К содержанию
РецензированоUZ2026

OROLBO'YIDA EKOLOGIK INNOVATSIYALAR VA TEXNOLOGIYALAR XUDUDINI YARATISHNING USTUVOR YUNALISHLARI

Xudoyqulova Xolniso Razzoqovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

The Aral Sea region is one of the regions recognized as an ecological disaster in the world, and ensuring its sustainable development has become an urgent task. This scientific work justifies the need to form a "territory of ecological innovations and technologies" in the Aral Sea based on the introduction of ecological innovations and modern technologies. During the study, priority areas such as solar and wind energy, water-saving technologies, salt-tolerant agricultural crops, planting anti-desert seedlings, and restoring biodiversity are analyzed. It is proven that these approaches can stabilize the ecological system, develop a green economy, and achieve adaptation to climate change. The abstract proposes an innovative model suitable for the Aral Sea based on international experience and scientific and practical recommendations. Keywords: Aral Sea, ecological innovations, green technologies, sustainable development, renewable energy, water resources management, biodiversity, climate change, ecological environment, combating desertification. Tahlil va natijalar Orolbo‘yi mintaqasi — insoniyat faoliyati natijasida yuzaga kelgan eng yirik ekologik halokat maydonidir. Bu hududdagi ekologik muammolar — cho‘llanish, 179 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference sho‘rlanish, suv tanqisligi, havo changlanishi va hayotiy sharoitlarning keskin yomonlashuvi — mahalliy aholining sog‘lig‘i, iqtisodiy imkoniyatlari va ijtimoiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu sharoitlarda hududni tiklash uchun faqat an’anaviy yondashuvlar yetarli emas; ekologik innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar asosida yangicha yondashuv talab etiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Orolbo‘yida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qulay tabiiy sharoitlar mavjud. Xususan, quyosh radiatsiyasi darajasi yiliga 2800 soatgacha yetadi, bu esa quyosh panellari va fotovoltaik tizimlar o‘rnatish uchun ideal imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, ochiq tekisliklarda shamol tezligining barqaror bo‘lishi shamol energetikasini ham samarali rivojlantirishga zamin yaratadi. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Kegeyli va Chimboy tumanlarida pilot loyiha sifatida bir necha quyosh elektr stansiyalari barpo etilmoqda. Yana bir muhim yo‘nalish bu — ekologik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, cho‘lga aylangan va sho‘rlangan yerlarda tuzga chidamli ekinlar — quinoa, sho‘ra, lola, jiyda — ekish orqali nafaqat yer resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, balki mahalliy aholi bandligini ta’minlash ham mumkin. Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari va suv tejovchi yechimlar bu boradagi samaradorlikni bir necha baravar oshirishi mumkin. FAO va UNDP ko‘magida mazkur agroinnovatsiyalarni joriy etish ishlari boshlangan. Suv resurslari bilan bog‘liq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud suv manbalari yetarli emas. Shu sababli, drenaj suvlaridan foydalanish, sun’iy ko‘llar barpo etish va suv tejash texnologiyalarini joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, “Ko‘llar zanjiri” loyihasi asosida qurilgan sun’iy ko‘llar mikroiqlimni yumshatishga, chang ko‘tarilishini kamaytirishga va biologik hayotni jonlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bioxilma-xillikni tiklash masalasi ham diqqat markazida turibdi. Cho‘lga qarshi kurashish uchun “Yashil belbog‘” strategiyasi asosida millionlab saxovul, qandim, cherkez kabi cho‘l o‘simliklari ekilmoqda. Ularning ildiz tizimi tuproqni mahkamlab, eroziyani kamaytiradi va atmosfera changini yutishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday yondashuv ekologik innovatsiyaning real namunasi sifatida e’tirof etiladi. O‘rganilgan xalqaro tajribalar — Isroilning suv tejovchi dehqonchiligi, Hindistonning qurg‘oqchil hududlarda agroforesting loyihalari, Avstraliyaning biofiltratsion tizimlari — Orolbo‘yi uchun moslashtirilgan innovatsion texnologiyalarni joriy etishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston 180 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference hukumati va xalqaro donorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar, jumladan, “Orol dengizi halokati oqibatlarini yumshatish” dasturi doirasidagi ishlar natijadorlik berayotganini ko‘rsatmoqda. Orolbo‘yi bugungi kunda nafaqat ekologik muammolar markazi, balki ekologik innovatsiyalar va texnologik yechimlar uchun muhim tajriba maydoniga aylanish yoqasida turibdi. Ushbu mintaqada olib borilgan tahlillar va ilg‘or amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki, bu hudud ekologik sinovlar va yechimlar uchun tabiiy laboratoriya vazifasini bajarishi mumkin. Orolbo‘yi o‘zining noan’anaviy iqlimi, resurs tanqisligi, yerlarning cho‘llanishi kabi murakkab omillari bilan ekologik-innovatsion texnologiyalarni testdan o‘tkazish va moslashtirish uchun ideal platforma hisoblanadi. Bu yerda sinovdan o‘tgan yechimlar boshqa qurg‘oqchil hududlarga ham ko‘chirilishi mumkin, bu esa O‘zbekistonni ushb

Доказательный фрагмент

«The Aral Sea region is one of the regions recognized as an ecological disaster in the world, and ensuring its sustainable development has become an urgent task.»

Образец извлечения

Демо-превью

The Aral Sea region is one of the regions recognized as an ecological disaster in the world, and ensuring its sustainable development has become an urgent task. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aral Sea, ecological innovations, green technologies, sustainable, cho‘lga qarshi kurash., iqlim o‘zgarishi, yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, Orolbo‘yi, ekologik innovatsiyalar, suv resurslarini boshqarish, barqaror rivojlanish, bioxilma-xillik, ekologik muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти