Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YASHIL MAKON MILLIY LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI”
SAMARADORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI” · Murodov Doston Marufjon o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 45–53 · 2026
Аннотация
This scientific thesis discusses the issues of increasing the efficiency of financing the national project "Green Space". The thesis analyzes the financial support of the work carried out within the framework of the project, the volume of funds allocated from budgetary and extra-budgetary sources, and the current aspects of their targeted and rational spending. It also considers problems encountered in the financing process and issues such as weak control over budget execution, lack of transparency, and obstacles to attracting the non- governmental sector. At the end of the thesis, practical recommendations are given on improving financial mechanisms, introducing innovative financial instruments, and expanding financing methods based on public-private partnerships to ensure the efficiency of the "Green Space" project. Keywords: Green space, national project, financing efficiency, environmental safety, state budget, extra-budgetary funds, innovative financial 20 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference instruments, public-private partnerships, environmental protection, sustainable development. Tahlil va natijalar “Yashil makon” milliy loyihasi O‘zbekistonda ekologik muhitni tiklash va yashil hududlarni kengaytirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Mazkur loyihaning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu — ko‘chat ekish ishlarini tizimli va keng qamrovli moliyalashtirish orqali amalga oshirishdir. Biroq tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bu jarayonda hali to‘liq yechim topmagan moliyaviy, tashkiliy va nazoratga oid muammolar mavjud. Moliyaviy tahlillar asosida aniqlanishicha, loyiha uchun ajratilayotgan budjet mablag‘lari yildan-yilga oshib borayotgan bo‘lsa-da, ularning taqsimoti va sarfini monitoring qilish mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan. Ayrim hududlarda ajratilgan mablag‘lar maqsadsiz yoki samarasiz ishlatilgan holatlar ham kuzatilgan. Bu esa moliyaviy intizom va shaffoflik tamoyillariga putur yetkazishi mumkin. Shuningdek, mahalliy budjetlarning imkoniyatlari chegaralanganligi tufayli ko‘chat yetishtirish, suv bilan ta’minlash va parvarishlash ishlari ko‘plab hududlarda to‘liq qamrab olinmayapti. Loyiha doirasida innovatsion moliyalashtirish vositalari, masalan, “yashil obligatsiyalar” yoki ekologik grantlar kabi mexanizmlardan foydalanish darajasi hali past. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat byudjeti asosiy moliyaviy manba sifatida qolmoqda va bu esa moliyaviy yuklamaning asosiy qismini davlat zimmasiga tushirishga olib kelmoqda. Bu holat esa xususiy sektorni, ayniqsa yirik korxonalarni “yashil investitsiya” faoliyatiga jalb etish zaruratini kun tartibiga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlarning ekologik yo‘naltirilgan dasturlari bilan samarali hamkorlik qilish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Bu esa loyihani moliyalashtirishda tashqi manbalarni jalb etish imkoniyatlarining cheklanganligini ko‘rsatadi. Masalan, BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) yoki Yashil iqlim fondi (GCF) tomonidan taklif etilayotgan grantlar va texnik yordamlar salohiyatidan yetarlicha foydalangan taqdirda, “Yashil makon” loyihasining moliyaviy asoslari ancha mustahkamlanishi mumkin edi. Yana bir muhim jihat — loyiha doirasida moliyalashtirilayotgan ekish va parvarishlash ishlarining real natijasi bilan ajratilgan mablag‘lar o‘rtasida ayrim nomuvofiqliklar mavjud. Ya’ni, statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha millionlab ko‘chatlar ekilgani aytilayotgan bo‘lsa-da, ularning ildiz otib, o‘sib-ulg‘ayishi va 21 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference atrof-muhitga real ta’siri bo‘yicha yetarli tahliliy natijalar mavjud emas. Bu holat loyiha monitoringi va audit tizimlarini yanada mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, loyiha muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aholining faolligi va ijtimoiy mas’uliyatiga ham bog‘liq. Aholi ishtirokini rag‘batlantirish, ko‘ngillilar harakati va fuqarolik jamiyatini moliyaviy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish orqali “Yashil makon” loyihasining ijtimoiy-moliyaviy samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, “Yashil makon” milliy loyihasining moliyalashtirish samaradorligini oshirish uchun quyidagi muhim omillarga e’tibor qaratish lozim: mablag‘lardan foydalanishning shaffofligini oshirish, moliyaviy hisobot va audit tizimini kuchaytirish, xalqaro va nodavlat manbalarni faolroq jalb qilish, xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirish va aholining moliyaviy-savodxonlik darajasini oshirish. “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Loyiha boshlang‘anidan beri O‘zbekiston bo‘ylab millionlab daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda, bu esa nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish omili sifati
Доказательный фрагмент
«This scientific thesis discusses the issues of increasing the efficiency of financing the national project "Green Space".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific thesis discusses the issues of increasing the efficiency of financing the national project "Green Space". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Green space, national project, financing efficiency, atrof-muhitni muhofaza qilish, budjetdan tashqari mablag‘lar, davlat-xususiy sheriklik, Yashil makon, innovatsion moliyaviy vositalar, davlat byudjeti, barqaror rivojlanish, moliyalashtirish samaradorligi, ekologik xavfsizlik, milliy loyiha
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025