Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAHBARNING TINGLASH MAHORATI
RAHBARNING TINGLASH MAHORATI · Shoxida Sattorova Amrilloyevna
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada rahbarning tinglash mahorati, muomala madaniyati, hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish va boshqarish rahbarning eng murakkab munosabatlardan biri ekanligi haqida aytib o’tilgan. Kalit so’zlar: komunikasiv, tinglash, muloqot texnikasi, psixologik savodxonlik, munosabat, mahorat, muomala madaniyati, malakq, suhbatdosh. Rahbar xodim amaliy faoliyati davomida har xil ijtimoiy uchrashuvlar, suhbatlar, munosabatlarning ishtirokchisi bo’ladi.Shu boisdan qaysi uchrashuv yoki suhbatlarning rahbarga muhim bo’lib ko’rinishiga qarab,rahbarning muomala madaniyatini o’rganish mumkin. Juda ko’pchilik uzoq tajribaga ega bo’lgan rahbarlar hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish,ularning mehnatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish rahbarning eng murakkab munosabatlaridan biri ekanligini e’tirof etamiz. Rahbar psixologiyasida katta yoshli odamlarni tinglash va muomala qilish madaniyatiga o’rgatish, ularda zarur kommunikasiv (aloqa qilish)malakalarini hosil qilishga katta ahamiyat beriladi. Bugungi kunda rahbarlarni psixologik jihatdan rahbarlik salohiyatiga tayyorlash muhim vazifalardan biriga aylanadi. Shuning uchun hozirgi kunda,shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda qaysi soha rahbari kommunikasiya malakalariga ega bo’lmaguncha tezda jamoaga kirishib, ko’pchilik bilan til topishib o’z professional mahoratini ko’rsata olmaydi.Lekin har bir ziyoli rahbar rahbar sifatida boshqalar bilan hamkorlik qilish, muomala qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak. Ma’luki, gaplashayotgan odamlarning biri gapiradi,ikkinchisi tinglaydi,eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki shaxsning qanchalik o’zaro bir-biriga mosligi,bir- birini to’ldirishga bog’liq bo’ladi. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangiz-u suhbatdoshingiz sizni tinglamasa undan ranjiysiz, hatto u bilan qayta gaplashishni istamaysiz. Jamoaning a’zosi gapirayotgan paytda rahbar uni tinglamasa odobsizlikning keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishi mumkin.Shuning uchun bo’lsa kerak nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan.Mashhur amerikalik psixolog esa Deyl Karnegi:”Yaxshi suhbatdosh yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” degan edi. “Rahbarning https://scientific-jl.com/ped 2 2 Volume-86, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 tinglash mahorati masalasini bugungi kunda hayotning o’zi har qachongidan ham dolzarb vazifaga aylantirib qo’ymoqda” deydi psixolog V.Karimova. Mutaxasislarning aniqlashicha, rahbar odamlar vaqtining 45%kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan. Odamlar bilan muloqotda bo’ladigan rahbarlar , ish boshqaruvchilar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganlari uchun olarkanlar, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muomala qilishning eng qiyin sohalaridan hisoblangan rahbarning tinglash mahorati rahbarning shakllanishiga, mulohazasi, salohiyatini o’stiishga ko’proq foyda keltirarkan .Psixologlarning fikricha asosiy xalaqit beruvchi narsa bu bizning o’z fikr o’ylarimiz va xohishlarimiz og’ushida bo’lib qolishingizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo’lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa yerda bo’ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash texnikasi bo’ladi, usullari bo’ladi. Agar rahbar suhbatdoshni yaxshi, diqqat bilan tinglasa, bu bilan u o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaydi. Demak rahbarning tinglash mahorati ko’pchilik tasavvur qilgani kabi passiv jarayon emas ekan. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi. Yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ham rahbarning jamoa yig’inlarida har bir chiqishi va gapirish mahorati, agar tinglovchilar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu psixologik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi. Xullas, har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, ichki dunyosi hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Shuning uchun zamonaviy rahbar muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini, bizning hayotimizda bajaradigan fazilatlarini tahlil qilib borish zamonaviy rahbar uchun naqadar zarur ekanligini anglash juda muhumdir. Foydalanilgan adabiyotlar: N. Boymurodov”Rahbar psixologiyasi” V.Karimova “Psixologiya 2002” https://www.litres.ru https://scientific-jl.com/ped 2 3 Volume-86, Issue-1, July -2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada rahbarning tinglash mahorati, muomala madaniyati, hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish va boshqarish rahbarning eng murakkab munosabatlardan biri ekanligi haqida aytib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada rahbarning tinglash mahorati, muomala madaniyati, hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish va boshqarish rahbarning eng murakkab munosabatlardan biri ekanligi haqida aytib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muomala madaniyati, munosabat, muloqot texnikasi, suhbatdosh., psixologik savodxonlik, tinglash, mahorat, malakq, Kalit so’zlar: komunikasiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024