К содержанию
РецензированоUZ2020

KAMBAGʻALLIK MUAMMOSINI HAL ETISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA IMKONIYATLARI

Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi

Педагоги · 2020

Аннотация

Butun dunyoda kambag‘allik muammosi mavjud ekan, mamlakatimizda ham bu masalani hal etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Kambag‘allik muammosi turli hududlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Xususan, Namangan viloyati aholisining tabiiy o‘sishi tumanlarda joylashuvi, salohiyati, yoshi, jinsi bir-biridan farq qiladi, shularni hisobga olgan holda kambag‘allik muammosini hal etishning ayrim yo‘nalishlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Kambag‘allik, tadbirkorlik, resurslar, salohiyat, hudud, ishsizlik, daromad, xarajat, aholi bandligi, kichik sanoat zonalar, “temir daftar”. Dunyoning barcha davlatlarida bo‘lganidek, mamlakatimizda ham aholining muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emas, bu odamlar kam ta’minlangan kambag‘allar qatlamini tashkil etadi. Mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag‘allikning borligi va aholining muayyan bir qismini tashkil etilishi tan olindi. 2020 yil 24 yanvar kuni Prezdentimiz Sh. Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu masala to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi va kambag‘allikni qisqartirish ustivor vazifa sifatida belgilandi. 2020 yil 27 fevral kuni Prezdentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektorda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissiyotini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”-dedi Sh. Mirziyoyev.[1] Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki kambag‘allikni kamaytirish-bu aholida tadbirkorlik ruxini uyg‘otish, insonning ichki kuch quvvat va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish aholi bandligi darajasini oshirish, ishsizlikni pasaytirish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali hal etilar ekan. Bunday sharoitda joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa yoshlar va ayollar tadbirkorligini qullab-quvvatlashga ustivor ahamiyat berish zarur. https://scientific-jl.com/ped 1 5 Volume-86, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Ushbu maqsadga erishish uchun aholi va tadbirkorlarga mikro moliya xizmatlari va moliyaviy resurslarga, davlat xaridlariga keng yo‘l ochib beriladi. Bunday chora tadbirlarni amalga oshirish orqali odamlarimizda tadbirkor bo‘lishga ishtiyoq va ishonch ortadi, ular ko‘proq daromad olishga intiladi. Shu bilan birga hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ishlab, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali munosib ish joyi bilan ta’minlash lozim. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda mamlakatimizda rasman ish bilan band bo‘lmagan 1 million 400 mingdan ortiq ayollar va yoshlar bor. Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 13 foiz, yoshlarda esa 15 foizni tashkil etmoqda. Ayrim viloyatlarda bu ko‘rsatkich yanada yuqoriroqdir. Shularni hisobga olgan holda bandlikni ta’minlash uchun har bir hududda ishsiz aholini tadbirkorlikka o‘qitish kurslari tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz ayollar va ko‘p farzandli ayollar, ishsizlar uchun kundalik hayotda ehtiyoji yuqori bo‘lgan hunarlar, xususan tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlarda kasbga o‘rgatish kurslarini tashkid etish maqsadida mahalla idoralari yoki hududdagi binolardan joy ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari davom ettirililyapti. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mablag‘larning 70 foizi kambag‘al aholiga ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi kichik va o‘rta biznes loyihalariga yo‘naltirilishi belgilanmoqda. Shuningdek, kambag‘al kishini ishga olgan korxonalarga bank kreditlari bo‘yicha qo‘layliklar berish nazarda tutilmoqda. Mamalakatimizda axolini ish bilan bandligini ta’minlash va shu asosida muntazam daromad olishlari maqsadida “ Xar bir oila –tadbirkor” , “ Yoshlar kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi.Mazkur dasturlarni amalga oshirish uchun xususan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida davlat byudjetidan qariyib 10 trilion so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bularni barchasi xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ,ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun berilayotgan imkoniyatlarni dalilidir.Mazkur imtiyozlar orqali yoshlarimizda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirilsa, ularga mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatilsa, nafaqat iqtisodiy , balki ko‘plab ijtimoiy muammolarni xam xal etilgan bo‘ladi. 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisq

Доказательный фрагмент

«Butun dunyoda kambag‘allik muammosi mavjud ekan, mamlakatimizda ham bu masalani hal etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Butun dunyoda kambag‘allik muammosi mavjud ekan, mamlakatimizda ham bu masalani hal etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xarajat, ishsizlik, aholi bandligi, salohiyat, daromad, tadbirkorlik, Kalit so‘zlar: Kambag‘allik, kichik sanoat zonalar, resurslar, hudud, “temir daftar”.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники