К содержанию
РецензированоUZ2025

3,4-DIGIDROKSI-5-NITROBENZALDEGID — KUCHLI KSANTIN OKSIDAZA INGIBITORI: GIPERURIKEMIYA VA PODAGRANI DAVOLASHDA ISTIQBOLLI TERAPEVTIK VOSITA

-DIGIDROKSI--NITROBENZALDEGID—KUCHLI KSANTIN OKSIDAZA · INGIBITORI:GIPERURIKEMIYA VAPODAGRANI DAVOLASHDAISTIQBOLLI · TERAPEVTIK VOSITA · BekmurodovaMalika Ruzimurodqizi · Pardayeva Azizabonu Ulugʻbek qizi · Ilmiyrahbar: ToirovDostonRustamovich

Научный информационный бюллетень · 8 · 318–328 · 2025

Аннотация

Giperyurikemiya — qonda siydik kislotasi miqdorining ortishi — podagra kasalligiga sabab bo‘ladigan klinik muammo bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omili sifatida qaraladi. Ksantin oksidaza (KO) fermenti purinlar almashinuvi jarayonida siydik kislotasini hosil qiladi, shuning uchun yangi KO ingibitorlarini kashf etish giperurikemiya va podagrani davolashda samarali terapiya ishlab chiqish uchun muhim strategiya hisoblanadi. Ilmiy izlanishlardan shu ma’lim bo’ldiki 3,4-digidroksi-5-nitrobenzaldegid (DGNB) moddasi — tabiiy birikma boʻlgan protokatexein aldegidining hosilasi — KO faolligini kuchli tarzda ingibitsiya qilishini aniqlaniladi; uning IC₅₀ qiymati 3 μM ni tashkil etdi. DGNB KO faolligini ma'lum vaqt mobaynida susaytirdi, bu jihatdan u klinik amaliyotda ishlatiladigan KO ingibitori allopurinolga oʻxshash edi. DGNB KO fermentiga nisbatan kuchli aralash tipdagi ingibitsiyalovchi ta’sir ko‘rsatdi va past konsentratsiyada allopurinol bilan birgalikda additiv ta’sir ko’rsayadi. DGNB moddasining strukturaviy-faollik bogʻliqligi boʻyicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, KO ingibitsiyasi uchun uning aldegid guruhi, katexol guruhi va 5- nitro-guruh mavjudligi muhim ahamiyatga ega. DGNB KO fermentining molibden markazi bilan o‘zaro ta’sirlashadi va sekinlik bilan karboksilik kislota shakliga aylanadi, aylanish tezligi 10⁻¹⁰ mol/L/s ni tashkil etadi. Bundan tashqari, DGNB erkin radikal DPPH va reaktiv kislorod turlari (ROS), jumladan ONOO⁻ va HOCl ni bevosita neytrallaydi. DGNB allantoksanamid bilan chaqirilgan giperurikemiyali sichqonlarda zardobdagi siydik kislotasi miqdorini samarali kamaytirdi. Bundan tashqari, katta doza (500 mg/kg) DGNB qabul qilgan sichqonlarda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi, holbuki allopurinol bilan davolangan sichqonlarning 42 foizi nobud bo‘lgan va ularning naslida soch to‘kilishi qayd etilgan. Shunday qilib, DGNB yuqori faollik, past toksiklik, antioksidant xususiyatlar va allopurinoldan farqli kimyoviy tuzilishgaega boʻlgan yangi avlod KOingibitori sifatida istiqbollinomzod bo‘lishimumkin. 202 KALIT SO‘ZLAR: Ksantin oksidaza, 3,4-digidroksi-5-nitrobenzaldegid, allopurinol, siydik kislotasi,giperurikemiya,febuksostat,protokatexein aldegid,katexol birikmasi Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. KIRISH: Siydik kislotasi purin katabolizmi natijasida hosil bo‘ladigan mahsulot bo‘lib, u organizmdan siydik orqali chiqariladi. Odam organizmida siydik kislotasining ortiqcha ishlab chiqilishi yoki uning buyrak orqali yetarlicha chiqarilmasligi giperurikemiya va podagraga olib keladi. Bu holat siydik kislotasining kristallari bo‘g‘imlar va ularni o‘rab turgan to‘qimalarda to‘planib qolishi bilan yuzaga keladi. Ko‘pchilik boshqa sut emizuvchilardan farqli ravishda, insonlarda urikaza fermenti mavjud emas. Bu ferment siydik kislotasini oson eruvchan bo‘lgan allantoin moddasiga aylantiradi. Podagra rivojlangan mamlakatlardagi kattalar aholisining 1–2 foizida uchraydi va erkaklarda eng keng tarqalgan yallig‘lanishli artrit hisoblanadi. Bundan tashqari, giperurikemiya va podagra gipertenziya, qandli diabet, metabolik sindrom, shuningdek, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali kasalliklar bilan ham kechadi. Ksantin oksidaza(KO) —bumolibden flavoprotein bo‘lgan ksantin oksidoreduktaza (KOR)ning bir shakli bo‘lib, purin almashinuvining yakuniy bosqichida muhim rol o‘ynaydi .KO dastlab gipoksantinni ksantinga, so‘ng ksantinni siydik kislotasiga oksidlaydi. Siydik kislotasining ortiqcha ishlab chiqilishi giperurikemiyaning asosiy sababi bo‘lgani bois, KO ushbu holatni davolash uchun eng istiqbolli maqsad hisoblanadi. Hozirda allopurinol va febuksostat kabi dorilar KO faoliyatini bostirish orqali qon zardobidagi siydik kislotasi darajasini pasaytirish uchun qo‘llaniladi. Allopurinol podagraning surunkali shaklini davolashda eng ko‘p ishlatiladigan vosita bo‘lib, u 40 yildan ortiq klinik amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda. Biroq, bu preparatga nisbatan yuqori sezuvchanlik, nojo‘ya ta’sirlar yoki konservativ davo yordam bermagan holatlarida allopurinolni qo‘llash mumkin emas. Kamdan-kam uchrasa-da, allopurinol hayot uchun xavfli bo‘lgan gipersensitivlik sindromini chaqirishi mumkin.Bu holat isitma, terida toshmalar, eozinofiliya, gepatit va buyrak toksikligi bilan kechadi va o‘lim holati 20% gacha yetadi. Yana bir bor podagrani davolash uchun ishlatiladigan modda-febuksostat nopurinli KO ingibitori Yevropa Ittifoqi va AQSHda podagrani davolash uchun tasdiqlangan. Biroq, febuksostat bilan bog‘liq ko‘plab nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan . Har ikki dori — allopurinol va febuksostat belgilarisiz giperurikemiyani davolash uchun tavsiya etilmaydi, chunki ularning bir nechta salbiy ta’sirlari sanaladi. Bundan tashqari, so‘nggi

Доказательный фрагмент

«Giperyurikemiya — qonda siydik kislotasi miqdorining ortishi — podagra kasalligiga sabab bo‘ladigan klinik muammo bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omili sifatida qaraladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Giperyurikemiya — qonda siydik kislotasi miqdorining ortishi — podagra kasalligiga sabab bo‘ladigan klinik muammo bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun asosiy xavf omili sifatida qaraladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
katexol birikmasi, giperurikemiya, Ksantin oksidaza, 3, 4-digidroksi-5-nitrobenzaldegid, protokatexein aldegid, allopurinol, siydik kislotasi, febuksostat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти