К содержанию
РецензированоUZ2026

SOHA TERMINLARIGA SEMANTIK VA STRUKTURAVIY YONDASHUV (UZUMCHILIK MISOLIDA)

EDUCATION SYSTEM · YONDASHUV (UZUMCHILIK MISOLIDA) · Nuriddinova Nafisa Muxiddin qizi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

This article analyzes the main analytical methods, lexical- semantic, morphological, etymological, stylistic, dialectological approaches used in the study of viticulture terms in Uzbek linguistics. These methods make it possible to determine the lexical, structural, regional and methodological characteristics of the terms of the field. Keywords: viticulture terms, semantic analysis, structural approach, lexical-semantic system, terminological units, structural model, sectoral lexicon, synonymy and antonymy, classification of terminological units, morphological structure. Terminologiya har qanday ilmiy va kasbiy sohaning asosiy til vositasi hisoblanadi. Terminlar — bu ilmiy va kasbiy tilning “kalitlari” bo‘lib, ularni bilmasdan tushuncha, muloqot va izlanishlar noaniq yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Terminlarni tizimli oʻrganish, ularni normativlashtirish va ilmiy asoslash tilshunoslikning dolzarb yoʻnalishlaridan biridir. Bogʻdorchilik ham Oʻzbekistonda qadimdan rivojlangan, madaniy va iqtisodiy jihatdan muhim tarmoq boʻlib, bu sohaga oid terminlar xalq tilida ham, ilmiy nutqda ham keng qoʻllaniladi. Bogʻdorchilikka oid an’anaviy bilimlar ko‘pincha og‘zaki shaklda ajdoddan avlodga o‘tib kelgan. Terminlarni ilmiy asosda yig‘ish va tizimlashtirish bu tajribani saqlab qolish va yangi avlodga uzatishda muhim. Ularga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi terminlari (xususan , bog‘dorchilik ham) tilning madaniy qatlamini ifodalab, xalqning qadimiy bilim, dunyoqarash va kasb- 184 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ko‘nikmalarini o‘zida aks ettiradi. Terminologiya har bir sohaning til shakllanishi va rivojida muhim o‘rin egallaydi. Xususan, O‘zbekistonda qadimdan rivojlangan uzumchilik va bog‘dorchilik tarmoqlari bilan bog‘liq terminlarni o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, agronomiya va tarjimashunoslik sohalari uchun ham dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda bu terminlarning ilmiy tahlili ularning kelib chiqishi, tuzilishi, ishlatilish chastotasi va funksional yuklamasini aniqlash orqali amalga oshirilmoqda. Bu borada o‘zbek tilshunosligida uzumchilik sohasi til boyligining muhim qismi bo‘lib, unda ko‘plab mahalliy terminlar, dialektal leksik birliklar, semantik guruhlar, stilistik vositalar kuzatiladi. Bunday tahlillar til va sohaning o‘zaro aloqasini yoritib, sohaga oid milliy lingvistik merosni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunos olim R.Doniyorov qayd etishicha, terminologik sistemada so‘z yasash yo‘llarining barchasiga babbaravar amal qilinavermaydi. Masalan, o‘zbek tilining ornitologik terminologiyasida semantik va fonetik yo‘llar bilan termn yasash bir qadar faol bo‘lsa, boshqa terminologik sistemalarda buning aksicha, semantik, morfologik va sintaktik yo‘llar bilan termin yasash juda aktivdir.[1] O‘zbek tilining uzumchilik terminologiyasida ham terminlarni hosil qiladigan ko‘plab yo‘llarning xizmat vazifasi salmoqlidir, albatta. Izlanishlarimizda leksik-semantik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, terminlarning semantik maydoni, sinonim va antonim shakllari, polisemantik holatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, “tok” so‘zi badiiy adabiyotda metaforik ma’no kasb etsa, ilmiy matnlarda uzum o‘simligi sifatida aniq qo‘llaniladi. “Ko‘chat”, “mayiz”, “novda” kabi terminlar kontekstda turlicha semantik yuklamaga ega. Proffessor olim A.G‘ulomov o‘z izlanishlari orqali o‘zbek tilida so‘z yasashning besh xil klassifikatsiyasi (morfologik, sintaktik, leksik, semantik, fonetik usul)ni [2] qayd etar ekan, har bir sohada qaysi usulning salmog‘i leksik qatlamning qanchalik keng ko‘lamda ekanligi bilan baholanishini ham ta’kidlaydi. Xususan, bizningcha, o‘zbek tilining ichki leksik resurslaridan foydalangan holda yangi terminlar hosil qilinish tendensiyalarini aniqlash mobaynida uzumchilik sohasining so‘z yasash vositalari (derevatsion) orqali hosil qilingan ayrim terminlar morfologik tuzilmasi quyidagicha ekanligini qayd etish mumkin: Uzumzor – “uzum” + “-zor” (yer bildiruvchi affiks); tokchi – “tok” + “-chi” (kasb egasi bildiruvchi affiks); ko‘chatxona – “ko‘chat” + “xona” (bino/joy bildiruvchi); iliqxona – issiq iqlimli o‘stirish joyi (issiq + xona). Bu holatda so‘z yasovchi affikslarning semantik yuklamasi va soha doirasida ularning terminlashtirilishini kuzatish mumkin. 185 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Bog‘dorchilikning uzumchilik sohasiga doir atamalar, so‘z va birikmalar o‘zbek tilining soha leksikasida alohida qatlamni tashkil qiladi. Tilshunoslikda bunday leksik qatlam leksik-semantik guruhlarga ajratilib, semantik maydon) asosida tahlil qilinadi. Bu tahlil orqali terminlarning mazmuniy yaqinligi, semantik aloqadorligi va kontekstdagi o‘rni aniqlanadi. Leksik-semantik guruh — bu mazmun jihatidan bir-biriga yaqin, umumiy semantik komponentga ega bo‘lgan so‘zlar majmuasidir. Uzumchilik terminlari ma’nosiga ko‘ra, bir necha asosiy guruhlarga ajraladi: 1.O‘simlikning morfologik qismlarini

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the main analytical methods, lexical- semantic, morphological, etymological, stylistic, dialectological approaches used in the study of viticulture terms in Uzbek linguistics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the main analytical methods, lexical- semantic, morphological, etymological, stylistic, dialectological approaches used in the study of viticulture terms in Uzbek linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
viticulture terms, semantic analysis, structural approach, semantik tahlil, strukturaviy yondashuv, tarkibiy model, sohaviy leksika, uzumchilik terminlari, sinonimiya va antonimiya, terminologik birliklar, terminologik birliklarning tasnifi, leksik-semantik tizim, morfologik tuzilma.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти