К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Kayumova NasibaAshurovna. · Hamroyeva Xadicha

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan tanishtirishning maqsad va vazifalari, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar, o‘quvchilarni tabiatga yaqinlashtirishda o‘yin, hikoya, tajriba va ekskursiyalarning roli, shuningdek, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan amaliy tavsiyalar orqali tabiatni o‘rgatishda samaradorlikka erishishyo‘llari ko‘rsatib beriladi. Kalit soʻzlar. boshlang’ich ta’lim, tabiat bilan tanishtirish, metodika, ekologik tarbiya, o’quvchilar, kuzatuv, amaliy mashg’ulotlar, o’yinli metodlar, tabiatni asrash, pedagogik yondashuv. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayoni bolalarning har tomonlama yetuk, tabiat va jamiyat bilan uyg‘un yashay oladigan shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Boshlang‘ich ta’lim bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biridir. Aynan shu davrda bolalarda hayotiy qarashlar, dunyoqarash, atrof-muhitga bo‘lgan munosabat shakllana boshlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan tanishtirish ta’lim-tarbiyaning ajralmas va muhim qismidir. Tabiatshunoslik boshlang‘ich ta’limning asosiy fanlaridan biri sifatida bolalarning ilmiy tafakkurini, kuzatuvchanligini, sabr-toqatini, fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Tabiat hodisalari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, ob-havo, geografik o‘zgarishlar haqidagi bilimlar bola ongida dunyo manzarasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa bolani atrof-muhitga nisbatan ongli, ehtiyotkor va hurmatli munosabatda bo‘lishga undaydi.Shuningdek, ekologik tarbiya ham aynan boshlang‘ich ta’lim bosqichidan boshlab amalga oshirilishi kerak. O‘quvchilarda ertalabki kuzatuvlar, tajribalar, eksskursiyalar orqali tabiatning go‘zalligi va uni asrash zarurligi haqida bilim vatushunchalar shakllantiriladi. Adabiyot tahlili va metodologiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan tanishtirishmetodikasi, pedagogik yondashuvlar vaamaliy tajribalar haqida batafsil to‘xtalamiz. Boshlang‘ich sinfo‘quvchilarining yosh vapsixologik xususiyatlari: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari odatda 6–10 yosh oralig‘ida bo‘ladilar. Bu davrda bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi yuqori, tabiat hodisalarini tushunishga bo‘lgan istak kuchli bo‘ladi. Ular jonli va jonsiz tabiatni o‘zlariga xos tarzda idrok etadilar. Har bir hodisaga hayrat, savol, qiziqish bilan qaraydilar. Shu sababli aynan shu yoshda berilgan bilimlar ularning hayotiy dunyoqarashiga chuqur ta’sirqiladi. Ularning psixologik xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Kuzatuvchanlik. Ular tabiatdagi kichik o‘zgarishlarni ham sezishadi, masalan, barg rangining o‘zgarishi, qushlarning uchish yo‘nalishi,yomg‘irhidi vaboshqalar. Tushunishni istash: Har bir yangi narsaga “nima uchun?”, “qanday qilib?”, “qayerdan kelgan?” kabi savollar bilan murojaat qilishadi. Tuyg‘ular bilan fikrlash. Ular ko‘pincha his-tuyg‘ular orqali baho beradilar. Masalan, gul chiroyli, qush yoqimli, yomg‘iryoqimsiz degan qarashlar shakllanadi. Rolga kirish: Bolalar hayvonlar, qushlar, daraxtlar obraziga kirishni, ular haqida hikoya qilishni yoqtiradilar. Bu esa tabiatga mehr uyg‘otadi. Pedagog buxususiyatlarni inobatga olib, darslarni ham didaktik, ham emotsional jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Har bir dars bolada hayrat uyg‘otishi, 235 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI qiziqish yaratishi, savol tug‘dirishi kerak. Bu orqali o‘quvchi faqatgina bilim emas, balki tabiatga nisbatan axloqiy munosabatni ham shakllantiradi. Tabiat bilantanishtirishning maqsad vavazifalari quyidagicha: Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy maqsadi – ularning tabiat haqidagi dastlabki bilimlarini shakllantirish, tabiat hodisalarini tushunishga, uni sevishga va asrashga o‘rgatishdan iboratdir. Bu orqali o‘quvchilarda nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki axloqiy va estetik qarashlar ham rivojlanadi. Tabiat bilan tanishtirish nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Tabiat haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchilarga atrof-muhit, ob-havo hodisalari, tirik va jonsiz tabiat, hayvonot va o‘simlik dunyosi haqida ilmiy asoslangan, soddava tushunarli ma’lumotlarberish kabilar kiradi. Ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayoni o‘quvchilarda tabiatni asrash, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni tozasaqlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat hisoblanadi. O’quvchilarni kuzatuvchanlik va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishda esa tabiatdagi hodisalarni kuzatish, ularga tahliliy yondashish, o‘z fikrini bayon qilish va sabab-oqibatni tushunishga o‘rgatishga erishish zarur. Bunda o’quvchilarga ob-havo bo’yicha kundalik kuzatuvni yozib olib tahlil qilishgaoibdtopshiriqlarni berish maqsadga muvofiq. Boshlang’ich sinfo’quvchilariga estetik tarbiyani rivojlantirish uchun tabiat go‘zalligini ko‘ra bilish, undan zavqlanish, u bilan uyg‘un yashash hissini tarbiyalas

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan tanishtirishning maqsad va vazifalari, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar, o‘quvchilarni tabiatga yaqinlashtiris…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan tanishtirishning maqsad va vazifalari, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar, o‘quvchilarni tabiatga yaqinlashtiris… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’quvchilar, tabiatni asrash, pedagogik yondashuv., metodika, boshlang’ich ta’lim, tabiat bilan tanishtirish, amaliy mashg’ulotlar, kuzatuv, o’yinli metodlar, ekologik tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники