Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM SOHASINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING AHAMIYATI
TRANSFORMATSIYANING AHAMIYATI · Uzaqov JamshidNorboyevich · Abduraimov Sh.D.
Международный научный журнал · 1 · 98-102 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalarning — sun’iy intellekt tizimlari, mobil ilovalar, virtual ekskursiyalar va Big Data analitikasi — turizm xizmatlari sifatini oshirishdagi, turistlar oqimini boshqarishdagi va marketing strategiyalarini kuchaytirishdagi ta’siri ilmiyasosda o‘rganildi. Maqolada raqamli platformalar, elektron rezervatsiya tizimlari va smart-turizm texnologiyalarini rivojlantirish orqali O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshligini mustahkamlash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmatlar integratsiyasini ta'minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishdagi strategik roli aniqlab berilgan. Kalit so‘zlar. Raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, turizm sohasining raqobatbardoshligi, smart-turizm, sun’iy intellekt, mobil ilovalar, virtual ekskursiyalar, turizm infratuzilmasi,elektron platformalar. Kirish. Turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish zamonaviy raqamli yechimlardan keng foydalanish, xizmatlar sifatini yaxshilash va mijozlar ehtiyojlarini yanada aniqroq qondirish imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan, ziyoratchilar va sayyohlar uchun mo‘ljallangan virtual ekskursiyalar, onlayn bron tizimlari, sun’iy intellekt asosida shaxsiylashtirilgan tavsiyalar va raqamli marketing strategiyalari turizm sektorining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda turizmni raqamli transformatsiya asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli platformalar yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga mos xizmatlar ko‘rsatish orqali mamlakatning global turizmbozori raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Raqamli transformatsiyaning asosiy tarkibiy qismlarini zamonaviy texnologiyalar majmuasi tashkil etadi. Bularga, avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish tizimlari kiradi. Ushbu texnologiyalar o‘zaro uyg‘un holda ishlash orqali raqamli transformatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi samaradorligini oshiradi hamda yangi raqamli muhitni shakllantiradi. Turizm sohasida raqamli texnologiyalar ziyoratchilarga va sayyohlarga yanada qulay, tezkor va shaxsiylashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlaydi. Virtual ekskursiyalar, onlayn bron tizimlari, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosidagi tavsiyalar tizimi xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirmoqda. Ayniqsa, ziyorat turizmi uchun raqamli innovatsiyalar diniysayyohlikni rivojlantirishdayangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu sababli, turizm sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar ehtiyojlariga tezkor va moslashuvchan javob berish hamda xalqaro raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun zarur vamuhimahamiyat kasb etadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyatiini shakllantirish, rivojlantirish va ulardan foydalanish muammolariga koʻplab fundamental va amaliy tadqiqotlar bagʻishlangan. Raqamli transformatsiya va uning turizm sohasiga ta’siri haqidagi ilmiy tadqiqotlar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan, Brynolfsson va McAfee (2014) o‘zlarining “The Second Machine Age” asarida raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy tizimlarga ta’sirini tahlil qilib, sun’iy intellekt va big 73 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI data asosidaxizmat ko‘rsatishjarayonlari tubdan o‘zgarayotganini ta’kidlaganlar.1 UNWTO (2020) tomonidan e’lon qilingan “Tourism and Digital Transformation” hisobotida esa raqamli innovatsiyalar turizm sohasida xizmatlar sifatini oshirish, marketing samaradorligini kuchaytirish va ziyoratchilartajribasini yaxshilashdagi o‘rni atroflicha yoritilgan. Hisobotdaayniqsa, mobil ilovalar va sun’iy intellekt tizimlari ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratishda hal qiluvchi ahamiyat kasbetishi qayd etilgan.2 Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF, 2022)ning “Digital Transformation of Industries” hisobotida raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali turizmda barqaror o‘sishni ta’minlash omillari – big data tahlili,bulutlixizmatlar va IoT texnologiyalari ko‘rsatib o‘tilgan.3 Adabiyotlar sharhi ko‘rsatadiki, ziyorat turizmini rivojlantirishda raqamli transformatsiyaning asosiy omillari sifatida sun’iy intellekt texnologiyalari, virtual ekskursiyalar, mobil ilovalar va raqamli marketing strategiyalaridan keng foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va boshqaruv tiziminingmoslashuvchanligini oshirish muhimomillarsifat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual ekskursiyalar, Raqamli transformatsiya, turizm infratuzilmasi, mobil ilovalar, raqamli texnologiyalar, elektron platformalar., smart-turizm, sun’iy intellekt, turizm sohasining raqobatbardoshligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014