Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING NOGIRONLAR HUQUQLARI BO‘YICHA QO‘MITASI BILAN HAMKORLIGINING ASOSIY SHAKLLARI
ASOSIY SHAKLLARI · Ergashov Behruz Xurshid oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Hammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yurtimizda barcha sohalarda misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi o’zgarishlar barcha yurtdoshlarimizni mamnun qildi. Amalga oshirilgan barcha islohotlarning tag zamirida inson va uning huquq hamda erkinlikari yotadi. Mazkur islohotlar imkoniyati cheklangan shaxslarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Ular uchun hozirgi kunda ham yurtimizda qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilib kelinmoqda. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mitasi bilan hamkorligi, uning asosiy shakllari va ushbu qo’mita haqida fikr yuritiladi. Xususan, ishtirokchi davlatlarning konvensiya doirasida belgilangan davriy hisobotlarni taqdim etish tartibi, qo‘mita tomonidan ushbu hisobotlarni ko‘rib chiqish jarayoni va yakuniy tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti yoritiladi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati, xususan, nogironlar tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan muqobil hisobotlarining roli va ahamiyati ochib beriladi. Mazkur maqola O’zbekiston Respublikasi va ushbu qo’mitaning ikki tomonlama munosabatlari va ilk taassurotlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Umumjahon miqyosida O’zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro subyektlar bilan ushbu doiradagi xalqaro aloqalari haqida ham bir qancha muhim ma’lumotlar keltiriladi. Kalit so’zlar: Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mita, konvensiya, davriy hisobot, yakuniy tavsiyalar, fuqarolik jamiyati. Dastavval, ushbu mavzuga kirishdan oldin bir qancha jihatlarga e’tibor qaratsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Jumladan, ushbu qo’mitaning xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilgan mamlakatlar bilan aloqasi va uzviy bog’liqligi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va unga tegishli qo‘mitaning faoliyati bu boradagi tashabbus va islohotlarni muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday hamkorlik nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, ularni jamiyat hayotining barcha sohalariga to‘liq jalb etish, hamda teng imkoniyatlar asosida rivojlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi. Ishtirokchi davlatlar tomonidan Konvensiya doirasida davriy hisobotlar taqdim etilishi, fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki va individual shikoyatlar mexanizmi bu tizimning shaffofligini va samaradorligini oshiradi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilayotgan umumiy sharhlar va tavsiyalar nogironlar huquqlarini amalda ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajribaning muhim manbasi hisoblanadi. Shu tariqa, islohotlar nafaqat huquqiy bazani mustahkamlashga, balki jamiyatda inson qadr-qimmatini ulug‘lash va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga qaratilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda nafaqat milliy darajada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda, balki xalqaro tashkilotlar bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. 1693 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Ayniqsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan olib borilayotgan hamkorlik O‘zbekistonning imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 2008 yilda qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” doirasida faoliyat yuritadi. Ushbu qo‘mita davlatlarning imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bajarayotgan majburiyatlarini nazorat qiladi hamda maslahatlar beradi. O‘zbekiston esa 2009 -yilda ushbu konvensiyani imzolab, uning talablarini milliy qonunchilikka integratsiya qilishni boshladi va kelajakda ratifikatsiya qilish istagini bildirdi. Hamkorlik shakllariga kelsak, O‘zbekiston va qo‘mita o‘rtasidagi muloqot muntazam hisobotlar shaklida olib boriladi. O‘zbekiston hukumati o‘z mamlakatidagi imkoniyati cheklangan shaxslarning holati, qabul qilingan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot taqdim etadi. Shu bilan birga, BMT qo‘mitasi tomonidan taklif va tavsiyalar berilib, ularning milliy qonunchilik va siyosatga tatbiq etilishi ustida ish olib boriladi. BMTning Nogironlar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi bilan hamkorlik orqali O‘zbekiston imkoniyati cheklangan shaxslarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va madaniy hayotga to‘la qo‘shilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda. Bundan tashqari, qo‘mita bilan muloqot fuqarolik jamiyati, nogironlar tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarning fikrlarini inobatga olishga yordam beradi. 2016-yildan boshlangan 3-renessans tufayli mehrga, e’tiborga muhtoj bo’lgan shaxslarga bo’lgan yondashuv tubdan o’zgardi va yangi qiyofa kasb
Доказательный фрагмент
«Hammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yurtimizda barcha sohalarda misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yurtimizda barcha sohalarda misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mita, yakuniy tavsiyalar, konvensiya, fuqarolik jamiyati., davriy hisobot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026