К содержанию
РецензированоEN2026

AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNING FIZIOLOGIK BUZILISHLARI

XOSILOVAZIYOFAT BEGMURATOVNA · AZIZXONOVA RUQIYANASRI QIZI

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

The occurrence of such conditions in children as limited perception of the surrounding world, weak speech communication, lack of interest and decreased demand for speech communication is expressed in the slowing down of speech development in mentally retarded children. The system of speech disorders in mentally retarded children has a specific character. The nature of speech disorders in mentally retarded children and their normalization is determined by the specific aspects of the activity of the higher nervous system and mental development. Speech expression in mentally retarded children is impaired to varying degrees. Therefore, speech therapy is carried out depending onthedegree of thedisease and attempts are madeto eliminatethedefects. Key words: moron, idiot, Down syndrome, grammatical disorder, oligophrenia, correction, structural sloga. Oligofreniya iborasi grechka so‘zdan olingan bo‘lib, “aqli zaiflik” degan ma’noni bildiradi. Ma’lumki, bosh miyadagi jarayonlarning organik buzilishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un buzilishi mazkur kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Bolada tasavvur hajmining cheklanganligi, so‘z boyligining kam va o‘zaro nutqiy aloqaning sustligi, nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pasayishi, kammuloqotlilik aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishning sekinlashishi bilan ifodalaniladi. Shu bilan bir qatorda, nutqning buzilishiga olib keluvchi boshqa faktorlar ham oligofreniyani yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Nutq apparati tuzilishidagi kamchiliklar natijasida rinolaliya, mexanik dislaliya (bosh miya yarim sharlari po‘stloq osti qismining ba’zi bo‘limlarida 274 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI zararlanishini oqibatida yuz beradigan organik duduqlanish), dizartriya kabi kasalliklar kelib chiqadi. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog‘liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo‘ladi. Ularda motivatsiyaning zaifligi, nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatini programmalashtirishning qo‘pol buzilishi, nutqiyharakatlarning ichki programmasidagi o‘zgarishlar, taqqoslash operatsiyalarining buzilishi kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Aqli zaif bolalarda bilish, anglash faoliyatidagi oliy shakllarining yaxshi rivojlamaganligi, fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifati jihatdan o‘ziga xosligi, xatti-harakatlarni so'z orqali nazorat qilish holatining izdan chiqishi, hissiy-idoraviy sohaning to‘laqonli ekanligi kuzatiladi. Oligofreniya holatidagi bolalarning kasallik davri kasallikning kechish holati, simptomlariga qarab quyidagi darajalarda xarakterlanadi: -yengil; -o‘rta; -og‘irkabi. Debil darajasidagi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish nutqqacha bo‘lgan davrni o‘zidayoq kuzatiladi. Agar go‘daklarda chug‘urlash holati, ya’ni so‘zlar talaffuzining ilk davrida 4-8 oylik davrida me’yorda bo‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12-24 oylikgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli darajada orqada qolishi, iboraviy nutq paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunda, birinchi so‘zlarni bayon qilish bilan idoraviy nutq orasidagi oraliq vaqt ham me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutqning rivojlanishi o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevnzer, I.Karlin, M.Strazula, S.Boreli, M.Zeman va boshqalar). Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning sekinlik bilan rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bolalar ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydilar, atrofdagilar aytgan so‘zlarni aniq anglamaydi. Motorikaning jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaifbolalarda sekinlikbilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikkitomonlama nazorat orqali ta’minlanadi. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarni buzib talaffuz qilinishi bilan bir qatorda, tovushlarni almashtirib qo‘llashsa sezilarli darajada uchraydi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o‘ziga xos tomonibu buzilishlarini varianti, ya’ni ko‘rinishda bo‘ladi. Birgina o‘sha tovushni bola ba’zi vaqtda to‘g‘ri tallafuz qiladi, ba’zan tallafuz qiladi, ba’zan talaffuz qilmaydi yoki buzib tallafuz qiladi. Bu so‘z hosil qilgan tovushi bo‘g‘in tuzilishini kelib chiqadi va tovushning so‘zdagi o‘rnini egallaydi. Bo‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so‘zlardan boshlab, ko‘proq yonma-yon keladigan undoshlarda yuz beradi. Bolajonlarga tanish bo‘lgan va tez-tez foydalanib turiladigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi. Aqli zaif bolalarning nutqi ko‘p hollarda ma‘nosiz, tushunarsiz va emotsional bo‘yoqs

Доказательный фрагмент

«The occurrence of such conditions in children as limited perception of the surrounding world, weak speech communication, lack of interest and decreased demand for speech communication is expressed in the slowing down…»

Образец извлечения

Демо-превью

The occurrence of such conditions in children as limited perception of the surrounding world, weak speech communication, lack of interest and decreased demand for speech communication is expressed in the slowing down… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moron, idiot, Down syndrome, grammatical disorder, oligophrenia, correction, Debil, Daun kasalligi, bo‘g‘in strukturasi., oligofreniya, grammatik buzilish, imbitsil, korreksiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники