К содержанию
РецензированоUZ2026

MOSLASHUVI QIYIN BO‘LGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH

Komilova Dilshoda Ulug’bek qizi · Ilmiy rahbar: Rahmatova Hayrihon · Ergashev Ixtiyor

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning mazmuni, dolzarbligi va metodik asoslari yoritilgan. Bolalarning ijtimoiy muhitga moslasha olmasligi psixologik, pedagogik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni aniqlash va tizimli yondashuv asosida yengillashtirish zamonaviy ijtimoiy ishning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Maqolada moslashuvdagi qiyinchiliklar tahlil qilingan, bolalarning xulq-atvori, kommunikativ ko‘nikmalari, oilaviy va maktab muhitidagi muammolari o‘rganilgan. Shuningdek, ijtimoiy xodimning ushbu toifadagi bolalar bilan ishlashda qo‘llaydigan psixologik-ijtimoiy yondashuvlari, reabilitatsiya va moslashuv dasturlarining samaradorligi ilmiy manbalar va tajribalar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov, doimiy psixologik yordam va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv moslashuv jarayonida eng muhim omillardan biridir. Kalit so‘zlar: Moslashuv, ijtimoiy ish, bolalar, ijtimoiy muhit, moslashuvdagi qiyinchiliklar, reabilitatsiya, psixologik yordam, oilaviy muhit, maktab muhit, muomala buzilishi, ijtimoiy xizmat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, differensial yondashuv, bola huquqlari, muvofiqlashtirilgan yordam. Zamonaviy ijtimoiy hayotda turli guruhlarga mansub bolalarning rivojlanishi va ijtimoiylashuv jarayonlari dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy muhitga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalar bilan ishlash bugungi kundagi ijtimoiy ish amaliyotining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday bolalar ko‘pincha maktab va oila muhitiga, jamiyatdagi qoidalarga, tengdoshlar bilan muloqotga moslasha olmaydi. Natijada ularning ijtimoiy rivojlanishida uzilishlar, psixologik izolyatsiya, ruhiy tushkunlik yoki deviant xatti- harakatlar yuzaga keladi. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi bunday holatlarda nafaqat muammoni aniqlash, balki kompleks yordam choralarini ishlab chiqish, bolaning ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvini ta’minlash kabi mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Ayniqsa, bolalarning individual ehtiyojlariga mos holda yondashish, psixologik yordam www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 183 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari ko‘rsatish, oilaviy sharoitni baholash, pedagogik maslahatlar va maktab bilan hamkorlik muhim rol o‘ynaydi. Moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalarning umumiy ta’lim muassasalarida integratsiyalashuvi ham murakkab jarayon bo‘lib, bunda ijtimoiy xodimlar, psixologlar va o‘qituvchilar o‘zaro hamkorlikda ishlashi kerak. Bu jarayonda bola shaxsini anglash, uning ehtiyojlari, qiziqishlari va salohiyatini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois maqolada bolalarning moslashuvdagi psixososial muammolari, ularning kelib chiqish sabablari va samarali yondashuvlar tizimi chuqur ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi – moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik asoslarini aniqlash, ularga yordam ko‘rsatishning zamonaviy, samarali va insonparvar yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, maqolada ijtimoiy xodimlar faoliyatida foydalaniladigan diagnostika, reabilitatsiya va moslashtiruvchi metodlar asoslab beriladi. Tadqiqotda moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning mazmuni va samaradorligini aniqlash maqsadida sifatli va miqdoriy tahlil uslublari qo‘llanildi. Asosiy metodlar quyidagilardan iborat: So‘rovnoma va intervyu usuli: 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy pedagoglar, psixologlar, sinf rahbarlari va ota-onalar bilan suhbatlar tashkil etildi. Bundan tashqari, moslashuvi qiyin deb belgilangan 30 nafar bola bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Kuzatuv usuli: Moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalarning sinfdagi, uy sharoitidagi va do‘stlar orasidagi xatti-harakatlari bevosita kuzatilib, baholash mezonlariga ko‘ra tahlil qilindi. Diagnostik testlar: “Sotsial moslashuv darajasi testi” va “Shaxslararo munosabatlar indeksi” yordamida bolalarning ijtimoiylashuv holati baholandi. Kontent-tahlil: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ilg‘or xorijiy tajribalar va xalqaro tashkilotlarning bolalar ijtimoiy integratsiyasi bo‘yicha hujjatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda foydalanilgan ma’lumotlar maxfiylik tamoyiliga asoslanib yig‘ildi, bolalarning shaxsiy hayotiga hurmat saqlanib, ma’naviy-axloqiy mezonlarga amal qilindi. Metodologik asos sifatida Gumanistik pedagogika, Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va Ekologik tizim nazariyalaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalarning aksariyat hollarda quyidagi omillar ta’sirida muammolarga duch kelayotganini ko‘rsatdi: 1. Oilaviy omillar – Tadqiqotda qatnashgan bolalarning 53% ida oilaviy nizolar, ota-onalar e’tiborsizligi yoki migratsiya tufayli yuzaga kelgan ajralishlar mavjud. Bu esa bolalarning emotsional beqarorligiga olib kelmoqda. www.pedagoglar.org 45-to’plam_1-qism_Iyul-2025 184 Ta'li

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning mazmuni, dolzarbligi va metodik asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada moslashuvi qiyin bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning mazmuni, dolzarbligi va metodik asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moslashuvdagi qiyinchiliklar, psixologik yordam, oilaviy muhit, ijtimoiy xizmat, maktab muhit, reabilitatsiya, differensial yondashuv, muvofiqlashtirilgan yordam., ijtimoiy muhit, Kalit so‘zlar: Moslashuv, muomala buzilishi, bola huquqlari, bolalar, ijtimoiy ish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники