Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM MARKETINGINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASH TA’SIRI: NAZARIY TAHLIL
NAZARIY TAHLIL · Uzaqov JamshidNorboyevich
Международный научный журнал · 1 · 131-134 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada turizm sohasida marketing faoliyatini raqamli transformatsiyalash jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida an’anaviy marketing uslublari o‘rnini innovatsion raqamli yechimlar egallamoqda. Tadqiqotda raqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarining turizm marketingidagi ahamiyati, samaradorligi va ulardan foydalanish mexanizmlari yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya orqali turizm sohasida mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish va bozor raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Maqola turizm marketingining zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar. Turizm marketingi, raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellect, raqamli marketing strategiyalari, mijozlar tajribasi, onlayn platformalar, ijtimoiy tarmoqlar marketing. Kirish. Turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish zamonaviy raqamli yechimlardan keng foydalanish, xizmatlar sifatini yaxshilash va mijozlar ehtiyojlarini yanada aniqroq qondirish imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan, ziyoratchilar va sayyohlar uchun mo‘ljallangan virtual ekskursiyalar, onlayn bron tizimlari, sun’iy intellekt asosida shaxsiylashtirilgan tavsiyalar va raqamli marketing strategiyalari turizm sektorining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi global turizm sanoatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy marketing uslublari o‘z o‘rnini raqamli marketing vositalariga bo‘shatayotgan bir sharoitda, turizm sohasida raqamli transformatsiya nafaqat xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, balki mijoziy ehtiyojlarni aniqroq qondirish, bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkonini ham bermoqda. Raqamli marketing strategiyalari, sun’iy intellekt, Big Data analitikasi, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar orqali turizm tashkilotlari mijozlar bilan bevosita va samarali aloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada turizm marketingini raqamli transformatsiyalash jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ushbu soha rivojiga ko‘rsatayotgan nazariy va amaliy ta’siri o‘rganiladi, mavjud tendensiyalar tahlil qilinadi va istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari yoritib beriladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Turizm marketingi va raqamli transformatsiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalarning turizm industriyasida inqilobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarganini ko‘rsatadi. Xususan, Kotler, Bowen va Makens o‘zining “Marketing for Hospitality and Tourism” asarida raqamli vositalarning turizmda iste’molchilarni jalb qilish va ularning ehtiyojlarini qondirishdagi rolini keng yoritgan. Ular, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va mobil texnologiyalarning marketing strategiyasida markaziy o‘rin tutishinita’kidlaydi.1 Shuningdek, Chaffey (2019) “Digital Marketing” asarida raqamli marketing strategiyalari va platformalarning rivojlanishini tahlil qilgan holda, turizm sohasida raqamli reklama va SEO (Search 1 https://www.pearson.com 91 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI EngineOptimization)imkoniyatlarining ahamiyatigaurg‘uberadi.2 Tadqiqot metodologiyasi. Raqamli transformatsiya sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish omillarini aniqlash va tahlil qilishda tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, monografik bayon, mantiqiy va iqtisodiy-statistik tahlil, modellashtirish, taqqoslash, statistik maʼlumotlarni guruhlash, ekspert baholash, ilmiyabstraksiya va boshqausullardan foydalanilgan. Tahlil va natijalar. So‘nggi yillarda global miqyosda raqamli transformatsiya turizm sohasining rivojlanishida asosiy omilga aylangan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni faol joriy etgan mamlakatlar turizm xizmatlarini takomillashtirish va turistlar tajribasini boyitish orqali xalqaro bozorda o‘z raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Raqamli transformatsiya bugungi davr turizm marketingining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilgari marketing strategiyalari asosan bosma reklama, televideniye, radio va shaxsiy sotish kabi an’anaviy usullarga tayangan bo‘lsa, zamonaviy raqamli davrda marketing faoliyatining asosiy qismi internet va mobil platformalar orqali amalga oshirilmoqda. Natijada, turizm sohasida marketingni zamonaviylashtirish va mijozlar bilan yanada interaktiv aloqalar o‘rnatish imkoniyati sezilarli darajada kengaydi. Turizm marketingida raqamli texnologiyalarning ta’siri bir nechta asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘lmoqda. Avvalo, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalar orqali marketing imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. “Facebook”, “Instagram”, “TikTok” kabi platformalar orqali marketing kompaniyalari turistl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada turizm sohasida marketing faoliyatini raqamli transformatsiyalash jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada turizm sohasida marketing faoliyatini raqamli transformatsiyalash jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli marketing strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlar marketing., sun’iy intellect, raqamli texnologiyalar, Turizm marketingi, raqamli transformatsiya, mijozlar tajribasi, onlayn platformalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025