К содержанию
РецензированоUZ2026

BIZNES SAMARADORLIGINI MARKETINGDAN FOYDALANIB YANADA OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Ergashev ToxirKurbanovich · Zokirov Ulug‘bekInomo‘g‘li

Международный научный журнал · 1 · 131-134 · 2026

Аннотация

Zamonaviy marketing konsepsiyalaridan va integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish, mijozlarga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yishi, raqobat ustunligini mustahkamlashi va barqaror rivojlanishiga erishishi mumkin. Mazkur maqola aynan biznes samaradorligini oshirishda marketingning o‘rni va asosiy yo‘nalishlarini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Marketingni rejalashtirish, biznes samaradorligi, strategik rejalashtirish, marketing tamoyillari, tizimli yondashuv, individual yondashuv, ko‘p variantli faoliyat, dinamiklik, bozortahlili,kompaniya rivojlanish strategiyasi. Kirish. Bugungi raqobatbardosh va tez o‘zgarayotgan biznes muhitida marketing tashkilot faoliyatining ajralmas qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Faoliyatini marketingni rejalashtirishdan boshlamaydigan tashkilotlar bozorda o‘z yo‘nalishini yo‘qotishi, maqsadli auditoriyani aniqlay olmasligi va natijada katta moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Aksincha, marketingni tizimli ravishda rejalashtirgan va uni faol boshqaradigan kompaniyalar bozorda vaziyatni nazorat qila oladi, o‘z mahsulot va xizmatlarini samarali targ‘ib qiladi hamda iqtisodiysamaradorlikni izchiloshirib boradi. Marketingni rejalashtirish bu kompaniya imkoniyatlarini bozor talablariga mos holga keltirishga qaratilgan kompaniyaning bozordagi harakatlarini analiz qilish, ishlab chiqarish va nazorat qilishuzluksiz jarayonidir. Umumiy ma’noda marketing rejasi bu kompaniyaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilishva amalga oshirishyo’lidir. Amaliy jihatdan bu – kompaniyaning bozordagi maqsadlari, erishish yo‘llari va chora- tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjatdir. Marketingni rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki kompaniya menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iboratdir. Marketingni rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar kompaniya o‘z maqsadlariga erishish uchun bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini avvalo tushunishilozim. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida quyidagi gapni ta’kidlaydi: “Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi”. Biznes samaradorligini marketing vositalaridan foydalanish orqali oshirish bugungi global iqtisodiy sharoitda dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Philip Kotler (2021) o‘zining "Marketing Management" asarida kompaniya faoliyatini marketing strategiyasiga asoslagan holda tashkil etish orqali bozorda raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlarini tahlil qilgan. Marketing 5.0 konsepsiyasida (Kotler, Kartajaya, & Setiawan, 2021) texnologiyalar va 123 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI inson ehtiyojlari uyg‘unligi orqali kompaniya qiymatini oshirish va bozorda mustahkam mavqega erishish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Metodlar va metodologiya. Tadqiqotda biznes samaradorligini oshirishda marketing vositalaridan foydalanishning samaradorligini baholash uchun tizimli yondashuv, tahlil va solishtirmametodlardan foydalanildi. Natijalar vatahlil. Marketingni rejalashtirish tamoyillari 1-rasmda1quyidagilardan iborat: 1-rasm. Marketingni rejalashtirish tamoyillari. Tizimli yondashuv kompaniya rejalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejalar majmuasidan iborat tizimni tashkil qiladi. Bu tizimda marketing rejasi asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi va u kompaniyaning umumiy strategik rejalari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqiladi. Har bir kompaniyaning maqsadlari, mahsulotlari va xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lganligi sababli, marketingni rejalashtirishda individual yondashuv talab qilinadi. Ya’ni, har bir kompaniya uchun maxsus va moslashtirilgan marketing rejalari ishlab chiqilishi zarur. Marketingni rejalashtirishda bir emas, bir nechta alternativ variantlar ko‘rib chiqilishi va baholanishi kerak. Shuorqali kompaniya turli bozor sharoitlariga tez moslasha oladi va qiyosiy ustunlikni saqlab qoladi. Marketing rejalari kompaniya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday o‘zgarishlarga tezkor javob berishi kerak. Tashqi va ichki omillardagi o‘zgarishlar aniqlangan zahotirejalarga o‘zgartirishlarkiritilishi vaular real vaqt rejimidamoslashtirilishi lozim. Kompaniya dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning xaridorlari, iste’molchilar uchun qadrli bo‘lgan tomonlari, kompaniya istiqboli haqida ma’lumotlarni oladi. Savdo tashkiloti bunday dasturni doimo diqqat markazida saql

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy marketing konsepsiyalaridan va integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish, mijozlarga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini…»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy marketing konsepsiyalaridan va integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanish, mijozlarga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dinamiklik, Marketingni rejalashtirish, tizimli yondashuv, strategik rejalashtirish, marketing tamoyillari, ko‘p variantli faoliyat, individual yondashuv, kompaniya rivojlanish strategiyasi., bozor tahlili, biznes samaradorligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники