Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISSIQXONALARDA CHERRI POMIDOR YETISHTIRISH UCHUN MOS NAV NAMUNALARINI TANLASH
Egamberdiyev Sobir Yо‘ldoshevich
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada cherri pomidor namunalarning barg soni ham sanab chiqilgan. Issiqxonalarda о‘simlik bargining sonini ahamiyati katta bо‘lib, u fotosintez jarayoni va о‘simlik mahsuldorligiga asosiy omil bо‘lib xizmat qilganligi, hosildorligining kо‘payishi har bir о‘simlikdagi barglar soniga bog‘liq. Kuzatuvlar natijalarga kо‘ra, 62 va 80 kungi kuzatuvlarda namunalar aro farqlanish yuqoriroq bо‘lganligi, issiqxonaning harorati ushbu davrlarda mо‘tadil emasligi va oxirgi 117 kundagi kuzatuv natijalariga kо‘ra, standart navga nisbatan 2 ta namuna Guliver va Quality seed navlari barg soni 14-17 donaga kam ekanligi, qolgan namunalarda esa yuqori ekanligi, ayniqsa Balkonnoye chuda va Balkonniy jeltiy F namunalari 1 standartga nisbatan 22-33 dona barg soni yuqori ekanligi keltirib о‘tilgan. Kalit so‘zlari: cherri, pomidor, issiqxona, fotosintez, harorat, namlik, nav, navmunalar tanlash. Kirish Bugungi kunda cherri pomidor yetishtirish hajmini kо‘paytirishga talab ortib bormoqda. Shu bois qishloq xо‘jaligi rivojlangan Yevropa mamlakatlari, AQSH, Isroil, Yaponiya, Rossiyada cherri tipidagi mevasi kichik (10-20 g), tashqi kо‘rinishi chiroyli, qizil, sariq, qora, pushti rangli, mazasi shirin yangi navlarni yaratish va yetishtirishni innovatsion texnologiyalarini qо‘llash bо‘yicha kо‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shunday bо‘lsada bugungi kunda issiqxonalarda cherri pomidorni serhosil, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini о‘rganish, ajratish hamda yetishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda tan narhini kamaytirish muxim hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi Pomidorni issiqxonalarda cherri tipidagi nav namunalarini yetishtirish texnologik elementlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: cherri pomidorni issiqxonalarda nav namunalari qimmatli xо‘jalik belgilari (tezpisharligi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi, meva sifati) bо‘yicha baholash va istiqbolli navlarni ajratish; Tadqiqot obekti: Tadqiqotning obyekti sifatida cherri pomidorni 10 ta nav namunalari о‘simligi va mevalari, 4 ta о‘sishni boshqaruvchi va 1 ta suv tejovchi moddalar va 4 ta ekish usullari xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari: Issiqxonalarda cherri pomidor yetishtirish uchun mos nav namunalarini tanlashning asosi shundaki, bir hududga tavsiya etilgan va о‘zining https://scientific-jl.com/wsrj 1 0 Volume-42_Issue-1_August-2025 World scientific research journal yuqori xususiyatlarini kо‘rsatgan navlar boshqa hududga mos emasligi yoki yaroqsiz ekanligi ma’lum bо‘lmoqda. Shuning uchun har bir hududda yetishtirishga moslashgan о‘zining nav namunalari bо‘lish kerak. Bu albatta issiqxonalar turlari va tuzilishi hamda xudud mikroiqlim sharoitlariga bog‘liq. Shu sababli Respublikamiz issiqxonalarida cherri pomidor nav namunalarini tanlashda ularning yer ustki qismini о‘sishi, shoxlanishi, kasalliklarga chidamliligi, ertapisharligi, serhosil va hosil sifati yaxshi bо‘lishi kabi kо‘rsatkichlari inobatga olinadi. Tadqiqot natijasida cherri pomidorni 11 ta nav namunalarining qimmatli xо‘jalik belgilari bо‘yicha tajriba olib borildi. Bunda namunalarning yer ustki qismini о‘sishi va rivojlanishi bо‘yicha о‘lchov ishlari olib borildi (3.7-jadvalga, 3-11 rasmga qarang). Tajribada biometrik о‘lchovlar о‘tkazildi, bunda о‘simlikning asosiy poyasi uzunligi, asosiy poya yaruslari soni va barglar soni aniqlandi. О‘lchov ishlari yillar davomida о‘rtacha pomidor urug‘lari unib chiqqandan to 62, 80 va 117 kun о‘tgach hisob-kitob olib borildi. Uch yillik tadqiqot natijasiga kо‘ra, sinalgan duragaylarning asosiy poyasining uzunligi urug‘lar unib chiqqandan о‘rtacha 62 kun о‘tgach, namunalar aro 25-104 sm ni, 80 chi kungi kuzatuvlarda 37 sm dan 220 sm gacha о‘sganligi ma’lum bо‘ldi. О‘simlik о‘suv davrining oxirlarida, ya’ni 117 kungi kuzatuv natijalariga kо‘ra, namunalar aro 48 sm dan 269 sm gachani tashkil etdi. Tajribada har uchchala kuzatuvlarda ham asosiy poyaning uzunligi eng yuqori kо‘rsatkichga ega bо‘lgan Blek cherri va Krasniy slivovidniy bо‘lib, (117 kunda-258- 269 sm) standart navga nisbatan 28-39 sm ni va eng kam kо‘rsatkichga ega bо‘lgan Balkonnoye chuda navi bо‘lib, (117 kunda- 48 sm) ni ya’ni standart navga nisbatan 182 sm kalta bо‘lganligi aniqlandi. Qolgan duragaylarda esa oxirgi kuzatuvda 221- 258 sm gacha о‘sganligi ma’lum bо‘ldi. Kuzatuvlarda shu narsa ma’lum bо‘ldiki, asosiy poyaning uzunligi, poyadagi yaruslar soniga ham bog‘liq bо‘ldi. Tajribada asosiy poyaning yaruslari soni ham uchta kuzatuv muddatlarida aniqlandi. Tajriba natijalariga kо‘ra, oxirgi kuzatuvda eng kо‘p yarus soniga ega bо‘lgan Balkonniy jeltiy F , Blek cherri va Balkonnoye 1 chuda navlari bо‘lib, ular 49-61 donani, standartga nisbatan 10-22 dona yuqori va nisbatan kam yarusga ega bо‘lgan Guliver va Quality seed navlari (22-16 dona) kuzatildi. Krasniy slivovidniy navi standart bilan bir xilda bо‘lgaligi kuzatildi. https://scientific-jl.com/wsrj 1 1 Volume-42_Issue-1_August-2025 World scienti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada cherri pomidor namunalarning barg soni ham sanab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada cherri pomidor namunalarning barg soni ham sanab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- harorat, nav, issiqxona, namlik, fotosintez, navmunalar tanlash., Kalit so‘zlari: cherri, pomidor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024