Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATINI OSHIRSHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Jumanazarov Kodirjon Salayevich
Международный научный журнал · 1 · 131-134 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ziyorat turizmni shakllantirish va rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilganligi hamda mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri asosida ziyorat joylarni obodonlashtirish va turistik makonga aylantirish masalalari keng yaritib berilgan. Shuningdek, eng yaqin, oʻrta uzoq muddatli istiqbolda ziyorat turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosati va ziyorat turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishning asosiy shartlar asoslab berilgan. Kalit so‘zlar. Ziyorat turizmi, salohiyat, samaradorlik, metodologik asoslar, rivojlanish strategiyasi, turizmboshqaruvi, xalqaro tajriba. Kirish. Turizm sohasi jahon iqtisodiy va madaniy aloqalarining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanib bormoqda. Unda ziyorat turizmi alohida o‘rin egallab, insonlarning diniy qadriyatlar va madaniy meros obidalariga bo‘lgan qiziqishi asosida rivojlanadi. Ziyorat turizmi nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, milliy merosni asrab-avaylash va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash kabi dolzarb vazifalarni ham bajaradi. Bugungi kunda ziyorat turizmi salohiyatidan samarali foydalanish va uning natijadorligini oshirish masalalari ilmiy izlanishlar markazida turibdi. Turli mintaqalarda kuzatilayotgan tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur turizm turi uchun maxsus infratuzilmani rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va tizimli boshqaruv yondashuvlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, ziyorat turizmini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning nazariy-metodik asoslarini chuqur o‘rganish, zamonaviy ilmiy qarashlar asosida takomillashtirilgan yondashuvlarishlab chiqish zarurati dolzarb masala sifatidae’tirofetilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashning hozirgi sharoitlarida ziyorat turizm sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, davlat va xususiy biznesning sheriklik mexanizmidan foydalangan holda ziyorat turizm salohiyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muallifning fikricha, turistlarga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subektlar uchun belgilangan sharoitlardan kelib chiqib, ziyorat turizm ehtiyojlarini sifatli va miqdoriy jihatdan qondira oluvchi turli yangi innovatsion yondashuvlarni shakllantirmay va amalga oshirmay, shahar va qishloq joylarda ziyorat turizm salohiyatidan toʻliq foydalanish mumkin emas. Shularni eʼtiborga olganda, mazkur dissertatsiya tadqiqotining dolzarbligi, ayniqsa, respublikamiz ziyorat turizm sektori koronavirus pandemiyasidan soʻng oʻzining yangi rivojlanish bosqichini boshlagan, ziyorat turizm salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlayotgan hozirgi sharoitda shubhasiz, Yangi Oʻzbekistonda ziyorat turizm salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati bilan bogʻliq hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyatiini shakllantirish, rivojlantirish va ulardan foydalanish muammolariga koʻplab fundamental va amaliy tadqiqotlar bagʻishlangan. BMTning Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda ziyorat turizmining global miqyosdagi o‘sish tendensiyalari, diniy yo‘nalishdagi sayohatlarning iqtisodiy ta’siri va barqaror rivojlanish uchun ahamiyati keng 40 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI yoritilgan. UNWTO (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, ziyorat turizmi global turizm oqimining 30 foizidan ortig‘initashkil qilmoqda, buesauningstrategik ahamiyatini tasdiqlaydi.1 S. Raj (2022) o‘zining “Religious Tourism and Pilgrimage Management” nomli asarida ziyorat turizmini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan metodologik yondashuvlar, infratuzilma rivoji va xizmatlar sifati kabi asosiy omillarni tahlil qilgan. U ziyorat joylarining boshqaruv modelisifatida integratsiyalashgan yondashuvni taklifetadi.2 A. Fleischer va A. Felsenstein (2020) tadqiqotlarida esa diniy turizmning mintaqaviy iqtisodiyotga ta’siri, tashrif buyuruvchilarning xatti-harakatlarini modellashtirish va resurslarni samarali boshqarish masalalari o‘rganilgan. Ularning fikricha, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining modernizatsiyasi ziyorat turizmi salohiyatini keskin oshiradi.3 N. Sayfullayev (2023) o‘zining "Ziyorat turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari" ilmiy ishida O‘zbekiston sharoitida ziyorat turizmi salohiyatini baholash va samaradorlik mezonlarini ishlab chiqish metodikasini taklifqilgan.4 Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va boshqaruv tizimining moslashuvchanligini oshirish muhim omillarsifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur ilmiy ishlarn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ziyorat turizmni shakllantirish va rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilganligi hamda mamlakat iqtisodiyotiga…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ziyorat turizmni shakllantirish va rivojlantirishda davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilganligi hamda mamlakat iqtisodiyotiga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ziyorat turizmi, xalqaro tajriba., turizm boshqaruvi, samaradorlik, salohiyat, rivojlanish strategiyasi, metodologik asoslar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026