К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘SMIRLIK DAVRIDA SHAXSIY IDENTITET SHAKLLANISHI JARAYONINI PSIXOLOGIK KUZATISH ASOSIDA BAHOLASH, YO‘NALTIRISH VA MUSTAHKAMLASH MEXANIZMLARI

MUSTAHKAMLASH MEXANIZMLARI · Solihonova Barira

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxsiy identitet shakllanishi jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Identitet bu o‘smirning o‘zini anglash, jamiyatdagi o‘rnini belgilash, shaxsiy qadriyatlar, maqsadlar va e’tiqodlar asosida o‘zligini shakllantirish jarayonidir. Tadqiqotda ushbu jarayonni kuzatish, baholash, yo‘naltirish hamda mustahkamlashda maktab psixologining roli, individual va guruhiy psixodiagnostika, kuzatuv, suhbat, testlar kabi usullarning samaradorligi ochib beriladi. Shuningdek, maqolada o‘smirlarning identitet inqirozi, rolga moslashishdagi psixologik to‘siqlar, ijtimoiy-emotsional omillar, oila va maktab muhitining ta’siri tahlil qilinadi. Psixologik kuzatuv natijalariga asoslangan holda shaxsiy identitetni barqaror shakllantirishga qaratilgan yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi mexanizmlar taklif etiladi. Maqola o‘smirlarning sog‘lom psixologik rivojlanishinita’minlashdasamarali amaliy va nazariy asos bo‘laoladi. Kalit so’zlar: O’smirlik, anglash jarayoni, baholash, identitet shakllanishi, ichki barqarorlik, kuzatuv, maktab psixologi, mexanizmlar, moslashuv, o‘zlikni anglash, psixodiagnostika, psixokorreksiya, rivojlantirish, rol identifikatsiyasi, shakllantirish,yo‘naltirish O‘smirlik davri inson hayotida murakkab psixologik o‘zgarishlar bilan ajralib turadigan, o‘zini anglash va ijtimoiy muhitga moslashish ehtiyoji kuchayadigan bosqich hisoblanadi. Bu davrda shaxsiy identitet shakllanishi asosiy rivojlanish vazifasiga aylanadi. Identitet bu shaxsning o‘zini kim deb bilishi, qanday qadriyat va e’tiqodlar asosida hayotga qarash bildirishi hamda ijtimoiy rollarni qabul qilish darajasidir. O‘smirning o‘zini anglashdagi muvaffaqiyatsizliklar identitet inqiroziga olib kelishi mumkin bo‘lib, bu esa kelajakdagi psixologik muammolarning ildiziga aylanadi. Shu bois, maktab psixologi tomonidan o‘smirlik davrida identitet shakllanishini tizimli ravishda kuzatish, tahlil qilish, baholash, yo‘naltirish va mustahkamlash judamuhim hisoblanadi. Psixologik kuzatuvorqali o‘quvchining o‘z-o‘ziga munosabati, ijtimoiy rollarga nisbatan yondashuvi, atrofdagilarning unga bo‘lgan ta’siri, oilaviy va maktab muhitining o‘rni aniqlanadi. Psixodiagnostik metodlar yordamidao‘smirningo‘zini baholash darajasi, o‘ziga ishonch ko‘rsatkichi, emotsional barqarorligi, ijtimoiy identifikatsiya holati aniqlanib, individual yoki guruhiy psixokorreksion mashg‘ulotlarrejalashtiriladi. Yo‘naltiruvchi va mustahkamlovchi mexanizmlar sifatida shaxsiy muloqot, maqsadli treninglar, ijtimoiy rollarni modellashtirish, o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodikalar qo‘llaniladi. Identitet shakllanishi shaxsiy barqarorlik, ijtimoiy moslashuvchanlik va ruhiy sog‘lomlikning poydevori sifatida qaralishi lozim. Mazkur jarayonni psixologik jihatdan kuzatish va boshqarish esa maktab psixologining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, o‘smirlarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlaydi. Psixologik kuzatuvlar asosida shakllantirilgan tavsiyalar o‘smirning individual psixotipini, emotsional reaksiyalarini, 404 o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Ayniqsa, identitet shakllanishida yuzaga keladigan ichki ziddiyatlar, roldagi noaniqliklar, tengdoshlar ta’siri, ota- onalar bilan munosabatlardagi disbalans kabi omillar aniqlangach, ular ustida maqsadli ishlash zarur bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, maktab psixologi har bir o‘quvchining individual rivojlanish Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. trayektoriyasini belgilovchi psixoprofilaktik va psixokorreksion strategiyalarni ishlab chiqishi muhim. Bunda o‘z-o‘zini anglash darajasini chuqurlashtirish, ijtimoiy rol va shaxsiy maqsadlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash, shaxsiy qarorlar qabul qilishga yo‘naltirish, ijtimoiy baho va ichki baho o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Psixopedagogik yondashuvda treninglar, rolli o‘yinlar, emotsional ifoda mashqlari, hayotiy vaziyatlarni modellashtirish orqali o‘smirning ichki resurslarini aniqlash va faollashtirishga alohida e’tiborqaratiladi. Shuningdek, identitet shakllanishida axborot texnologiyalarining ta’siri, virtual muhitda o‘zini namoyon qilish holatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi identifikatsiya jarayonlari ham e’tiborga olinadi. Zero, o‘smirlarning identiteti nafaqat an’anaviy ijtimoiy institutlar orqali, balki raqamli makon vositasida ham shakllanmoqda. Bu esa maktab psixologidan nafaqat klassik yondashuvlar, balki zamonaviy muhitni hisobga olgan kompleks psixologik nazorat va yo‘naltirish mexanizmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Identitet barqarorligi shaxsiy rivojlanishning asosi bo‘lib, uni mustahkamlash uchun tizimli yondashuv, samarali kuzatuv, aniq baholash va amaliy yordam zarurdir. Shu asos

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxsiy identitet shakllanishi jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxsiy identitet shakllanishi jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab psixologi, O’smirlik, anglash jarayoni, shakllantirish, yo‘naltirish, ichki barqarorlik, psixokorreksiya, rol identifikatsiyasi, psixodiagnostika, baholash, kuzatuv, mexanizmlar, o‘zlikni anglash, moslashuv, rivojlantirish, identitet shakllanishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники