К содержанию
РецензированоUZ1990

TA’LIM BERISHDA CLIL TEXNOLOGIYASI AHAMIYATI

TA’LIM BERISHDACLILTEXNOLOGIYASI AHAMIYATI · Kayumova NasibaAshurovna · Primova Zarnigor Azamat qizi.

Международный научный журнал · 1990

Аннотация

Mazkur maqolada taqdim etilgan Clil texnologiyasi XXI asr ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan zamonaviy metod bo’lib, ushbu metodning kelib chiqish tarixi va olimlarning tadqiqot natijalari yoritilgan. Kalit so’zlar:CLIL atamasi, xorijiytilllarni o’qitish,fan vatil uyg’unligi, innovatsion ta’limtizim. G’arb davlatlarida chet tillarini integratsiyalashgan holda o’qitish bir necha ming yillar ilgari ham mavjud bo’lgan. Miloddan avvalgi 200-yillarda yunonlar Rim davlati kengayish davrida yunon tilini bilmaydigan aholiga yunon tilini o’rgatishgan. CLIL yondashuvi XX asrning oxirlariga kelib Yevropada til siyosati doirasida shakllangan. 1990-yillarning boshida Yevropa Ittifoqi ko‘p tillilikni rivojlantirish va maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Natijada an’anaviy til o‘qitish metodlarining o‘rniga integratsiyalashgan yondashuvlar yuzaga keldi. Bundan tashqari xalqaro aloqalar va hamkorliklar xorijiy tillarni bilishga bo’lgan talabni oshirdi. An’anaviy dars o’tish metodi va til o’rganish samaradorligi qoniqarsiz deya hisoblanib, yangicha yondashuvlar talab etilaboshladi. CLIL aynan shu ehtiyojlardan kelib chiqqan holda paydo bo‘ldi va keng qamrovda ommalashdi. CLIL texnologiyasi – ikki tillilikni amalga oshirish mexanizmi bo’lib, ta’lim oluvchi o’rganayotgan soha yoki fani bilan bir vaqtning o’zida ona tili bo’lmagan xorijiy bir tilni ham birgalikda o’rganadi. CLIL so’zining ma’nosi – content bu “fan”, “soha”, language “til”, integrated “integratsiyalashgan” (ya’ni birlashtirilgan, uyg’un holda), learning “o’rganish” deb tarjima qilinadi. Ushbu atamani ilk bor 1994-yilda David Marshall va ismli shaxs fanga kiritgan va ko’plab samarali tadqiqotlarolib borgan. “CLIL – bu o‘quvchilar biror fanni o‘z ona tillaridan boshqa bo‘lgan tilda o‘rganadigan o‘quv modeli bo‘lib, bunda fan mazmuni va til ko’nikmalari birgalikda rivojlanadi”. Bu usul orqali o’quvchilar tilni grammatik qoidalar va mashqlar orqali emas balki, amaliy hayotiy kontekstda o’rganadilar. Lavrysh, Saienko va Kyrychok (2021) texnologiyaning CLIL texnologiyasini o'rganish uchun tadqiqot o'tkazdilar. Tadqiqot natijasiga ko’ra, texnologiyani amalda qo’llash ta’lim oluvchilarga nafaqat til ko'nikmalarini rivojlantirishga, balki ularning mazmunan bilimlarini oshirishga ijobiy natijalar ko’rsatdi. Lavrysh CLIL texnologiyasini xorijiy tilni o’rganishda juda samarali yondashuv deb hisoblaydi. Uning fikricha, clil texonologiyasi ta’lim oluvchilarning tildagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bilan bir qatorda fanlararo bilim va ko’nikmalarini mustahkamlaydi. Yana u CLIL o’quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirib faollashtiradi deb hisoblaydi. Saienko CLIL texnologiyasi haqida ilmiy ishlar va tadqiqotlar o’tkazgan olim bo’lib, u quyidagi fikrlarni bildirgan:  Integratsiyalashgan yondashuvning muhim afzalligi shundaki, o’qitishda CLIL texnologiyasini qo’llash orqali o’quvchida tafakkur va dunyoqarash rivojlanadi, olayotgan bilimlarini haqiqiy hayot bilan bog’laydiva natijada xorijiytilnitabiiy muhitdao’rganadi.  CLIL texnologiyasi asosida olib borilgan darslarda o’quvchi motivatsiyasi oshadi, sababi 241 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI darslar odatdagidek qolipdaemas xilma-xil yangicha usul vametodlarda olibboriladi.  Darslarda CLIL texnologiyasini qo’llash o’qituvchidan xorijiy til ko’nikmalarini yaxshi egallaganligini, va ushbu metod bo’yicha alohida maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Chunki CLIL texnologiyasida ta’lim beruvchi faqat bilim beruvchi emas , balki yo’naltiruvchi va faoliyatni boshqaruvchi ham bo’lishi kerak . Clil texnologiyasi qisqa vaqtli faoliyat turi emas, u uzoq vaqtli o’qitish tizimidir. O’quvchilar yaxshi dasturlangan ikki tillilik metodda 5-7 yildan so’ng akademik bilimga ega bo’lishadi. Ushbu dastur xorijiy tilni majburiy o’rganishga emas, balki, tilni o’zlashtirishga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. Ta’lim oluvchi xorijiy bir tilni o’rganish uchun alohida vaqt sarflamaydi, u bir vaqtning o’zida ham fanni o’rganadi ham ona tili bo’lmagan chet tilini o’rganadi. Shu vaqt mobaynida o’quvchi o’zga mamlakat madaniyatini o’rganadi, o’z davlati madaniyati, tili bilan taqqoslaydi vanatijada uningdunyoqarashi afakkuri vainnovatsion bilimlari rivojlanadi. Diab, Abdel-Haq va Aly CLIL metodining chet tilini o’rganishdagi samaradorligini tadqiq qilishdi. Ushbu tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki, til o’rganish mobaynida tabiiy ravishda ularning madaniy ongi ham ancha sezilarlidarajada o’sgani tasdiqlandi. Harrop ham CLIL dasturida o’qitilgan talabalar, ushbu dastur bilan o’qitilmagan talabalarga qaraganda ko’ptoq malakali va muloqot qilish qobiliyati yuqoriroq ekanligini ta’kidladi. Bu esa o’z navbatida talabaning o’ziga bo’lgan ishonchiva motivatsiyasini oshiradi. Yana bir Estoniyalik Peeter Mehisto ham CLILni nafaqat xorijiy tilni , balki fanni ham samarali o`rgatish med

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada taqdim etilgan Clil texnologiyasi XXI asr ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan zamonaviy metod bo’lib, ushbu metodning kelib chiqish tarixi va olimlarning tadqiqot natijalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada taqdim etilgan Clil texnologiyasi XXI asr ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan zamonaviy metod bo’lib, ushbu metodning kelib chiqish tarixi va olimlarning tadqiqot natijalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion ta’lim tizim., xorijiy tilllarni o’qitish, fan va til uyg’unligi, CLIL atamasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники