К содержанию
РецензированоRU2025

O‘QUVCHILAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI O‘RGANISHDA J.RAVENNING "PROGRESSIV MATRITSALAR" TAHLILI

TurakulovaMarjona Shokosimova · NamazovFarrux Jumayevic

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Shaxs intellektining rivojlanishi bir tomondan fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchining individual va intеllеktual rivojlanishi hamda ta'lim-tarbiya muhiti bilan bеvosita bog‘liqdir. Bu borada, pеdagoglar va psixologlarning muhim vazifasi o‘quvchilar intellektual salohiyatini oshirsh va ularni barqaror rivojlantirishga yordam berishdan iborat. O‘smir bolalar intellektual va ijodiy rivojlanishi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan bu mavzudagi ilmiy ishlar dolzarbdir. Biz magistrlik sissertatsiya ishimizda J. Ravenning "Progressiv matritsalar" metodikasi tanladik va tahlilini 1-guruh misolida ko`rib chiqamiz. J. Ravenning "Progressiv matritsalar" metodikasi — bu o‘quvchilarning intellektual salohiyatini o‘rganish va baholashda keng qo‘llaniladigan psixologik test bo‘lib, u IQ (intellekt koeffitsienti) darajasini aniqlashga xizmat qiladi Kalitso‘zlar: o‘quvchilarda IQ, intellekt, ta`lim-tarbiya, rivojlanish, aqliy salohiyat Mazkur metodika birinchi marotaba 1938-yilda ingliz psixologi John Raven tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda dunyo bo‘yicha ishonchli va universal intellekt testlaridan biri hisoblanadi. Ushbu metodikaning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, muammoli vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish, mantiqiy tafakkur, naqshlarni tanib olish va murakkab axborotlarni qayta ishlash qobiliyatlarini baholashdir. Testda ishtirokchilar geometrik shakllar ketma-ketligida bo‘sh qoldirilgan joyni to‘g‘ri variant bilan to‘ldirishlari kerak bo‘ladi. Bu esa bolaning vizual-mantiqiy tafakkuri va muammoli vaziyatlarga munosabatini aniqlash imkoniniberadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham J. Ravenning bu usuli iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni alohida dasturlar asosida tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. IQ darajasi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash orqali ularning qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda rivojlanishini ta’minlash mumkin. Bu esa yurtimizda intellektual salohiyatli, zamonaviy muammolarni hal eta oladigan yoshlarni voyaga yetkazish, iste’dodli avlodni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, Raven testlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan "Yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirish" konsepsiyasiga hamohang holda ishlatilmoqda. Bu metodikani keng tatbiq etish orqali yurtimizda iste’dodli o‘quvchilar sonini ko‘paytirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash mumkin. 298 J. Raven tomonidan ishlab chiqilgan “Progressiv matritsalar” metodikasi bugungi kunda o‘quvchilarning intellektual darajasini aniqlashda eng samarali usullardan biri sifatida tan olingan. Bu metodika, ayniqsa, IQ (intellekt koeffitsienti) darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, tafakkur salohiyati, mantiqiy fikrlash, analiz va sintez qilish qobiliyatlarini baholaydi. Raven Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. testlari tilga, madaniyatga vaijtimoiy holatga bog‘liq bo‘lmagan universal testlar hisoblanadi. Bu jihatibilan ular turliijtimoiy qatlamdagi o‘quvchilar orasida adolatli baholashni ta’minlaydi. Mazkur metodika ayniqsa iqtidorli maktab o‘quvchilari bilan ishlashda katta ahamiyat kasb etadi. Iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Raven testlari orqali oddiy maktab o‘quvchilari va ixtisoslashtirilgan maktab (masalan, Prezident maktablari, ijod va sport maktablari) o‘quvchilari orasidagi tafakkur darajasidagi farqlar aniq namoyon bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari odatda murakkab mantiqiy masalalarni hal qilishda faolroq, algoritmik fikrlashga moyilroq bo‘lib, Raven testlarida yuqori natijalar ko‘rsatadi. Bu ularning o‘qish jarayonida yuqori intellektual muhitdarivojlanayotgani bilan bog‘liq. Oddiy maktab o‘quvchilari orasida ham alohida salohiyatga ega yoshlar mavjud, ammo ular ko‘pincha vaqtida aniqlanmaydi. Shu nuqtayi nazardan, Raven metodikasini umumta’lim maktablarida muntazam qo‘llash orqali yashirin iqtidor egalari aniqlanishi va kerakli rivojlantiruvchi chora-tadbirlar ko‘rilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston ta’lim tizimida iqtidorli o‘quvchilar sonini ko‘paytirish, ularni jamiyatga foydali kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Hozir esa siz bilan 1-guruh ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridan olingan tahlil natijalarini ko‘rib chiqamiz. Tadqiqotimizning 1-guruhi dissertatsiya ishimizda belgilangan Ixtisoslashtirilgan maktab (keying o’rinlarda IM ) o‘quvchilari hisoblanib, bunda 38 nafar sinaluvchi ishtirok etgan, shundan 19 nafari qizlar ( 50%), 19 (50%) nafari yigitlarni tashkil qiladi. Tadqiqotimizda biz J.Ravenning "Progressiv matritsalar" testini.oldik.Bundankoʻzlangan

Доказательный фрагмент

«Shaxs intellektining rivojlanishi bir tomondan fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchining individual va intеllеktual rivojlanishi hamda ta'lim-tarbiya muhiti bi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Shaxs intellektining rivojlanishi bir tomondan fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchining individual va intеllеktual rivojlanishi hamda ta'lim-tarbiya muhiti bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, aqliy salohiyat, o‘quvchilarda IQ, ta`lim-tarbiya, intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники