К содержанию
РецензированоUZ2026

TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING ROLI

TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDADAVLAT VAXUSUSIYSEKTOR · Naimova Sh. Gʻ.

Международный научный журнал · 1 · 23-33 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada turizm sohasini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati va ularni samarali tashkil etish mexanizmlari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli orqali infratuzilmani modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash imkoniyatlari yoritilgan. Davlat va biznes subyektlari o‘rtasidagi sheriklik asosida turistik loyihalarni amalga oshirishda qonunchilik, moliyalashtirish va boshqaruv tizimlarini takomillashtirish zaruratini asoslab beradi. Maqolada turizmdagi raqobatbardoshlikni oshirish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgantavsiyalar hamilgarisuriladi. Kalit so‘zlar: Ziyorat turizmi, davlat siyosati, davlat-xususiy sheriklik, infratuzilma, xizmat sifati, xavfsizlik, boshqaruv mexanizmlari, raqamli texnologiyalar, turizm klasterlari, xalqaro tajriba. Kirish. So‘nggi yillarda turizm sohasi global iqtisodiyotda jadal rivojlanayotgan va davlatlar uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadigan strategik yo‘nalishlardan biriga aylangan. Turizm nafaqat iqtisodiy daromad manbai, balki bandlikni oshirish, madaniy almashinuvni rivojlantirish va hududlarning infratuzilmasini yaxshilash omili sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sohada zamonaviy xizmatlarni joriy etish ko‘p hollarda katta hajmdagi investitsiyalar va samarali boshqaruvni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik-davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini tatbiq etish-turizmni rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biri sifatida e’tirofetilmoqda. Davlat-xususiy sheriklik orqali davlat o‘z siyosiy va huquqiy imkoniyatlari asosida sharoit yaratadi, xususiy sektor esa innovatsiyalar, boshqaruv tajribasi va moliyaviy resurslar bilan turizm loyihalarini amalga oshiradi. Bu model orqali turizm sohasi uchun zarur bo‘lgan mehmonxonalar, transport infratuzilmasi, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va yangi turistik yo‘nalishlar yaratish imkoniyatlari kengayadi. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda turizmni, ayniqsa, ziyorat, ekoturizm, sog‘lomlashtirish va madaniy turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Prezident farmonlari va hukumat qarorlarida davlat-xususiy sheriklik asosida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimlarini rivojlantirish belgilab berilgan. Biroq, turizmining rivojlanishi nafaqat iqtisodiy salohiyat bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy-madaniy va ma’naviy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu sohada davlat siyosati samarali tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarini joriy etishni, shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish, xizmat sifatini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash masalalarini hal qilishni talab qiladi. Bunday sharoitda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmining joriy etilishi turizmining salohiyatini oshirishda muhim imkoniyatlar ochadi. DXSh davlat resurslari va xususiy sektorning moliyaviy, innovatsion va boshqaruv imkoniyatlarini birlashtirish orqali sohaning rivojlanishini tezlashitirishi, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni yaxshilashi va xizmat sifatini xalqaro standartlarga moslashtirishi mumkin. Shu bilan birga, DXSh mexanizmi mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish va chekka hududlarda iqtisodiy faollikni oshirishda 24 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI samarali vositasifatidaxizmat qiladi. Maqolaning asosiy maqsadi-turizmi salohiyatini oshirish uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklik asosida samarali amaliy model va aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ushbu mexanizmning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka ta’sirini asoslab berishdan iboratdir. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning turizm sohasida raqobatbardoshlikni oshirish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi strategik yondashuvlarni shakllantirish uchun muhim ilmiyva amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili. Turizm sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ushbu yo‘nalishning madaniy, diniy va iqtisodiy ahamiyatini chuqur ochib beradi. Turizmni rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni va samaradorligi xalqaro miqyosda ko‘plab ilmiy tadqiqot va amaliy tajribalarda keng yoritilgan. Xususan, Saudiya Arabistoni tajribasida davlat- xususiy sheriklik (DXSh) modeli orqali “Saudi Vision 2030” dasturi doirasida diniy va madaniy turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilgani qayd etilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi kuchli hamkorlik investitsiyalarni jalb qilish vaxizmatlar sifatini yaxshilashdaasosiy omil bo‘lmoqda. Turkiya tajribasida esa, turi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada turizm sohasini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati va ularni samarali tashkil etish mexanizmlari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada turizm sohasini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati va ularni samarali tashkil etish mexanizmlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ziyorat turizmi, xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, xalqaro tajriba., davlat siyosati, davlat-xususiy sheriklik, boshqaruv mexanizmlari, infratuzilma, xizmat sifati, turizm klasterlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники