К содержанию
РецензированоUZ2026

QISHLOQ XO'JALIGIDA POLIZ MAHSULOTI XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH VA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI

OSHIRISH YO‘LLARI · Nurimbetov Timur Uzakbergenovich

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

This article provides a detailed overview of efforts to ensure the quality and safety of melon products, as well as to increase their export volume. The main foreign markets for fruits, vegetables and melon products, the geography of exports, the dynamics and composition of exports are analyzed in depth, with special attention paid to current issues and promising directions in this regard. Keywords: Export volume, melon, dynamics, product, geography, production, quality, safety, fruits and vegetables, entrepreneur, economy. Kirish. So‘nggi yillarda mamlakatimizda poliz mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Uzoq muddat davomida qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar o‘tkazilib, ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlar poliz va oziq-ovqat sanoatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu o‘z navbatida meva-sabzavot mahsulotlarini www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 160 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va xorijga eksport qilishdagi yuqori natijalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Natijalar va munozara. Bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari ushbu jarayonlarni chuqur o‘rganib, amaliy tajriba to‘plamoqda. Ular uchun taqdim etilayotgan turli imtiyozlar va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish natijasida eksport sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda [1]. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu borada yetakchi mavqega ega bo‘ldi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga poliz mahsulotlarini eksport qilgan hududlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi peshqadamlik qildi – 289,3 ming tonna. Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati – 217 ming tonna va Samarqand viloyati – 180,1 ming tonna bilan egalladi. Qolgan hududlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlandi:  Surxondaryo viloyati – 157 ming tonna;  Xorazm viloyati – 144 ming tonna;  Namangan viloyati – 141,5 ming tonna;  Andijon viloyati – 106,8 ming tonna;  Toshkent shahri – 89,1 ming tonna;  Jizzax viloyati – 77,1 ming tonna;  Buxoro viloyati – 67,6 ming tonna;  Qashqadaryo viloyati – 49,3 ming tonna;  Sirdaryo viloyati – 45,4 ming tonna;  Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 23,7 ming tonna;  Navoiy viloyati – 10,6 ming tonna. Hozirgi kunda Respublikamizda poliz mahsulotlarining turli xil navlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va xorijga eksport qilish borasida keng imkoniyatlar mavjud [2]. Biroq, bu salohiyatdan to‘liq va samarali foydalanilmayapti. Mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i alohida o‘rin tutadi. Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 1,0 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,6 million tonna poliz mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga ortgan. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, mavjud adabiyotlar tahlili hamda poliz mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini oshirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari chuqur o‘rganildi. Ushbu tahlillar natijasiga ko‘ra, eksport hajmini kengaytirish uchun xalqaro bozorlardagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga moslashish, sinov laboratoriyalarini ilmiy-uslubiy asosda tashkil qilish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Bu esa poliz www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 161 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, xalqaro maydonda eksport hajmini sezilarli darajada ko‘paytirishga xizmat qiladi. 1-jadval Respublika poliz mahsulotlari eksportining dinamikasi va tarkibi Eksport qilingan poliz Mahsulotlar mahsulotlarini hajmi (ming tonna) Eksport hajmi 2024 yil Meva va rezavorlar 2 054,2 Quritilgan meva va rezavorlar 335 Sabzavotlar 819 Piyoz 199,5 Karam 142 Pomidor 71 Uzum 218 Mayiz 73,6 Yeryong‘oq 18,3 Tarvuz-qovun 135,8 Shu bilan birga, jahon bozorida poliz mahsulotlariga qo‘yilayotgan sifat va xavfsizlik standartlari, organik poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi, shuningdek, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash poliz mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilmoqda. O‘zbekiston bog‘dorchilik, sabzavot-polizchilik kabi qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarida boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega davlatlardan biri hisoblanadi [4]. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ushbu sohaning rivojlanishiga qaratilgan alohida e’tibo

Доказательный фрагмент

«This article provides a detailed overview of efforts to ensure the quality and safety of melon products, as well as to increase their export volume.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a detailed overview of efforts to ensure the quality and safety of melon products, as well as to increase their export volume. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Export volume, melon, dynamics, product, geography, production, poliz, xavfsizlik, meva-sabzavot, mahsulot, tadbirkor, sifat, xo‘jalik., dinamikasi, geografiyasi, ishlab chiqarish, Kalit so‘zlar: Eksport hajmi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники