К содержанию
РецензированоUZ2025

FIXTOVANIE ORQALI MUSOBAQA JADVALINI OPTIMALLASHTIRISH: SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

FIXTOVANIEORQALI MUSOBAQAJADVALINI OPTIMALLASHTIRISH:SUN’IY · INTELLEKT VARAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada sport musobaqalarini tashkil etishda fixtovanie (jadval tuzish) jarayonining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida optimallashtirilishi yoritilgan. Yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan algoritmlar yordamida adolatli, samarali va murakkab cheklovlarga mos keluvchi jadval tuzish imkoniyatlari tahlilqilinadi. Kalit so‘zlar: fixtovanie, sun’iy intellekt, optimallashtirish, sport musobaqasi, algoritm, raqamli texnologiyalar. Kirish. O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini barpo etish va ijtimoiy hayotni yanada takomillashtirish jarayonida jismoniy madaniyat va sport sohalarining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa ushbu sohalarning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va ularga tayangan holda samarali boshqaruv tizimlarini yaratishni dolzarb vazifalardan biriga aylantiradi. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishda tizimli yondashuv muhim omil hisoblanadi. Tizim deganda — faoliyatning izchil tashkil etilishi, tarkibiy qismlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlik, ketma-ketlik va ierarxik tuzilma doirasida yuqori va quyi bosqichlar o‘rtasida axborot va ko‘rsatmalar almashinuvi nazarda tutiladi. Bunday tashkil etilgan faoliyat turli bosqichlarda o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda birbutun komplekstizimni hosilqiladi. Boshqaruv tizimlari esa — davlat, nodavlat va turli jamoaviy tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan idoraviy tuzilmalarning faoliyatini uyg‘unlashtirish va samarali boshqarishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu jarayonda tashkilotlarning maqsadlari, resurslari va vakolatlari yagona strategik yo‘nalishda birlashtiriladi. Ayniqsa, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqaruv tizimlari ijtimoiy talablar va milliy qadriyatlar asosida shakllanib, aholining jismoniy sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lishizarur. Shunday qilib, jismoniy madaniyat va sport sohalarida tizimli va ilmiy asoslangan boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish — nafaqat sportchilarning yuksak yutuqlarga erishishini ta'minlaydi, balki sog‘lom va faollikka intilgan jamiyatni barpo etishda muhim ijtimoiy vositaga ham aylanadi. Fixtovanie — bu sport musobaqalarining qatnashuvchilariga qarshi o‘ynaydigan raqiblarni va o‘yin vaqti/joyini aniq belgilovchi rejalashtirish jarayonidir. An’anaviy usullar inson faktori va vaqt cheklovlari tufayli kamchiliklarga ega. Hozirgi raqamli transformatsiya davrida bu 351 jarayonni sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish dolzarb ahamiyat kasbetmoqda. Fixtovaniejarayonida quyidagi muammolaruchraydi: Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar.  O‘yinchilar soniko‘paygan sari kombinatsiyalar soni ortadi;  Adolatliraqib taqsimotivadam olish kunlari inobatga olinishikerak;  Stadion,murabbiy, tomoshabinlar, televidenieuchun mos vaqt belgilanishi kerak;  Cheklovlivaziyatlarda murakkab qaror qabul qilish lozim bo‘ladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ilg‘or matematik modellar va sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish zarur[1]. Bundan tashqari, sport sohasida trenerning o‘quv-tarbiyaviy vazifalari nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular sportchilarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirishda asosiy o‘rinni egallaydi. Trenerning asosiy vazifalaridan biri — shug‘ullanuvchilarga sport kurashi bo‘yicha texnik va taktik harakatlarni puxta o‘rgatishdir. Bu jarayonda u nafaqat jismoniy sifatlarni, balki axloqiy-irodaviy fazilatlarni ham rivojlantiradi, natijada jamiyat uchun foydali, barkamol insontarbiyalanadi. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun trener bir qator pedagogik va metodik malakalarga ega bo‘lishi kerak. Jumladan, u mashqlarni oddiy, tushunarli va lo‘nda tarzda tushuntira olishi, texnik harakatlarni o‘zining namunasida ko‘rsatib bera olishi zarur. Bundan tashqari, texnik harakatlardagi xatolarni aniqlay olish, ularning sabablari va yuzaga kelish omillarini tahlil qilish, mashqlarni kuzatish uchun qulay joy tanlash, bajarilayotgan texnik harakatni tahlil qilib, uni o‘quvchilar bilan muhokamaqilishkabi ko‘nikmalargaega bo‘lishi shart. Shuningdek, trener har bir usul uchun tayyorgarlik harakatlarini, asosiy va yakunlovchi bosqichlarini to‘g‘ri tashkil etib, mashq davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ushlash usullarini to‘g‘ri tanlay bilishi lozim. U mashg‘ulotlarda sportchilarning individual xususiyatlarini inobatga olib, jismoniy yuklamalarni me'yorlashtirishi, vosita va usullarni tabaqalashtirib qo‘llay olishi zarur. Trenerning bu boradagi yondashuvi sportchilarning jismoniy, psixologik vaaxloqiy rivojlanishidamuhimrol o‘ynaydi. Trener, shuningdek, sportchilarning tayyorgarlik darajasini maqsadli boshqarish uchun quyidagi bilimvako‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur: Sportchilar to‘g‘risida, ularning yashash, shug‘ullani

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sport musobaqalarini tashkil etishda fixtovanie (jadval tuzish) jarayonining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida optimallashtirilishi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sport musobaqalarini tashkil etishda fixtovanie (jadval tuzish) jarayonining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida optimallashtirilishi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fixtovanie, optimallashtirish, raqamli texnologiyalar., sun’iy intellekt, algoritm, sport musobaqasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники