Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AGROKLASTERLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH Y‘LLARI
AGROKLASTERLARSAMARADORLIGINI OSHIRISHY‘LLARI · BERDIYEVABDUMALIK HAKIMOVICH
Международный научный журнал · 1 · 23-33 · 2026
Аннотация
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida barcha sohalar kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu sohani rivojlantirishga esa davlat va jamiyat oldidagi muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunga asosiy sabab, agrar soha mamlakat oziq-ovqat muammolarini hal etish bilan birga oziq-ovqat sanoati korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan asosiy tarmoq hisoblanadi. Agrar sohada klasterlashuv modeli jahon amaliyotida o‘z samaradorligini ko‘p marta isbotlagan mexanizm hisoblanadi. Agroklasterlar — bu o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar, logistika xizmatlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda moliya institutlarini yagona hududiy tizimda birlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotyaratishni maqsad qiladi. So‘nggi yillarda Respublikamizda xalqaro amaliyotda sinalgan, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan klaster tizimini joriy etish, bozor munosabatlari vatajribalarini hayotga tadbiq etishga katta e’tiborberilmoqda. Buning natijasida, agroklasterlar samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi sohasining umumiy raqobatbardoshligini ko‘tarish, aholi bandligini ta’minlash va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Agroklaster, ishlab chiqarish samaradorligi, klaster tizimi, qo‘shilgan qiymat zanjiri, innovatsion agrotexnologiyalar, klaster infratuzilmasi, modernizatsiya, eksport, import, marketing strategiyalari,mahsulot sifati. Kirish. Bugungi kunda butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va ularning manfaatdorligini ta’minlash masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishning zamonaviy shakli — klasterlar tizimibilan chambarchas bog‘liqdir. O’zbekistonda ham so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini yaratish hamda tabiiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida klaster usuli keng joriy etilmoqda. Xususan, bugungi kunda qishloqxo‘jaligining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan. Agroklasterlar sohani zamonaviy innovatsiyalar bilan boyitish va raqobatbardoshligini oshirish uchun samarali vosita hisoblanib, fermerlar, qayta ishlovchi korxonalar, ta’minotchilar va bozor o‘rtasida integratsiyani ta’minlab, ishlab chiqarish jarayonlarini tizimli ravishda takomillashtiradi. Metod va metodologiya. Klasterlar hududlarning raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarish jarayonlariga o‘tish, korxonalar, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, moliya institutlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatishga hissa qo‘shish vositasi sifatida ishlaydi. Klaster yondashuvi mintaqaviy va sanoat siyosatining mazmunini tubdan o‘zgartiradi, chunki davlat organlarining sa’y-harakatlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat institutlari o‘rtasidagi munosabatlar tiziminirivojlantirishga qaratilgan. Agroklasterlar qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini qamrab olgan bo‘lib, don mahsulotlari, poliz va sabzavot yetishtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Xususan, don mahsulotlari va paxta ishlab chiqarish sohalarida bir qator yirik agroklasterlar faoliyat yuritmoqda. Bu klasterlar yangi texnologiyalarni joriy etish, yerdan samarali foydalanish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish orqali hududning agrosanoat salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 159 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Hozirgi kunda aholi salomatligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash ekologik toza va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yetishtirish agroklasterlarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Suv resurslaridan tejamli foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, organik dehqonchilik usullari ham rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayrim agroklasterlar o‘z mahsulotlarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlab, tashqi bozorlarga eksport qilishga muvaffaq bo‘lmoqda. Agroklasterlarning yana bir muhim jihati — ishlab chiqarish jarayonlarini qayta ishlash korxonalari bilan bog‘lashdir. Bu mahsulot qiymat zanjirini to‘liq ta’minlash va ishlab chiqarilgan xom-ashyoni yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Meva- sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha tashkil etilgan klasterlar hududdagi eksport hajmini oshirishdakatta rol o‘ynamoqda. Eksport yo‘nalishidagi natijalarga kelsak, agroklasterlari Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qilmoqda. Shu maqsadda logistika tizimini yaxshilashga ham alohida
Доказательный фрагмент
«Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida barcha sohalar kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюMamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida barcha sohalar kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- klaster tizimi, qo‘shilgan qiymat zanjiri, mahsulot sifati., eksport, Agroklaster, innovatsion agrotexnologiyalar, marketing strategiyalari, ishlab chiqarish samaradorligi, import, modernizatsiya, klaster infratuzilmasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025