К содержанию
РецензированоRU2026

OLIB QOʼYISH TАKTIKАSI

OLIB QOʼYISH TАKTIKАSI · Sadullayeva Farida Farxod qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются понятие, основные задачи, современное состояние и особенности производства выемки в рамках предварительного расследования, анализ нормативных правовых актов, регулирующих предварительное расследование, и практики их применения, а также процессуальных документов, проводимых в рамках этой деятельности, проблемы и недостатки в этой деятельности, а также ряд предложений по устранению отдельных видов существующих проблем и недостатков, а также направления совершенствования этой деятельности с использованием передового зарубежного опыта других стран в организации производства выемки в рамках предварительного расследования, а также различий и сходств с отечественным законодательством. Ключевые слова: Процесс, обыск, выемка, государственная тайна, иммунитет, постановление, санкция. Annotation: In this article, the concept of the investigative action of seizure in the preliminary investigation, its main tasks, the state of this activity today and the specifics of its implementation, in addition, the analysis of regulatory legal acts regulating the activities of the preliminary investigation and the practice of their application, as well as procedural documents that are carried out within this, the preliminary investigation covered the advanced foreign experience of other foreign countries in the organization of the seizure investigative action and directions for https://scientific-jl.com/ped 6 3 Volume-86, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 improving these activities using different and similar sides from our national legislation. Keywords: process, search, seizure, state secret, immunity, verdict, sanction. Shaxsga oliy ijtimoiy qadriyat sifatida yondashuv Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida oʼz aksini topgan boʼlib, jinoyat-protsessual qonunining va uni qoʼllash amaliyoti hamda Konstitutsiya talablariga mos boʼlishini taqozo qiladi. Chunki insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish yoʼlida oʼtkaziladigan barcha islohotlar insonning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilmogʼi lozim. Bu esa hozirgi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatga oʼtish davrida inson omilini birinchi oʼringa olib chiqadi, zero jamiyatni tashkil etuvchi insonlarning barcha sohalardagi, xususan, jinoyat sudlov ish yuritish faoliyatidagi faolligi kuchli jamiyat qurishning zaruriy shartidir. Huquqiy davlat yuzaga keluvchi protsessual munosabatlarning shunday tartibini taʼminlashi lozimki, bu tartib jinoyatlarni ochish, aybdorlarni fosh qilish va jazolash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yoʼli bilan insonni, jamiyatni, davlatni jinoyatlardan muxofaza qilinishini taʼminlashi hamda huquqiy me’yorlarni hayotga tadbiq etish kafolatlarini belgilashi lozim. Huquqiy taribga solishning toʼla emasligi qonunning ayrim qoidalarini vakolatli shaxslar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan oʼz xohishlaricha talqin etilishiga imkon beradi, bu esa qonun buzilishiga hamda Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni paymol etilishiga zamin yaratadi. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichida eng muhim yoʼnalishlaridan biri bu-qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir soʼz bilan aytganda yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun xal qiluvchi vazifa boʼlib qolmoqda… Olib qoʼyish-jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum boʼlgan hamda ularni qidirishning xojati boʼlmagan hollarda surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan ularni tegishli boʼlgan shaxsning egaligidan chiqarishga qaratilgan mustaqil tergov harakati. Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum boʼlib, ularni qidirishning xojati boʼlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʼyishga xaqlidir. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʼtkazishi yoki uni koʼzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʼzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emasligi belgilangan. Аyni damda JPK da jinoyat ishi boʼyicha haqiqatni https://scientific-jl.com/ped 6 4 Volume-86, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 aniqlash va aybdorlarni fosh etish maqsadida olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazish va boshqa fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan tergov harakatlarini amalga oshirishning qat’iy tartibi belgilab berilgan. Olib qoʼyishning asosiy protsessual xususiyati shundaki, uni oʼtkazish uchun jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum boʼlishi xamda

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются понятие, основные задачи, современное состояние и особенности производства выемки в рамках предварительного расследования, анализ нормативных правовых актов, регулирующих предварительное рассл…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются понятие, основные задачи, современное состояние и особенности производства выемки в рамках предварительного расследования, анализ нормативных правовых актов, регулирующих предварительное рассл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
process, search, seizure, state secret, immunity, verdict, sanction, olib qo’yish, davlat siri, immunitet, ajrim, tintuv, sanksiya, Kalit so’zlar: Protsess
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники