Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY ISHDA PROFILAKTIKA VA REABILITATSIYA FAOLIYATINING ILMIY ASOSLAR
IJTIMOIYISHDAPROFILAKTIKA VAREABILITATSIYAFAOLIYATINING ILMIY · KomilovaDilshoda Ulug’bek kizi · Ilmiy rahbar: Rahmatova Hayrihon
Научный информационный бюллетень · 8 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ijtimoiy ish tizimida profilaktika va reabilitatsiya faoliyatining ilmiy asoslari o‘rganiladi. Jamiyatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar, xatar guruhiga mansub bolalar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ish amaliyotida profilaktik yondashuvlar va reabilitatsion dasturlar muhim ahamiyatga ega. Maqolada ushbu faoliyatning nazariy-metodik yondashuvlari, xalqaro tajribalar, milliy qonunchilik asoslari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida samarali ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlari haqida ham so‘z yuritiladi. Tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy xodimlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, xizmat sifativa aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy ish, profilaktika, reabilitatsiya, xizmatlar sifati, innovatsion yondashuv, ijtimoiy himoya, reabilitatsion dastur, sog‘lomlashtirish, xatar guruhi, og‘ir hayotiy vaziyat, ijtimoiy xizmatlar, kasbiy kompetensiya, reabilitatsiya markazi, tizimli yondashuv, yordam strategiyasi. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy muammolarning xilma-xilligi va murakkabligi ijtimoiy ishga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Aholi orasida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz qariyalar, zo‘ravonlik qurbonlari, voyaga yetmagan jinoyatchilar, va boshqa yordamga muhtoj qatlamlar soni ortib borayotgani ijtimoiy xizmatlarning yanada takomillashishini taqozo etadi. Ayniqsa, bu jarayonda ijtimoiy ishda profilaktika vareabilitatsiya faoliyati muhimilmiyva amaliy yo‘nalish sifatidaajralib turadi. Profilaktika faoliyati — bu muammoli holatlarning oldini olish, xavf omillarini kamaytirish va jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni yaratish maqsadida olib boriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Reabilitatsiya esa insonning jismoniy, psixologik va ijtimoiy holatini tiklashga qaratilgan kompleks yondashuvdir. Bugungi kunda har ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi, tizimli va innovatsion asosda tashkil etilishi ijtimoiy soha barqarorligining kafolati sifatida e’tirofetilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xizmatlarni modernizatsiya qilish, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya markazlari faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 2021-yilda qabul qilingan “Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijtimoiy xizmatlarning turi, shakli, ko‘rsatish mezonlari va subyektlarini aniq belgilab berdi. Bu qonun asosida profilaktika va reabilitatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash, ularni 428 jamiyatning barchaqatlamlariga yetkazish borasida ijobiyo‘zgarishlar yuz bermoqda. Ijtimoiy ishda profilaktika ikki bosqichda amalga oshiriladi: birlamchi profilaktika – muammo kelib chiqishidan oldingi bosqichda ishlaydi, ya’ni odamlar muayyan xavf ostiga tushmasligi Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. uchun ijtimoiy-psixologik madaniyatni oshiradi; ikkilamchi va uchlamchi profilaktika esa muammo yuzaga chiqqanidan so‘ng salbiy oqibatlarni kamaytirish va ularning takrorlanishining oldini olishga xizmat qiladi. Bu yondashuvlar ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda chuqur ilmiy asosga egabo‘lishi kerak. Reabilitatsiya faoliyati esa insonning normal ijtimoiy hayotga qaytishini ta’minlash uchun sog‘lomlashtirish, psixologik yordam, kasbiy tayyorlov, ijtimoiy muhitga moslashtirish kabi kompleks xizmatlarni qamrab oladi. Bugungi kunda respublikamizda “Mehribonlik uylari”, “Reabilitatsiya markazlari”, “Ijtimoiy moslashtirish xizmatlari” orqali minglab insonlar hayotga qaytmoqda. Shu bilan birga, bu tizimda hamon muammolar – kadrlar yetishmovchiligi, moliyalashtirish kamligi, xizmatlarning sifati vamonitoringmexanizmlarining zaifligi mavjud. Ilmiy asoslangan ijtimoiy ish jarayonida innovatsion yondashuvlar, xususan, raqamli platformalardan foydalanish, masofaviy maslahat va tahlil xizmatlari, sun’iy intellekt asosidagi ehtiyojni baholash tizimlari joriy etilishi kerak. Bu esa xizmatlarning tezkorligi, aniqligi va manzilliligini ta’minlaydi. Shuningdek, xalqaro tajribada keng qo‘llanilayotgan “case management”, “community-based rehabilitation”, “participatory planning” kabi metodlar O‘zbekistonda ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ularning mahalliy sharoitga moslashtirilgan modeli nafaqat xizmat sifati, balki ijtimoiy adolat, inklyuzivlik va barqarorlikni ham ta’minlaydi. Ushbu maqolada aynan ijtimoiy ishda profilaktika va reabilitatsiya faoliyatining nazariy asoslari, ularning zamonaviy metodologiyasi, amaliy yondashuvlari va taklif etilayotgan innovatsion modellar tahlil qilinadi. Maqsad — mavjud tizimdagi muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatish hamda ijtimoiy xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy kompetensiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ijtimoiy ish tizimida profilaktika va reabilitatsiya faoliyatining ilmiy asoslari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ijtimoiy ish tizimida profilaktika va reabilitatsiya faoliyatining ilmiy asoslari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion yondashuv, ijtimoiy xizmatlar, tizimli yondashuv, og‘ir hayotiy vaziyat, reabilitatsiya markazi, yordam strategiyasi., reabilitatsiya, profilaktika, xatar guruhi, Ijtimoiy ish, ijtimoiy himoya, kasbiy kompetensiya, sog‘lomlashtirish, xizmatlar sifati, reabilitatsion dastur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026