К содержанию
РецензированоUZ2025

GORMONAL BOSHQARUV: ENDOKRIN BEZLAR VA ULARNING FUNKSIYASI

Shukurov Burhoniddin

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Gormonal boshqaruv organizmdagi turli tizimlarning o‘zaro muvozanatli ishlashini ta’minlaydigan markaziy nazorat mexanizmlaridan biridir. Endokrin bezlar ichki sekretsiya bezlari bo‘lib, ular o‘zlarida ishlab chiqarilgan gormonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon oqimiga ajratadi. Bu gormonlar hujayralar faoliyatini regulyatsiya qiladi, metabolizm, o‘sish, rivojlanish, reproduktiv funksiyalar, stressga javob va boshqa ko‘plab fiziologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada asosiy endokrin bezlar (gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar) va ular ajratadigan gormonlarning funksional ahamiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va klinik holatlardagi roliga e’tibor qaratiladi. Kalit sòzlar: gormon, endokrin bezlar, gipofiz, qalqonsimon bez, insulin, kortizol, estrogen, testosteron, homeostaz, gormonal disbalangan. Kirish: Organizmda yuz beradigan ko‘plab hayotiy jarayonlar – modda almashinuvi, o‘sish, rivojlanish, reproduktsiya, stressga moslashish va ichki muhitning barqarorligi (homeostaz) asosan gormonal boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Gormonlar maxsus ichki sekretsiya bezlari – endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqariladi va qon orqali nishon organlarga yetkaziladi. Gormonlar juda kam miqdorda ishlab chiqarilsa ham, ularning ta’siri keng ko‘lamli va chuqur bo‘ladi. Endokrin tizimning boshqaruv markazi gipotalamus-gipofiz o‘qi hisoblanadi. Gipotalamus markaziy asab tizimining tarkibiy qismi sifatida gipofiz orqali boshqa endokrin bezlarga buyruq yuboradi. Har bir bez ma’lum gormonlarni ishlab chiqarib, turli hujayralar faoliyatini faollashtiradi yoki bostiradi. Masalan, qalqonsimon bez moddalar almashinuvini, buyrak usti bezlari stress holatiga javobni, oshqozon osti bezi esa qonda glyukoza miqdorini boshqaradi. Gormonlar ta’sirining buzilishi (gipofunksiyasi yoki gipergormonal holatlar) turli endokrin kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli gormonal boshqaruv mexanizmlarini o‘rganish fiziologiya, patologiya va klinik tibbiyotda muhim ahamiyatga ega. Asosiy qism: 1. Gipotalamus va gipofiz bezlari Gipotalamus – asab va endokrin tizimlar o‘rtasidagi ko‘prik. U gipofizga nazorat signallari yuboradi. Gipofiz esa “bosh bez” sifatida boshqa bezlarning faoliyatini boshqaruvchi trop gormonlarni ishlab chiqaradi: TSH (tirotropin) – qalqonsimon bezga ta’sir qiladi. ACTH – buyrak usti bezining korteks qismiga ta’sir qiladi. FSH va LH – jinsiy bezlarga ta’sir qiladi. GH (o‘sish gormoni) – o‘sish va hujayra regeneratsiyasini faollashtiradi. Prolaktin – sut ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. 2. Qalqonsimon bez va paratiroid bezlar Tiroksin (T₄) va triyodtironin (T₃) – metabolik faollikni boshqaradi. 5 92 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kalsitonin – suyaklarda kaltsiy miqdorini nazorat qiladi. Paratormon (paratiroid bezidan) – kaltsiyning qon va suyaklar o‘rtasidagi almashinuvini boshqaradi. 3. Buyrak usti bezlari Kortizol – stress holatida glyukoza va metabolik javoblarni faollashtiradi. Aldosteron – suv-tuz balansini tartibga soladi. Adrenalin va noradrenalin – yurak urishi, qon bosimi va favqulodda holatlardagi reaksiya uchun javobgar. 4. Oshqozon osti bezi (pancreas) Insulin – qondagi glyukoza miqdorini kamaytiradi. Glyukagon – glyukoza miqdorini oshiradi. Bu gormonlar giperglikemiya va diabet kasalligini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. 5. Jinsiy bezlar (gonadlar) Ayollarda: estrogen va progesteron – hayz sikli, homiladorlik va ikkilamchi jinsiy belgilarni ta’minlaydi. Erkaklarda: testosteron – spermatogenez, mushak massasi, ikkilamchi jinsiy belgilarni nazorat qiladi. Xulosa: Gormonlar organizmning fiziologik jarayonlarini nozik va tizimli boshqaruvchi biologik faol moddalardir. Endokrin bezlarning har biri o‘ziga xos gormon ishlab chiqaradi va bu gormonlar organizmdagi turli tizimlar faoliyatini uyg‘unlashtiradi. Gormonal boshqaruv mexanizmlarining buzilishi turli endokrin kasalliklar, metabolik sindromlar, reproduktiv muammolar va hatto psixik holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, gormonlar va ularni ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyatini chuqur o‘rganish zamonaviy tibbiyotda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Guyton, A.C., Hall, J.E. (2021). Textbook of Medical Physiology, 14th Edition. Elsevier. 2. Silverthorn, D.U. (2019). Human Physiology: An Integrated Approach, 8th Edition. Pearson. 3. Tortora, G.J., Derrickson, B.H. (2017). Principles of Anatomy and Physiology, 15th ed. Wiley. 4. Marieb, E.N., Hoehn, K. (2018). Human Anatomy & Physiology, 11th Edition. Pearson. 5. National Institutes of Health – Endocrine System Overview 5 93

Доказательный фрагмент

«Gormonal boshqaruv organizmdagi turli tizimlarning o‘zaro muvozanatli ishlashini ta’minlaydigan markaziy nazorat mexanizmlaridan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Gormonal boshqaruv organizmdagi turli tizimlarning o‘zaro muvozanatli ishlashini ta’minlaydigan markaziy nazorat mexanizmlaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gormonal disbalangan., endokrin bezlar, gipofiz, qalqonsimon bez, gormon, insulin, kortizol, estrogen, homeostaz, testosteron
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти