Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION O‘QUV MUHITINI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI
MAZMUNI VA MOHIYATI · Mirtojiyev MiroqilG‘olibovich
Научный информационный бюллетень · 8 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy ma’lumotlarberilgan Kalitsoʻzlar:innovatsiya, dars, o‘quvmuhiti,o‘quvchi, maktab direktori, jarayon, faoliyat. Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir. Ularning asosiy turlari: faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra, kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra, o‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra, kelib chiqish manbaiga ko‘ra tashkil etiladi. Avvalambor, yosh avlod ongini yanada yuksaltirish har bir pedagog o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U yosh avlodning dunyoqarashlarini hisobga olgan holda u bilan to‘g‘ri yondashish hamda kasbga bo‘lgan muhabbat, yurtga bo‘lgan mehr tushunchalarini uyg‘unlashtirib, darslarni shu asosda tashkil etishi va shu asosda bilimini yanada takomillashtirishi, rag‘batlantirishi kerak. Hozirgi kunda o‘quvchi yoshlarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bilan bir qatorda ularni kasbga bo‘lgan faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bu tushunchalarni uyg‘unlashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Tobora ulg‘ayib borayotgan yosh avlodning ertangi kunini tariximiz zarvaraqlaridagi milliy qadriyatlarimiz asosida shakllantirish, ularning yurtga nisbatan faxrlanish tuyg‘usini keltirib chiqarishi barchamizga siremas. Shunday ekan buyuk ma’naviyatimiz asoschilaridan bo‘lgan tariximiz, o‘zbek elining dong‘ini dunyoga tanitgan buyuk bobokalonlarimizning vatanimizga qo‘shgan hissasini eslatish hamda biz kimning avlodi ekanligimizni yosh avlodga to‘g‘ri yo‘sinda singdirish vatanimiz kelajagini, uning ertangi kunini belgilab beruvchi yosh avlodimizni yanada o‘ziga bo‘lgan ishonch, ertangi kunga bo‘lgan ishtiyoq ruhida tarbiyalaydi, desak fikrimizning yorqin dalili bo‘lar edi. Innovatsiya, bir tomondan, innovatsiyani amalga oshirish jarayoni emas, balki innovatsiyani muayyan ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir. Innovatsion faoliyat o‘zining to‘liq rivojlanishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ish turlarini o‘z ichiga oladi, ularning umumiyligi real innovatsiyalarning paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda "innovatsion ta’lim" bu o‘z- o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘lgan va uning barcha ishtirokchilarining har tomonlama rivojlanishiuchunsharoit yaratadigan ta’limdir. Quyidagilarinnovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi: -yangi g‘oyalar; 416 -tizimyoki faoliyat yo‘nalishinio‘zgatirishgaqaratilgan aniq maqsadlar; -noan’anaviy yondashuvlar; Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. -odatiy bo‘lmagan tashabbuslar; -ilg‘orish uslublari. Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida turli xil pedagogik yangiliklardan foydalanilmoqda. Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ta’lim ustuvorligi, ta’lim mazmuni va tuzilishi o‘zgarmoqda, yangi standartlar joriy etilmoqda, ta’lim sifatirivojlanishning yangi, yanada yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot kommunikatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishini ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o‘qituvchilar zimmasiga yanada yuksak ma’suliyat va vazifalarni yuklaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etish o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatidan boshlanadi. Chunki o‘qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonining yetakchisi, tashkilotchisi bo‘lib, uning innovatsion madaniyati, tashabbuskorligi, ijodiy faolligi, innovatorlikka b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy ma’lumotlarberilgan Kalitsoʻzlar:innovatsiya, dars, o‘quvm…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy ma’lumotlarberilgan Kalitsoʻzlar:innovatsiya, dars, o‘quvm… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- faoliyat., o‘quvchi, innovatsiya, jarayon, maktab direktori, o‘quv muhiti, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025