К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda energiya samaradorligi va resurs tejamkorlik siyosati

Shukurov UlugʻbekShokirovich · Jonimqulov Azamat Adhamjonoʻg’li

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada “Yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish tabiiy resurslardan foyadalanish va an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli o’laroq, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi omillarga asoslanadi. Yashil iqtisodiyot energetika, transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali ekologik toza va samarali ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko‘zlaydi. Bu model nafaqat tabiatni asrash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolar salomatligini yaxshilash va uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikni ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, yashil iqtisodiyot bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar rivojlanish strategiyasining ajralmas qismiga aylangan. Kalit so’zlar. Yashil iqtisodiyot, ekologiya, atrof-muhid, yashil siyosat, yashil partiya, ekotizm Kirish. So‘nggi yillarda ekologiyaning buzilishi (iqlim o‘zgarishi, cho‘llashish, bio xilma- xillikning yo‘qotilishi), tabiiy kapitalning tugab borayotganligi, kambag’allik miqyosining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligi sabablaridir. Global inqirozlarning barchasi ish o‘rinlari qisqarishi, ijtimoiy himoyasizlik va qashshoqlik kabi, ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi dolzarb ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo‘lmas ekologik falokatlar vaatrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zarurligini taqozo etadi. Agar e`tibor beradigan bo‘lsak, jahondagi yetakchi mamlakatlar allaqachon yashil iqtisodiyotga o‘tish ishlarini boshlab yuborganligini ko‘rishimiz mumkin. Ular yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishni o‘rnini bosa olmasligini balki barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchiyo‘l ekanligini allaqachon anglab yetishgan. Metod va metodologiya. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy rivojlanishni modelidir, u ekologik barqarorlik, ijtimoiy tenglik va resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan. Uning asosiy maqsadi – iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va tabiiykapitalni saqlab qolishdir. Zamonaviy dunyoda ekologik muammolar kundan-kunga oshib bormoqda. Tabiat resurslarining cheksiz foydalanishi va ekotizimning buzilishi insoniyat oldida jiddiy xavflarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli „yashil iqtisodiyot (green economy)“ tushunchasi so‘nggi o‘n yilliklarda global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik muammolarning kuchayishi fonida keng tarqalmoqda. „Yashil iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1989-yilda Buyuk Britaniyaning “Blueprint for a Green Economy” (Yashil iqtisodiyot uchun loyiha) nomli hisobotida qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik BMTning Barqaror Rivojlanish bo‘yicha dasturlari doirasida keng ommalashdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) e’tirofiga koʻra, bu iqtisodiyot nafaqat samarali, balki adolatli boʻlishiham zarur, yaʼni global vamamlakat darajasidagi tenglikni tan olishni, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi oʻtishni taʼminlashni nazarda tutadi. UNEP ta’rifiga ko‘ra, yashil iqtisodiyot – “odamlarning 79 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI farovonligini oshiradigan va ijtimoiy tenglikni ta’minlaydigan, shu bilan birga ekologik xavf- xatarlarni vatabiiy resurslarning tanqisligini kamaytiradigan iqtisodiyot” deb ta’riflanadi.[1]. Yashil iqtisodiyot – ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik iqtisodiyot bilan chambarchas bogʻliq, lekin asosan siyosiy termin sifatida foydalaniladi. UNEP 2011-yildagi Yashil Iqtisodiyot hisobotida taʼkidlanishicha, „iqtisodiyot yashil boʻlishi uchun nafaqat samarali, balki adolatli boʻlishi ham kerak. Adolatlilik global va mamlakat darajasidagi tenglik oʻlchovlarini tan olishni, xususan, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi iqtisodiyotga adolatli oʻtishnitaʼminlashni nazarda tutadi“[2]. Koʻpgina sanoat tarmoqlari globallashayotgan iqtisodiyotda yashillashtirish amaliyotini targʻib qilish usuli sifatida ushbu standartlarni qabul qila boshlaydi. Barqarorlik standartlari sifatida ham tanilgan bu standartlar sotib olingan mahsulotlar atrof-muhitga va ularni ishlab chiqaruvchi odamlarga zarar yetkazmasligini kafolatlaydigan maxsus qoidalardir. Ushbu standartlar soni yaqinda oʻsib bordi va endi ular yangi, yanada yashil iqtisodiyotni qurishda yordam berishi mumkin. Ular oʻrmon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, togʻ-kon sanoati yoki baliqchilik kabi iqtisodiy sohalarga eʼtibor qaratadi; suv manbalari va biolog

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada “Yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish tabiiy resurslardan foyadalanish va an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli o’laroq, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada “Yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish tabiiy resurslardan foyadalanish va an’anaviy iqtisodiy yondashuvlardan farqli o’laroq, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yashil partiya, Yashil iqtisodiyot, yashil siyosat, ekotizm, atrof-muhid, ekologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники