К содержанию
РецензированоUZ2026

HAMID OLIMJON ASARLARIDA FOLKLOR UNSURLARINING BADIIY TALQINI

UNSURLARINING BADIIY TALQINI · Yallayev Behzod Toshtemirovich

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Hamid Olimjon ijodida folklor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Ma’lumki, adib o‘z ijodida xalq og‘zaki ijodining boy an’analaridan ilhomlanib, ularni o‘zining badiiy tafakkuri asosida qayta ishlagan va zamonaviy poeziya talablariga mos ravishda yangi mazmun bilan boyitgan. Xususan, xalq ertaklari, dostonlari, afsona va rivoyatlaridagi obrazlar, ramzlar, timsollar va poetik strukturalar shoirning ko‘plab asarlarida qayta talqin qilinadi. Maqolada Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon”, “Semurg‘”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Tong nafasi”, “Uyg‘onish” kabi asarlarida uchraydigan folklor elementlari – epik motivlar, obrazlar tizimi, xalqona ifoda vositalari, qadimiy syujetlarning zamonaviy badiiy yechimi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida adabiy tahlil, qiyosiy tahlil va kontekstual metodlardan foydalanildi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shundaki, u Hamid Olimjon ijodini o‘rganishda yangi yondashuvlarni taklif etadi va folklor materiallarining zamonaviy badiiy tafakkurdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Maqola adabiyotshunoslar, folklorshunoslar, tilshunoslar, shuningdek, adabiy merosni o‘rganayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari Hamid Olimjonning ijodida xalq ruhiyatini, xalq estetik qarashlarini va badiiy tafakkurini qanday aks ettirganini ochib beradi. Shuningdek, shoir tomonidan xalq og‘zaki ijodining qayta ishlanish uslublari, ularning zamonaviy kontekstda ishlatilishi va milliy o‘zlikni ifodalashdagi roli yoritiladi. Kalit so‘zlar: Hamid Olimjon, folklor, obraz, ramz, milliy tafakkur, xalq og‘zaki ijodi, badiiy talqin.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Hamid Olimjon ijodida folklor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Hamid Olimjon ijodida folklor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy tafakkur, Kalit so‘zlar: Hamid Olimjon, folklor, ramz, badiiy talqin., obraz, xalq og‘zaki ijodi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники