Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
“TIJORAT BANKLARDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH” MUSTAQIL TADQIQOTCHI
MANAGEMENT AND ECONOMY · TAKOMILLASHTIRISH” MUSTAQIL TADQIQOTCHI · Xasanova Robiya Pathullayevna
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
This scientific thesis examines the problems of improving the accounting and financial analysis of fixed assets in commercial banks. Fixed assets are an important component of the bank's infrastructure, and their effective management directly affects the bank's financial stability and service quality. The study substantiates the need to adapt to international financial reporting standards in accounting for fixed assets. Also, the main problems existing in the practice of banks - outdated accounting policies, imperfect depreciation reporting, and insufficient financial analysis mechanisms - were analyzed. The thesis proposes the following main directions for improving the accounting and analysis of fixed assets: the introduction of analysis systems 100 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference based on digitization, standardization of the procedure for revaluation of fixed assets, and the development of indicators measuring their profitability. Keywords: Commercial bank, fixed assets, accounting, financial analysis, depreciation, obsolescence, revaluation, IFRS (International Financial Reporting Standards), asset management, financial stability, digitalization, banking infrastructure, profitability indicators, accounting policies, analysis mechanisms Tahlil natijalari Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida aniqlanishicha, tijorat banklarida asosiy vositalar hisobining yuritilishi va ularning tahlil qilinishi amaliyotda turli darajada tashkil etilgan bo‘lib, bu holat bank faoliyatining moliyaviy samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, asosiy vositalar – bu bank faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy infratuzilmaning asosini tashkil etuvchi aktivlar hisoblanadi. Ular qatoriga binolar, kompyuter va server tizimlari, xavfsizlik vositalari, mebel jihozlari va boshqa moddiy resurslar kiradi. Hisobotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, aksar tijorat banklarida asosiy vositalarning hisobga olinishi an’anaviy buxgalteriya metodlari asosida olib boriladi. Bu esa zamonaviy moliyaviy boshqaruv va tahlil ehtiyojlariga to‘liq javob bermaydi. Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, ko‘plab banklarda asosiy vositalarning amortizatsiyasi noaniq yoki nomuvofiq usullar asosida ajratiladi. Natijada, ularning real qiymatini aniqlash va moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Ba’zi hollarda esa asosiy vositalar umuman qayta baholanmaydi, bu esa eskirgan aktivlarning moliyaviy ko‘rsatkichlarda haddan tashqari yuqori ko‘rinishda turishiga olib keladi. Bundan tashqari, moliyaviy tahlil jarayonida asosiy vositalarning renta- bellik darajasi ham yetarli darajada hisobga olinmayapti. Amaliyotda mavjud bo‘lgan yondashuvlar asosan yillik eskirish yoki umumiy qiymat asosida baholanadi, holbuki, ularning foydali xizmat muddati, foydalanish darajasi va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham e’tiborga olinishi lozim. Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra, bir qancha tijorat banklari asosiy vositalar harakati to‘g‘risida raqamli tahlil platformalaridan foydalanmayapti. Bu esa boshqaruv qarorlarini qabul qilishda real vaqtda aniqlik va tezkorlikka putur yetkazadi. Hozirgi raqamlashtirilgan bank muhitida asosiy vositalarning moliyaviy samaradorligini aniqlash uchun ularni moddiy aktivlar boshqaruvi (Asset Management) tizimlari bilan integratsiya qilish muhim hisoblanadi. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi muhim natijalarga kelish mumkin: 101 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 1. Tijorat banklarida asosiy vositalar hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirish zarurati mavjud. 2. Amortizatsiya ajratish va qayta baholash bo‘yicha yagona uslub va algoritm yo‘q, bu esa moliyaviy tahlilga salbiy ta’sir qilmoqda. 3. Asosiy vositalar rentabelligini o‘lchash uchun banklar maxsus tahliliy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqmagan. 4. Banklarda buxgalteriya va tahlil jarayonlarida avtomatlashtirilgan platformalarning yetishmasligi sezilmoqda. 5. Ko‘plab banklarda asosiy vositalarning texnik holati va foydalanish darajasi bo‘yicha ichki monitoring tizimi mavjud emas. Umuman olganda, tijorat banklarida asosiy vositalar hisobi va tahlilining mavjud holatini tahlil qilish ularning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, moliyaviy hisobotlarning aniqligini oshirish va aktivlardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tijorat banklarining asosiy vositalari bilan bog‘liq faoliyatini samarali boshqarish va ularning moliyaviy holatini tahlil qilishda statistik ma’lumotlarning o‘rni beqiyosdir. So‘nggi yillarda banklarning asosiy vositalarga investitsiyalari, ularning balansdagi ulushi, amortizatsiya ajratmalari va qayta baholash holati bo‘yicha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalishda hali to‘liq shakllangan raqamli va tahliliy yondashuvlar yetarli emas. Quyidagi jadvalda 2022–2024 yillar davomida O‘zbekiston tijorat b
Доказательный фрагмент
«This scientific thesis examines the problems of improving the accounting and financial analysis of fixed assets in commercial banks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific thesis examines the problems of improving the accounting and financial analysis of fixed assets in commercial banks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Commercial bank, fixed assets, accounting, financial analysis, asosiy vositalar, rentabellik ko‘rsatkichlari, raqamlashtirish, hisob siyosati, Tijorat banki, buxgalteriya hisobi, eskirish, aktivlarni boshqarish, amortizatsiya, tahlil mexanizmlari., moliyaviy barqarorlik, qayta baholash, bank infratuzilmasi, XMHS (xalqaro moliyaviy hisobot standartlari), moliyaviy tahlil
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026