Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BARQAROR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI
BARQARORIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAYASHIL IQTISODIYOTGA · OʻTISHMUAMMOLARI VAIMKONIYATLARI · MUZAFFAROVAKAMOLA ZOYIROVNA · XASANOVA SOFIYAKAMOLIDDINOVNA
Международный научный журнал · 1 · 23-33 · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati haqida, hamda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlarini oshirishva muammolarni bartarafetish chora-tadbirlari keltirib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, “yashil” texnologiyalar, “sof” transport, “Yashil” mezonlar, energiya tejamkorligi, yashil subsidiya, soliqimtiyozlari. Kirish. Yashil iqtisodiyotga oʻtish — bu tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof- muhitni himoya qilish, energiya samaradorligini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modelidir. Bu jarayon insoniyat uchun zarur boʻlgan ekologik barqarorlikni taʼminlash bilan birga iqtisodiy oʻsishning yangi yoʻnalishlarini ochib beradi. Yashil iqtisodiyotga oʻtish, ayniqsa, iqlim oʻzgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va atrof-muhit ifloslanishikabi global muammolarni hal qilishuchun judamuhimdir. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qildi va uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissaboʻyicha — 2030-yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010- yildagi darajadan 10foizgaqisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.[1] Ushbu strategiyaning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiytaraqqiyotga erishishdan iborat, boʻlibhisoblanadi. Adabiyotlar sharhi. “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga bagʻishlangan ilk ilmiy tadqiqotlar XX asrning 70 yillaridan boshlangan. Jumladan, 1972-yilda Stokgolmda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish va ekologiya muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada atrof- muhitnisaqlab qolishva rivojlantirishga qaratilgan 26tatamoyil ishlab chiqildi[2] Iqtisodiy adabiyotlarda “yashil iqtisodiyot” tushunchasi ilk marotaba 1989-yilda [3] qoʻllanilgan. Lekin uning mohiyati hozirga qadar turlicha talqin etiladi. Ayrim anbalarda “yashil iqtisodiyot” mamlakat tabiatini yaxshilashga koʻmaklashuvchi iqtisodiyotning yangi tarmoqlari sifatida tadqiq qilinsa, baʼzi tadqiqotlarda “yashil iqtisodiyot” tabiatga yordam beruvchi va foyda keltiruvchi yangi texnologiyalar, ekotizimlar sifatida oʻrganiladi, uchinchi guruh tadqiqotlarda esa “yashil iqtisodiyot” – bu ekologik toza mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtishhisoblanib, uning asosinisof yoki “yashil”texnologiyalar tashkiletadi deyiladi. [4] “Yashil iqtisodiyot” tushunchasining keng tarqalgan, nisbatan toʻliq taʼrifi UNEP tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, “yashil iqtisodiyot” – bu “insonlar farovonligi va ijtimoiy tengligining yaxshilanishi, ekologik risklar va ekologik taqchillikni sezilarli darajada kamaytirish”ga olib keluvchi iqtisodiyotdir.[5] Muhokama va natijalar. Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonida bir qator muammolar va imkoniyatlar mavjud. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy rivojlanishni tabiatni muhofaza qilish, resurslarni tejash va atrof-muhitga boʻlgan taʼsirni kamaytirishga qaratilgan mode. Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtishidagi asosiy muammolarga quyidagilarni koʻrsatish mumkin : - texnologik infratuzilmani yangilash talablari: Oʻzbekistonda koʻpincha anʼanaviy 147 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI energiya manbalari (gaz, uglerod) ishlatilmoqda. Bu esa yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun zamonaviy tozalik vaenergiya samaradorligi texnologiyalariga investitsiyalarni talab qiladi. - energiya samaradorligini oshirish: Energiya samaradorligini oshirish uchun infratuzilma va tadbirkorlik sohasidagi ishlash tizimi yoki davlat siyosati yangilanishi kerak. Oʻzbekistonda energiya tejashga yoʻnaltirilgan toʻgʻri mexanizmlar vaqonuniy kafolatlar yetarli emas. - qarz va moliyaviy manbalar muammolari: Yashil iqtisodiyotga oʻtish koʻpinicha katta sarmoyalarni talab qiladi. Loyihalarni moliyalashtirish va davlatning moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi masalalari kutilgan darajada emas. - maʼlumotning yoki bilimning yetishmovchiligi: Yashil iqtisodiyotning konsepsiyasi va uning ahamiyati haqida umumiy aholining kam maʼlumotga ega boʻlishi yoki bu sohada bilimning yetishmasligi. Bu, oʻz navbatida, jamiyatda va ishlab chiqarishda oʻzgarishlarni joriy etishda muammolartugʻdiradi. - sanoat va qishloq xoʻjaligidagi taʼlim va malaka yetishmasligi: Yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida mutaxassislar va yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga yoʻnaltirilgan dasturlar zarur. Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish konsepsiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati haqida, hamda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlarini oshirishva muammolarni bartarafet…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati haqida, hamda mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga oʻtish imkoniyatlarini oshirishva muammolarni bartarafet… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Yashil” mezonlar, “yashil” texnologiyalar, energiya tejamkorligi, ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi, soliq imtiyozlari, yashil subsidiya, yashil iqtisodiyot, “sof” transport, barqaror rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025