К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILIDA OʻXSHATISHNING MAVZUVIY GURUHLARI (SHODMON SULAYMON SHE’RIYATI MISOLIDA)

tilshunosligida V.Vinogradov

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un hamda erkin o‘xsahtishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilgan, misollar bilan dalillangan. Bunda buxorolik adib Shodmon Sulaymon she’riyatidan unumli foydalanilgan. Har bir mavzuviy guruh misollar bilan dalillangan. Kalit soʻzlar: oʻxshatish, badiiy tasvir vositasi, tashbeh, turgʻun oʻxshatish, erkin oʻxshatish, oʻxshatish subyekti, oʻxshatish asosi, oʻxshatish etaloni, oʻxshatish vositasi. Tilshunoslikda oʻxshatish hodisasi, uning nazariy jihatlari, lingvistik tabiati bir qator olimlar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Mazkur hodisa jahon tilshunosligida V.Vinogradov, D.Ashurova, V.Obrazsova, S.Nevelova, E.Nekrasova [1;11;12;13;15], oʻzbek tilshunosligida esa Atoulloh Husayniy, Abdurauf Fitrat, R.Qoʻngʻurov, A.Hojiahmedov, M.Mukarramov, Y.Is’hoqov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, M.Yoqubbekova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan [2;3;4;5;7;8;10;14;16]. Oʻxshatish hodisasi oʻzbek tilida quyidagi yoʻllar orqali yuzaga kelishi manbalarda keng izohlanadi: a) oʻxshatish vositalarisiz hosil boʻlish; b) morfologik (grammatik ) usul bilan hosil boʻlish; d) leksik usul bilan hosil boʻlish; e) sintaktik usul bilan hosil boʻlish. Biz bu oʻrinda oʻxshatishning morfologik (grammatik ), hamda leksik usul bilan hosil boʻlishiga toʻxtalamiz. Buxoro zaminidan koʻplab iste’dodli shoir va yozuvchilar yetishib chiqqanligini keng izohlashga hojat yoʻq. Shunday ijodkorlardan biri Shodmon Sulaymonov boʻlib, u yaratgan badiiy asar namunalari keng kitobxonlarga ma’lum va mashhur. Shodmon Sulaymon she’riyatida ham turgʻun, ham erkin (novator) oʻxshatishlardan oʻrinli foydalanganligiga guvoh boʻlamiz. Ayrim misollarni kuzatamiz: 1. Sen shoirni tushun, nogahon/ Kulfat uni etganda ta’qib/ Zir yugurib izlasa imkon/ Tish qayrama misoli raqib. (“Muhammad Yusuf”) 2. Kuzgi yaproq misol titrab turibman/ Jonim, oʻzing meni hayotga qaytar. (“Kuz xayoli”) 3. Sen bahorsan, tillari biyron/ Begʻuborsan, koʻkday bepoyon/ Keksa tutga suyangan rayhon…(“Sen va men”) 4. She’riyat misoli kapalak – Puflasang, singaydir qanoti. (“She’riyat”) 5. Sen otamning koʻksidagi mangu ogʻriq/ Oʻgʻlim tutgan bayroq kabi azizdirsan/ Mangu orzu, mangu matlab, mangu armon/ 56 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Yodginangdan aylanayin, Buxorojon. (“Aylanayin, Buxorojon”) 6. Sen pokiza qaldirgʻochimsan/ Onam taqqan koʻzmunchogʻimsan/ Ishqdek toza ovunchogʻimsan…(“Sen va men”) Sodmon Sulaymon qoʻllagan oʻxshatishlarning mavzuviy guruhi keng qamrovli boʻlib, bunda qiyos vositasining oʻxshatish etaloniga munosabatiga koʻra quyidagicha tasnifni keltirish mumkin: 1. Tarixiy shaxs nomlariga: Yozma, gar Samandar Vohidiy misol – Gulga burkamasang umr charbogʻin. (“Shoirlik”) Tur, olgʻa bos, el oʻgʻli, adolat – shioringdur – Temur bobomdek Sohibqironlar sasi kelgay. (“Kamronlar sasi kelgay”) 2. Afsonaviy shaxs va narsa nomlariga: Havo yangligʻ Odam izlab koʻkka uchgan kabutarim/ Bu savdolar, bu savdolar senga aslo tanishmasmi? (“Maktub”) Hijron toshlar otsa, qalandar/ Armon oʻtlar yoqsa, sitamgar/ Nur taratib misli samandar/ Kul ichida yaxshi koʻrasiz. (“Yaxshi koʻrasiz”) 3. Oʻrin-joy otlari: Sarhadlardan shoshib qaytaman/ Daryo misol toshib qaytaman/ Erta Xudoga ham aytaman: Meni juda yaxshi koʻrasiz. (“Yaxshi koʻrasiz”) Sen bahorsan, tillari biyron/ Begʻuborsan, koʻkday bepoyon/ Keksa tutga suyangan rayhon…(“Sen va men”) 4. Joy nomlari: Navoiy va Bobur. Bobur, Navoiy – Sayqal Samarqand-u zebo Buxoro/ Yangligʻ dil koʻkida porlaydi boqiy/ Falak ayvoniga bergancha oro. (“Navoiy va Bobur”) Dunyo minbaridan dunyoga boqqan/ Qadim Zarafshondek hayqirib oqqan/ …Ona tilim, baxting muborak boʻlsin. (“Iftixor”) 5. Shaxs otlariga: Jilmaysam yigʻlaysiz, yigʻlasam kulib…/ Boʻlmasmi odamga oʻxshab yashasak. (“Seni doʻst deyinmi va yo dushmanim”) Qatra yoshmi yoki shabnam yonogʻingda/ Onangdayin asta oʻpar qarogʻingdan. (“Oʻzbekyurt”) Zir yugurib izlasa imkon/ Tish qayrama misoli raqib. (“Muhammad Yusuf”) 6. Narsa-buyum nomlari: Qor misol begʻubor, qor kabi uygʻoq/ Yurtim, oq tonglaring buncha munavvar. (“Yangi yil tilaklari”) Kuzgi yaproq misol titrab turibman/ Jonim, oʻzing meni hayotga qaytar. (“Kuz xayoli”) 7. Modda-ma’dan nomlari: Ishqing sharobidan aylagandik noʻsh/ Dardlari sochildi misoli kumush. (“Girya”) Xush xabar keldi vatanga, misli gavhar shamchiroq/ Boʻlgʻusi dillar nurafshon, kulgusi gʻamdin yiroq. (“Xush xabar keldi”) 8. Hayvon nomlariga: Uzoqlashishni kutar ekan yuragi yomonlogʻon otdek tipirchilar edi. (A.Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”) 57 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 9. Qush nomlariga: Shoirlik – baxt, misoli bulbul/ Bogʻlar kezib, tanlaysan soʻzni. (“Shoirning armoni”) Biri keldi uzukka nuqra koʻzdek/ Xiromlar ayladi hindiy tovusdek. (“Buyuk ipak yoʻli”) 10. Oʻsimlik nomlariga: Keling, ifor sochgan guldek muattar/ Keling, Siz tufayli totlidir hayot. (“Izhor”) 11. Hasharot nomlariga: Gʻimirlaydi xuddi qumursqa/ Toshim olib ketaymi, dunyo! (“Havolandim yolg

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un hamda erkin o‘xsahtishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilgan, misollar bilan dalillangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un hamda erkin o‘xsahtishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilgan, misollar bilan dalillangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turgʻun oʻxshatish, badiiy tasvir vositasi, oʻxshatish subyekti, erkin oʻxshatish, oʻxshatish asosi, tashbeh, oʻxshatish, oʻxshatish etaloni, oʻxshatish vositasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти