К содержанию
РецензированоUZ2012

Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitishning innovatsion usullari

Qudratov Orzimurod Alijon o’g’li. · Muhiddinov Nuriddin Muhiddinovich · Ilmiy raxbar:Mamayoqubova Shahlo

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2 · 2012

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida to'xtalib o'tiladi. Kalit so'zlar: aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviyinnovatsion metodlar,pantomima. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o'rganishga ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-1875- soni Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang'ich sinfdan boshlab o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta'lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o'tish bosqichma-bosqich boshlandi. So'nggi paytlarda ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko'paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir. Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Uchdan keyin juda kech" kitobida yozganidek: "...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlarma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilinio'rganayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushunchaberishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoqbolani charchatishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirib qo'yishi mumkin.Chunki boshlang'ich sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birgamas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning uchun ham boshlang'ich sinflargaingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardanfoydalanish mumkin: • Ko'rish orqali eslab qolish. Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va kundalikhayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni o'rgatish vao'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table),doska (blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi. • Qo'shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. • To raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan o'yinlarning aksariyatini o'z ichiga oladi. Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi. Natijada o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, tilo'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy 271 mutafakkirlari aytganidek: "Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi". • Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin. Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa orqali cheklanibqolmaydi. • Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida to'xtalib o'tiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida to'xtalib o'tiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviyinnovatsion, zamonaviyinnovatsion metodlar, pantomima
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники