К содержанию
РецензированоUZ2026

KIBER MAKONDA QUROLLI MOJAROLAR: XALQARO GUMANITAR HUQUQNING YANGI SINOVLARI VA QO‘LLANILISH CHEGARALARI

Maxmatqulova Saida Ilxom qizi

Современная наука и исследования · 2 · 49–60 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kiber makonda yuzaga kelayotgan qurolli mojarolar doirasida xalqaro gumanitar huquq (XGH) me’yorlarining tatbiq etilishi, ularning huquqiy va amaliy muammolari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning harbiy maqsadlarda tobora faol qo‘llanilishi XGH tamoyillarining – ajratish, proporsionallik va ehtiyot choralarini ko‘rish prinsiplari – zamonaviy kiber harakatlarga qanday moslashishini qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Tadqiqot davomida xalqaro huquqshunoslikdagi eng nufuzli yondashuvlar, xususan Tallin qo‘llanmasi asosida XGHning amaldagi zaif jihatlari ko‘rsatilib, mavjud normativ bo‘shliqlar aniqlanadi. Shu bilan birga, ayrim davlatlarning milliy strategiyalari tahlili orqali xalqaro huquqning zamonaviy urush shakllariga ta'siri va yetishmovchiligi yoritiladi. Muallif kiber makonda inson huquqlari va xalqaro tinchlikni ta’minlashda XGHning moslashtirilgan va kuchaytirilgan huquqiy mexanizmlar bilan boyitilishi lozimligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: xalqaro gumanitar huquq, kiber mojaro, qurolli mojaro, proporsionallik prinsipi, ajratish prinsipi, ehtiyot chorasi, Tallin qo‘llanmasi, xalqaro huquq, raqamli xavfsizlik, kiber urush, xalqaro nizolar. Kiber makonda qurolli mojarolar va ularga xalqaro gumanitar huquqning (bundan keyin matnda XGH) qo‘llanishi masalasi XXI asr global xavfsizligi, texnologik taraqqiyot va xalqaro huquqning moslashuvchanligiga oid eng dolzarb yo‘nalishlardan biridir. An'anaviy qurolli mojarolar fazosi endilikda faqat quruqlik, havo, suv va kosmik makon bilan cheklanmay, balki raqamli maydonni ham o‘z ichiga olmoqda. Kiber makon – bu faqat aloqa, axborot va ma'lumotlarni uzatish tizimi emas, balki davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, hujum va himoya strategiyalari tobora faol rivojlanayotgan urush maydonidir. Shu nuqtai nazardan, xalqaro gumanitar huquqning mazkur zamonaviy sohadagi qo‘llanilish imkoniyatlarini, u duch kelayotgan sinovlar va cheklovlarni tahlil qilish zarurati yuzaga chiqmoqda. Xalqaro gumanitar huquq qurolli mojarolar vaqtida insoniyat azobini kamaytirishga, fuqarolik aholisi va harbiy bo‘lmagan obyektlarni himoya qilishga qaratilgan qoidalar majmuidir. Ushbu huquqiy rejim asosan 1949-yilgi to‘rtta Jeneva konvensiyasi [1] va ularning 1977 va 2005-yilgi qo‘shimcha protokollarida mustahkamlangan. Biroq bu huquqiy asoslar XX asr urushlarining kontekstida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning kiber makondagi zamonaviy qurolli mojarolarga qay darajada tatbiq etilishi hali-hanuz xalqaro huquqshunoslik doirasida bahsli va izlanishga ochiq masala bo‘lib qolmoqda. XXI asrda texnologik taraqqiyotning tez sur’atlari va raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi urush tabiatini tubdan o‘zgartirdi. An’anaviy harbiy operatsiyalar bilan bir qatorda, kiber makon qurolli mojarolarning yangi maydoniga aylandi. Kiber hujumlar endilikda davlatlarning xavfsizlik strategiyalarining ajralmas qismiga aylanib, XGH zamonaviy yo‘nalishlarini shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin tutmoqda. Kiber qurolli mojarolarni XGH doirasida tartibga solishning birinchi va eng muhim bosqichi ularning huquqiy tabiatini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining ta’kidlashicha, kiber operatsiyalar qurolli mojaro kontekstida amalga oshirilganida, ularga XGH me’yorlari to‘liq tarzda qo‘llaniladi [2]. Biroq, amalda kiber hujumni qurolli kuch ishlatish 1700 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 sifatida tasniflovchi aniq mezonlarni belgilash murakkabroq masala hisoblanadi. Tallinn Manual loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kiber hujumni qurolli hujum sifatida tasniflovchi asosiy mezonlar quyidagilardan iborat: birinchidan, jismoniy obyektlarga zarar yetkazish yoki ularni yo‘q qilish imkoniyati, ikkinchidan, hujumning oqibatlari an’anaviy qurolli hujumning natijalariga o‘xshash bo‘lishi, uchinchidan, hujumning bevosita ta’siri natijasida inson o‘limi yoki jiddiy jarohatlar yuzaga kelishi. Biroq, bu mezonlarni amalda qo‘llash sezilarli qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan, 2010-yilda Eron yaderli dasturiga qarshi amalga oshirilgan Stuxnet virusi harbiy obyektga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, uning ta’siri texnik tizimlarning buzilishi bilan cheklandi [3]. Bunday holatda kiber hujumni qurolli hujum sifatida tasniflovchi aniq huquqiy asoslar mavjud emas. Shuningdek, kiber hujumlarning xarakteristik xususiyatlaridan biri ularning ko‘p bosqichli va uzoq muddatli ta’siriga ega bo‘lishidir. Kiber hujum natijasida sodir bo‘lgan zarar darhol namoyon bo‘lmasligi va vaqt o‘tishi bilan kuchayib borishi mumkin [4]. Bu esa hujumning qurolli xarakterini aniqlashda qo‘shimcha murakkabroq masalalar tug‘diradi. Kiber makonning xalqaro huquq doirasida tartibga solinishi 2000-yillardan boshlab intensiv tus oldi. BMT Bosh Assambleyasi doirasida Axborot xavfsizligi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (GGE) tomonidan bir necha rezolyutsiyalar va hisobotlar ishlab chiqildi. Xususan, 2013 va 2015-yillardagi hisobotlarda davlatlarning

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kiber makonda yuzaga kelayotgan qurolli mojarolar doirasida xalqaro gumanitar huquq (XGH) me’yorlarining tatbiq etilishi, ularning huquqiy va amaliy muammolari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kiber makonda yuzaga kelayotgan qurolli mojarolar doirasida xalqaro gumanitar huquq (XGH) me’yorlarining tatbiq etilishi, ularning huquqiy va amaliy muammolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ajratish prinsipi, raqamli xavfsizlik, qurolli mojaro, kiber mojaro, kiber urush, xalqaro huquq, proporsionallik prinsipi, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro nizolar., ehtiyot chorasi, Tallin qo‘llanmasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники