Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA MCDONALD'SNING SIYOSATI VA GLOBAL INTEGRATSIYA JARAYONI
Ойбек Бобокулов
Международный научный журнал · 1 · 404-411 · 2026
Аннотация
COVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bir paytda, McDonald's korporatsiyasi ham o‘z siyosati va faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ldi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mijozlar va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shubilan birga biznesning uzluksizligini saqlab qolish bo‘ldi. Shu maqsadda McDonald's sanitariya qoidalarini kuchaytirish, kontaktsiz xizmat turlarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish (mobil ilovalar, onlayn buyurtmalar, avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish)kabi choralarni amalga oshirdi. Global integratsiya nuqtai nazaridan McDonald's turli mamlakatlardagi filiallarini mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirish, bir vaqtning o‘zida umumiy korporativ standartlar va brend qadriyatlarini saqlashga harakat qildi. Bu jarayonda kompaniya raqamli transformatsiya va ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini optimallashtirish orqali pandemiya sharoitida ham o‘zining xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlay oldi. McDonald'sning pandemiya davridagi siyosati uning global tuzilmasi, samarali boshqaruvi va innovatsion yondashuvlari orqali inqirozga qarshi chidamli kompaniya ekanligini namoyon etdi. Kalit so’zlar: COVID-19, McDonald’s, global integratsiya, siyosat, raqamli transformatsiya, ta’minotzanjiri,moslashuvchanlik, restoran biznesi. Kirish: COVID-19 pandemiyasi davridagi McDonald’s korporatsiyasining siyosati va global integratsiya jarayonlariga bo’lgan ta’sirini o’rganadi. Pandemiya davri global ta’minot zanjirlarini buzdi, shuningdek iste’molchilar xatti-harakatlarini o’zgartirdi, bu esa o’z davrida restoran biznesiga sezilarli ta’sirini ko’rsatdi. McDonald’sning ushbu o’zgarishlarga moslashish uchun qo’llagan strategiyalarini, jumladan raqamli transformatsiya, menyuni soddalashtirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va mahalliy sharoitlarga moslashuvchanlikni tahlilqiladi. COVID-19 pandemiyasi XXI asrning boshlarida global iqtisodiyot va jamiyatga misli ko’rilmagan ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz global ta’minot zanjirlarining uzilishiga, iste’molchilar xatti-harakatlarining keskin o’zgarishiga va biznes yuritishning yangi sharoitlariga olib keldi. Ushbu vaziyat global korporatsiyalar, jumladan McDonald’s uchun ham jiddiy sinov bo’ldi. McDonald’sning turli mamlakatlarda olib borgan siyosati va operatsion amaliyotlaridagi farqlarni ko’rib chiqadi. Pandemiyaning boshlanishi bilan McDonald’sning asosiy maqsadi global siyosatni muvofiqlashtirish va mahalliy hokimiyat organlarining talablariga javob berish o’rtasida muvozanatni saqlashga harakat qildi. Korporativ siyosatning mahalliy sharoitlarga moslashuvi, turli xududlardagi filial egalari bilan munosabatlar va ta’minot zanjirlarining barqarorligini ta’minlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Metod va metodologiya. McDonald’s dunyo bo’ylab 39,000 dan ortiq restoranlarga ega bo’lgan tez ovqatlanish sanoatining yetakchi vakili hisoblanadi. Kompaniyaning global integratsiya darajasi yuqori bo’lib, turli mamlakatlardagi restoranlar o’zaro bog’langan ta’minot zanjirlari, standartlashtirilgan operatsion jarayonlar va global brend strategiyasi asosida faoliyat yuritadi. Biroq, pandemiya McDonald’sni ushbu integratsiya modelining zaif tomonlarini aniqlashga va siyosatni moslashtirishzarurligini ko’rsatdi. Global korporatsiyalarning kelajakdagi inqirozlarga tayyorgarligini oshirish, biznes modelini takomillashtirish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun muhim saboqlarni aniqlash imkoniyatidadir. McDonald’s va boshqa global korporatsiyalarga ta’minot zanjirlarining barqarorligini ta’minlash, xodimlarning xavfsizligini himoya qilish va mijozlarning o’zgaruvchan 155 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI ehtiyojlariga moslashish strategiyalarini ishlab chiqishdayordam berdi. B.David McDonald’s’ni "inqiroz sharoitida tezkor va moslashuvchan yondashuv qila olgan" kompaniya sifatida ta’riflaydi. Uning ta’kidlashicha: "McDonald’s pandemiya davridagi muvaffaqiyatini uning global ta’minot zanjiri samaradorligi, raqamli texnologiyalarga vaqtli investitsiyasi va lokallashtirilgan menejment modellari bilan ta’minladi." Prof. G.Michael "Pandemiya McDonald's’ni raqamli rivojlanishni jadallashtirishga majbur qildi. Mobil ilovalar, onlayn buyurtma platformalari va avtomatlashtirilgan xizmatlar faqat mijozlarga qulaylik emas, balki biznesning barqarorligini ham ta’minladi." Butler Sarah U o‘z maqolalarida McDonald's’ning xalqaro miqyosdagi siyosati haqida yozib, shunday deydi:"Kompaniya har bir mamlakatdagi filiallarini mahalliy qoidalarga moslashtirib, bir vaqtning o‘zida brendning global standartlarini saqlab qolishga erishdi. Bu global va lokal yondashuv muvozanati pandemiyada McDonald’s’ning muhim kuchli jihati bo‘ldi." Prof. Christopher Marquis "McDonald’s pandemiyada ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga e’tiborni kuchaytirdi. Xodimlar
Доказательный фрагмент
«COVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bir paytda, McDonald's korporatsiyasi ham o‘z siyosati va faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ldi.»
Образец извлечения
Демо-превьюCOVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bir paytda, McDonald's korporatsiyasi ham o‘z siyosati va faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- restoran biznesi., moslashuvchanlik, raqamli transformatsiya, McDonald’s, COVID-19, ta’minot zanjiri, siyosat, global integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025