К содержанию
РецензированоRU2017

О‘ZBEKISTONDA TО‘LOV TIZIMI AMALIYOTIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH IMKONIYATLARI

Narmamatov Ixtiyor Baxtiyorovich

Международный научный журнал · 1 · 23-33 · 2017

Аннотация

Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. Maqolada tо‘lovlar tizimida hisob-kitoblar amaliyotiga nisbatan salbiy ta’siri asoslab berilgan vaushbu ta’sirniyumshatishga qaratilgan ilmiytakliflar ishlab chiqilgan. Kalit sо‘zlar:tijorat banki, tо‘lov topshiriqnomasi, hujjatlashtirilgan akkreditiv, kafolat, chek, kredit, overdraft, tо‘lovlar ketma-ketligi. Kirish. Xalqaro bank amaliyoti tajribalari ko‘rsatadiki, tо‘lovlar tizimi amaliyotidagi eng muhim masalalardan biri bo‘lib, to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. O‘z navbatida, to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash bevosita tijorat banklarining likvidliligiga va to‘lovni amalga oshiruvchi subektning likvidliligiga bog‘liq. Shu sababli, tо‘lovlar tizimi amaliyotiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda tijorat banklarining likvidliligiga baho berish va xo‘jalik yurituvchi subektlarning likvidliligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida tо‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy qilish va tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish mamlakat bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish bо‘yicha belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan biri sifatida e’tirof etilgan [1]. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ta’kidlash joizki, hozirgi global о‘zgarishlar natijasida butun dunyoda xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini keskin zaiflashuviga olib keldi. Bu esa, ularning mahsulotlarni sotishdan va xizmatlar kо‘rsatishdan olinadigan tushumlarining keskin kamayib ketganligi bilan izohlanadi. Metod va metodologia. Ushbu tadqiqotning maqsadi milliy tо‘lov tizimlapining bapqapopligini ta’minlashning metodologik va amaliy acoclapini takomillashtipish, unda zamonaviy iqtisodiy tizimning ahamiyatini tahlil qilish, uni yanada rivojlantirish va shakllantirish yо‘nalishlarini aniqlashdir. Mavzuni ilmiy о‘rganish, statik tahlillar, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida turli xiladabiyotlar vamaqolalar tahlilidan foydalanilgan.[2] Natijalar va taxlillar.Bloomberg nashri baholariga kо‘ra, dunyo bо‘yicha global о‘zgarishlar natijasida kо‘rilgan zararlari miqdori hozirning о‘zida 5 trln. AQSH dollarga yetdi. Jahon savdo tashkilotining ma’lumotlariga bо‘yicha dunyoning savdo hajmi joriy yilda 30 foizga qisqaradi. AQShning Federal zaxira tizimining ma’lum qilishicha, mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi mart oyida 5,4 %ga tushib ketgan, о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga pasaygan, bu1946yil yanvardan keyingi eng kuchli pasayish bо‘lgan [3]. Yuqorida qayd etilgan oqibatlari tо‘lov tizimlari amaliyotiga nisbatan salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki misolida О‘zbekistonRespublikasida, tо‘lov tizimiamaliyotiningamaldagi holatiga baho beramiz. 35 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI 1-jadval О‘zbekiston RespublikasiTashqi iqtisodiy faoliyatMilliybanki orqali naqdpulsiz hisob-kitobshakllari vositasidaamalga oshirilgan tо‘lovlarning tarkibi [4] foizda 2023yil yanvar mart iyun sentabr Tо‘lov topshiriqnomasi 98,90 98,67 99,07 99,31 Tо‘lov talabnomasi 0,31 0,34 0,14 0,24 Inkasso 0,79 0,99 0,79 0,45 Hujjatlashtirilgan akkreditiv 0,0 0,0 0,0 0,0 Jami 100,0 100,0 100,0 100,0 1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz bо‘yicha naqd pulsiz hisob-kitob shakllari orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida tо‘lov topshiriqnomasi mutlaq yuqori salmoqni egallagan. Buning ustiga, 2023 yilning mart- sentabr oylarida tо‘lov tizimishakllari orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida tо‘lov topshiriqnomasining ulushini о‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Mazkur holatlar naqd pulsiz hisob-kitoblar amaliyotini takomillashtirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki, tо‘lov topshiriqnomalaridatо‘lov kafolatlanmagan. 1-jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakat bо‘yicha tо‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tо‘lovlarning umumiy hajmida inkassoning salmog‘i nisbatan kichik bо‘lgan. Holbuki, taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida inkassoning har ikkalashaklidan –hujjatli inkasso vasofinkassodan keng foydalaniladi. Respublikamizda tijorat veksellari muomalasi mavjud bо‘lmaganligi sababli hozircha sof inkassodan foydalanishning ilojiy

Доказательный фрагмент

«Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashuviga olib keldi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi global о‘zgarishlar davrida dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashuviga olib keldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tо‘lov topshiriqnomasi, hujjatlashtirilgan akkreditiv, kafolat, overdraft, chek, tо‘lovlar ketma-ketligi., kredit, tijorat banki
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники