limda differensiatsiya bilan bir qatorda sodir bo’ladigan, fanlar aro aloqadorlikni o’zida aks ettiradigan, ta’limni sifatli, yangi bosqichga ko’taradigan fanning aloqadorligi va yaqinlashishinitushuntirgan [4]. T.S.Borodina tadqiqotida talabalarning o’quv va tadqiqot faoliyatini birlashtirish, pedagogik universitetning ta’lim maydonida integratsiya jarayonini tashkil etishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan [1]. L.A.Sh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli asr, raqamli asrda ta’lim rivojlanishining muhim jihatlari, integratsiya jarayonlarining turli-tumanligi, ta’limdagi integratsiya jarayonlari keng miqyosda ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli asr, raqamli asrda ta’lim rivojlanishining muhim jihatlari, integratsiya jarayonlarining turli-tumanligi, ta’limdagi integratsiya jarayonlari keng miqyosda ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy integratsiya, o’zini-o’zi boshqarish., Individual yondashuv, Raqamli asr, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchan ta’lim, integratsiya, ishlab chiqarish integratsiyasi, siyosiy integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026