Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAʼLIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
TATBIQETISH MUAMMOLARI VAYECHIMLARI · OchilovaNigora Mallayevna
Международный научный журнал · 826-830 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari yoritilgan. XXI asrda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada ta’limda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, ularning sabablari hamda amaliy yechimlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, raqamli platformalardan foydalanish kabi taklifva tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, zamonaviy pedagogika, raqamli texnologiyalar, innovatsiya, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qitish metodikasi, raqamli kompetensiya, masofaviy ta’lim, interaktiv usullar, pedagogik innovatsiyalar. Kirish. Hozirgi globallashuv va raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda kechayotgan davrda, barcha sohalar qatori ta’lim tizimi ham tubdan o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Jahon miqyosida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash ta’lim sohasining eng muhim vazifasiga aylandi. Bu jarayonda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish nafaqat dars o‘tish usullarini, balki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni, ta’lim muhitini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini ham tubdan o‘zgartiradi. Yangi pedagogik konsepsiyalar, interaktiv usullar, multimediali va virtual platformalar, sun’iy intellekt va onlayn ta’lim kabi vositalar orqali o‘quv jarayoni yanada jozibador, tezkor va samarali bo‘lishimumkin. Asosiy qism. Taʼlim tizimidaraqamli texnologiyalarning muhim roli haqidasoʻzyuritiladi. Muallif, raqamli vositalar va texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish orqali oʻquvchilarni zamonaviybilim vako‘nikmalarbilan taʼminlash zarurligini ta'kidlaydi. Shuningdek, taʼlim tizimining raqamlashtirilishi orqali o‘qitish usullarini modernizatsiya qilish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalar, o‘z navbatida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuchaytirish, o‘quv jarayonini individualizatsiya qilish va talabalar uchun interfaol o‘quv muhiti yaratish imkonini beradi. Maqola, taʼlimda raqamli texnologiyalarning samarali tatbiq etilishiuchun zarur bo‘lgan pedagogik yondashuvlarva metodikalarni tavsiflaydi[1]. Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati, mavjud muammolari va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’limda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltiriladi. XXI asr – raqamli texnologiyalar asri sifatida ta’riflanmoqda. Hozirgi kunda jahon ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, raqamlashtirish jarayoni ta’lim mazmuni, usullari va shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Biroq bu jarayonda bir qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim va tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llashning imkoniyatlari, mavjud muammolari va ularni hal etish yo‘llarini tahlil qiladi. Xususan, raqamli vositalarni 300 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI darslarda faol qo‘llash orqali o‘quvchilarning dunyoqarashi, faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkinligi ta’kidlangan. Maqolada ko‘tarilgan asosiy muammolarqatorida: pedagoglarning raqamlitexnologiyalardan yetarli darajada foydalana olmasligi, infratuzilmaning yetarli emasligi, metodik qo‘llanmalarkamligi qayd etilgan. Muallifushbu muammolarni bartaraf etishuchun: o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etish, maktab va OTMlarni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash, raqamli ta’lim platformalarini milliy muhitga moslashtirish kabi amaliy takliflar bilan chiqadi[2]. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’limda innovatsion yondashuvlarni, faol va interaktiv o‘qitish usullarini o‘z ichiga oladi. Bu usullar o‘quvchining mustaqil fikrlashi, tanqidiy tahliliy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Masalan: Keys-stadi (keysli o‘rganish) Blum taksonomiyasi asosidadars rejalashtirish Proyekt asosida o‘qitish STEAM ta’lim. Bu usullar orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, ijodiy yondashuv, jamoaviy ishlash vahayotiy masalalarni hal qilishko‘nikmalari shakllanadi. Muallif fizika fanini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalasini yoritadi. Xususan, fizika — tabiat qonunlarini tushunish va ularni amalda qo‘llashni talab qiladig
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiya, zamonaviy pedagogika, masofaviy ta’lim, interaktiv usullar, pedagogik innovatsiyalar, raqamli kompetensiya, o‘qitish metodikasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025