Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“GUL VA NAVROʻZ” DOSTONIDA PEYZAJNING OʻRNI VA AHAMIYATI
U.K.Sanaqulov (filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori SamDU Urgut filiali oʻqituvchisi)
Научный информационный бюллетень · 8 · 2025
Аннотация
this article is about the epic “Gul and Navroz”, the masterpiece of Turkish-Uzbek literature and written epics, and it talks about the role and function of landscape, the main tool of epic art. “In the epic Gul and Navroz”, the character, spirit and spiritual image of the heroes are deepened through this tool. The author also makes good use of landscape in revealing the content and idea oftheepic. Key words: “Gul and Navroz”, artistic image, landscape, portrait, artistic skills, love, bravery, courage, friendship of peoples. KIRISH. XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Маvlono Haydar Xorazmiy turkiy-oʻzbek adabiyotida masnaviy dostonlar yaratish an’anasini boshlab bergan ijodkorlardan sanaladi. Uning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan ul-asror”) (Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si ta’sirida yozgan) hamda ishqiy-romantik mavzudagi “Gul va Navroʻz” dostonlari oʻz davri masnaviynavisligining eng sara namunalaridan hisoblanadi. Shoir ijodida “Gul va Navroʻz”dostoni alohidaoʻrin tutadi. MATERIALLARVA USLUBLAR. Ma’lumki,Navroʻzva Gul haqidagi qissalar genezisi uzoq 281 tarixga ega boʻlib, dastlab xalq ogʻzaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda dostonlar shaklida namoyon boʻldi. Qadimgi Sharq adabiyotida Navroʻz nomi bilan bogʻlangan talaygina. Xususan, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navroʻz” dostoni fors-tojik adabiyotida Xoju Kirmoniy hamda Jalol Tabib tomonidan yaratilgan shu nomdagi dostonlardan keyin yaratilgan boʻlib, Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. mutaxassislarning fikricha, Jalol Tabibning ayni shu mavzudagi dostoniga yaqin. Biroq doston oʻziga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan originallikkaega. NATIJALARVA MUHOKAMALAR. Haydar Xorazmiyning “Gul va Navroʻz”dostoni usbhu mavzuda turkiy tilda yozilgan nodir asar boʻlib, doston chuqur gʻoyaviy mazmun va oʻziga xos badiiy poetik tomoni bilan ajralib turadi. Asosiy xususiyatlarning biri dostonning keng doirada peyzaj vositasiga qurilganligidir. Muallif asar sarlavhasidan (“Gul va Navroʻz”) kelib chiqib dostonga ijodiy yondoshadi, asarga mos qahramonlarni tanlaydi. Jumladan, Farrux, Savsan, Mushkin, Javhar kabi ijobiy; Bahman, shayx Najdiy, Yaldo kabi salbiy qahramonlar shular jumlasidandir. Dostonda qahramonlarning orzusi, quvonch-shodligi, gʻam-hasrati, ichki dunyosi va ma’naviy qiyofasi peyzaj vositasida yanada yorqinlashadi. Masalan, asar qahramoni Navroʻzning tugʻilishiga e’tibor beraylik: Navshod oʻlkasining keksa podshohi Farrux bir oʻgʻilga orzumand edi (hukmdor Farrux ismining “goʻzal, baxtli, muborak, qutlugʻ yuzli” kabi ma’nolarni anglatishida ham ramziy ma’no bor). Uning eng katta orzusiga erishishi tabiatda yuz bergan fasl oʻzgarish bilan hamohanglik kasb etadi. Farzandning tugʻilishini shoir quyidagicha tasvirlaydi: Oʻshul choqtaki olamboʻldi xurram, Sabourdidami Isoyi Maryam. Chamanlarboʻldi jannatdinnamudor, Ochildi,gul, sochildi mushki totor. Yangiyilning boshindaroʻzinavroʻz, Sadafdinchiqti bir durrishabafroʻz. Bola Navroʻz kuni tugʻilganligi uchun unga Navroʻz deb ism qoʻyishadi. Sir emaski, Navroʻz Sharq xalqlarining qadimiy, an’anaviy milliy bayrami. Shoir har bir holatga mos tabiat manzarasini tanlaydi va oʻz qahramonining portretini chizadi, kayfiyatini yaratadi, kitobxonni asarning ruhiga olib kiradi. Xususan, asar qahramoni Gul tasvirida uni goʻzal vatani - Farxor (“orasta, chiroyli vashinam joy”) oʻlkasi tabiatiga mos ravisha tasvirlaydi: BoʻlibFarxor jannatdinnamudor, Bihishtiadnteksahrou gulzor. Havo Iso damitek ruhparvar, Yogʻochlar toʻbiyu oqar suvkavsar. Chamanlarichra qushlarning safiri, 282 Yogʻochlar uchi gullarningsariri. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Shuningdek, dostonda Navshod, Adan va Yaman mamlakatlariga ham e’tibor qaratiladi. Shoir bir oʻrinda har birining oʻzgacha tabiat manzaralarini tasvirlab beradi. Taniqli olim Izzat Sulton toʻgʻri ta’kidlaganidek, “tabiat tasvirlari sujetning tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, asarning gʻoyaviy-estetik quvvatini oshiradi. Badiiy asarning hodisalari va koʻrinishlari sujetning rivojini tezlatuvchi yoki sekinlatuvchi faktor sifatida ham tasvirlanshi mumkin... Аmmo tabiat manzaralaridan qahramonlarning ruhiy holatini ochib berish uchun foydalanish badiiy asarda eng koʻp uchraydigan hodisadir1”. “Gul va Navroʻz” dostonida shoir qahramonlarning ruhiy holatini yoritishda tabiat hodisalaridan ustalik bilan foydalanadi. Jumladan, Chin elchilarining Gulni Xoqon huzurigaolib ketishda tongtasvirining berilishiqahramon ruhiyatiga mos tushadi: Chubodi subh bunyod etti parvoz, Qaro quzgʻunhazimat qildiogʻoz. Falakdin mehri anvor boʻlditol
Доказательный фрагмент
«this article is about the epic “Gul and Navroz”, the masterpiece of Turkish-Uzbek literature and written epics, and it talks about the role and function of landscape, the main tool of epic art.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article is about the epic “Gul and Navroz”, the masterpiece of Turkish-Uzbek literature and written epics, and it talks about the role and function of landscape, the main tool of epic art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Gul and Navroz”, artistic image, landscape, portrait, artistic skills, love, bravery, portret, badiiy mahorat, xalqlar doʻstligi., peyzaj, mardlik, “Gul va Navroʻz”, sevgi, jasorat, badiiy tasvir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025