Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLA ZO‘RAVONLIGI: HUQUQIY CHORALAR VA JAMIYAT ROLI
EDUCATION SYSTEM · Yuldasheva Munisa Raxmanovna
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu tadqiqot bolalar zo‘ravonligining kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, bolalar huquqlarini himoya qilinishining huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada statistik ma`lumotlar asosida bolalar zo‘ravonligi bugungi kunda global darajada ortib borayotgani o‘rganib chiqilib, bolalar zo‘ravonligi tushunchasi, turlari, ularning kelib chiqishi, ularga qarshi kurashish, xalqaro darajadagi hujjatlarda belgilangan normalar asosida bolalar huquqlarini ta`minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilgan yangi normalar asosida zo‘ravonlikdan himoya qilinish usullari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Bolalar zo‘ravonligi, ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, bulling, oila, qurolli mojarolar, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi, bolalar pornografiyasi, himoya orderi. Zo‘ravonlik qanday sharoit, hudud va davrda bo‘lishidan qat`iy nazar, jinoyat hisoblanadi. Bolalar zo‘ravonligi bugungi kunda turli shakllarda o‘z aksini topmoqda. Jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish, ta`qib etish (bulling) kabilar bugungi kunda bolalar zo‘ravonligining shakllaridir. Zo‘ravonlik so‘zining tub ma`nosi ham zo‘rlik, kuch ishlatish kabi ma`nolarini anglatadi. Bugungi kunda bolalar zo‘ravonligi global darajada muammoga aylanib kelmoqda. UNICEF va Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga muvofiq, so‘nggi ikki yilda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 69 foiz tarbiyaviy jarayonda zo‘ravonlikka duch kelgan, ulardan 29 foizi jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan1. Dunyoda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasiga shafqatsiz tarbiya usullari qo‘llanilgan. Har to‘rtinchi bola maktabda bulling qurboniga aylanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022-yilgi statistik ma`lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 1 milliard bolalar jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolalar zo‘ravonligining shakllariga to‘xtalsak. Bolalarga og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, ularni xavf ostida qoldirish, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatmaslik hamda zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa 1 https://uza.uz/oz/posts/bolalar-zoravonlikning-har-qanday-shaklidan-himoya-qilinishi-lozim_684614 168 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference huquqbuzarliklarni sodir etish yoxud bolalarning hayoti, sog‘lig‘i yoki erkinligiga tajovuz qiladigan jismoniy ta’sir o‘tkazish bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi. Bolaga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etish orqali uning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish, shu jumladan nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish, jinsiy aloqa qilishga majburlash, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlar ijrochisi sifatida jalb etish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish yoxud unga nisbatan uyatsiz- buzuq harakatlar sodir etish, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish orqali yoxud bolaning ojizligidan foydalanib shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish, shahvoniy shilqimlik qilish, shuningdek qonunda taqiqlangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan har qanday boshqa harakatlar bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi. Bolalarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularni tahqirlash, shuningdek bolalarning asosiy ehtiyojlarini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalangan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakatlar (harakatsizlik) bolalarga nisbatan ruhiy zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi. Zarur imkoniyatlar, bilimlar va ko‘nikmalarga, shu jumladan buning uchun tegishli xizmatlardan (davlat, tibbiy, ta’lim, ijtimoiy va boshqa xizmatlardan) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ota-ona (ular o‘rnini bosuvchi yoki bolaga qarab turgan shaxslar) tomonidan bolaning asosiy ehtiyojlarini qanoatlantirmaslik bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishi buzilishiga olib kelsa, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik deb e’tirof etiladi. Boladan iqtisodiy, jinsiy va boshqa maqsadlarda foydalanish, shu jumladan odam savdosi, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga va tilanchilik qilishga jalb etish, jinsiy ekspluatatsiya, shuningdek jismoniy yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatishni qo‘llagan holda bolani majburlash orqali boladan nikohga kirish yoki er-xotin bo‘lib yashash, muayyan diniy ta’lim olish, har qanday shakldagi mehnatga majburlash uchun foydalanish bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga, shu jumladan ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqot bolalar zo‘ravonligining kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, bolalar huquqlarini himoya qilinishining huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlan…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqot bolalar zo‘ravonligining kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, bolalar huquqlarini himoya qilinishining huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bulling, bolalar savdosi, Bolalar zo‘ravonligi, himoya orderi., oila, bolalar pornografiyasi, ruhiy zo‘ravonlik, qurolli mojarolar, jinsiy zo‘ravonlik, bolalar fohishabozligi, jismoniy zo‘ravonlik, ekspluatatsiya
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Академические исследования в современной наукеMurodjon Koraboev2026
Академические исследования в современной наукеKeywords: Kiryovush, Saka tribes +12018