Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY-IJODIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY-IJODIYKO‘NIKMALARNI
Международный научный журнал · 23 · 68-72 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tarbiyachi kasbining o‘ziga xosligi, pedagogik jarayonda yangicha yondashuvlar, ijodkorlik va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy-ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion metodlar va motivatsion yondashuvlarning samaradorligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachilar, kasbiy tayyorgarlik, ijodiy ko‘nikmalar, pedagogik innovatsiyalar, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, amaliy mashg‘ulotlar, kasbiy mahorat, motivatsiya, metodik yondashuv. Kirish. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati hayot faoliyatining barcha sohalarida ko‘p qirrali o‘zgarishlar bo‘lib o‘tmokda. Ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – kasbiy faoliyatga tayyorlanayotgan mutaxassislarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularni mustaqil fikrlovchi, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan shaxs sifatida shakllantirishdan iboratdir. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi tarbiyachilar uchun kasbiy-ijodiy ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiyachi nafaqat bolalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassis, balki ularning ilk bilim va ko‘nikmalarini, ijtimoiy-ruhiy rivojlanishini yo‘lga qo‘yuvchi ijodkorpedagog hamdir. Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning ijodiy yondashuvi, pedagogik masalalarni hal etishda noan’anaviy fikrlashi, innovatsion metodlardan foydalanish qobiliyati ularning kelgusidagi samarali mehnati uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, pedagogik ta’limjarayonida kasbiy-ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi dolzarb sanaladi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassis yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashga erishishi va ularda axloqiy-estetik madaniyatni rivojlantirishning innovatsion usullarini o‘zlashtirgan muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Mazkur ishda bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy-ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik asoslari, mazmuni, shakl va vositalari hamda bu boradagi zamonaviy yondashuvlar yoritilishiko‘zdatutiladi. Metod va metodologiya. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning ijodiy iste’dodlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Bo‘lajak tarbiyachilarning asosiy vazifalaridan biri yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oya va fikrlarini, iste’dod va iqtidorini o‘z vaqtida ko‘ra olish va uni ruyobga chiqarish uchun ko‘maklashishdan iboratdir. Yoshlardan ijodkorlik qobiliyati va boshqaruv mahoratini rivojlantirish orqali yuksak ma’naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakat taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo‘naltirish talab etiladi. Bugungi kunda bo‘lajak pedagog tarbiyachidan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilayotgan ekan, uning bilimdonligi qay darajada ekanligini tahlil qilish o‘ta muhim sanaladi. Bunda albatga bo‘lajak pedagog tarbiyachining kasbiybilimdonligi va kompetentligi alohidaahamiyat kasb etadi. 284 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod – yaratish, kashf etish; vujudga keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamdayaratuvchilik faoliyati mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan1. Ijodkorlik faqatgina mavjud bilimlarni yodlash yoki ularni avtomatik tarzda qo‘llash emas. Aksincha, u o‘ziga xos yondashuv, o‘zgarish kiritish, muammoni yangi usulda hal qilish, ilgari mavjud bo‘lmagan fikr yoki mahsulot yaratishga qaratilgan faoliyatdir. Ijodiy fikr jarayoni har doim yangilik yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Natijalar va tahlil. Bo‘lajak tarbiyachi nafaqat bolalarni nazorat qiluvchi yoki faqat bilim beruvchi emas, balki u ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda yo‘l ko‘rsatuvchi, rivojlantiruvchi, hatto ilhom beruvchi bo‘lishi kerak. U bolalarga fikrlash erkinligini berib, savollar berishga, yangi g‘oyalar ilgari surishga undaydi. Ijodiy fikrlashni shakllantirish uchun tarbiyachi turli metodlardan – o‘yinlar, savol-javoblar, noan’anaviy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar yaratish kabi usullardan foydalanadi. Bu jarayonni tashkil etishdatarbiyachi faol,yo‘naltiruvchi,qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lishizarur. Bo‘lajak tarbiyachilarda ijodiy faollikning namoyon bo‘lishi ilmiy-kasbiy ijodkorlikning quyidagi turlariga tayyorlik bilan tavsiflanadi: rivojlantirish va kengaytirishga intilish, uni defektolog faoliyatining zaruriy yo‘nalishi sifatida egallash; nazariy-amaliy – nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lish, balki bevosita shaxsiy tajribasida ijodiy faoliyat nazariyasini tatbiq etish; ijodiy-reproduktiv – sohaga doir yangiliklarni kuzatish, taqqoslash, tahlil etish va bahol
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodkorlik, metodik yondashuv., kasbiy tayyorgarlik, mustaqil fikrlash, ijodiy ko‘nikmalar, pedagogik innovatsiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, motivatsiya, kasbiy mahorat, bo‘lajak tarbiyachilar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025