К содержанию
РецензированоUZ2025

TA'LIM-TARBIYAGA OID LEKSIMALARNING O'ZBEK BADIIY ASARLARIDA ISHLATILISH O'RNI

TA'LIM-TARBIYAGA OIDLEKSIMALARNING O'ZBEKBADIIYASARLARIDA · ISHLATILISH O'RNI · Zokirova ElinuraJasurovna

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek badiiy adabiyotlarida ta’lim-tarbiyaga oid leksik birliklarning ishlatilish holati tahlil qilinadi. Asarlar tahlili orqali pedagogik, tarbiyaviy va ma’rifiy mazmundagi so‘zlarning mualliflar tomonidan qanday maqsad va uslubda qo‘llangani, ularning obrazlar, g‘oyalar va milliy tafakkur shakllanishidagi roli yoritiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bunday leksik birliklar o‘zbek yozuvchilarining didaktik niyatlarini ifodalashda, ijtimoiy tanqidni amalga oshirishda va axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgani aniqlanadi. Kalitso‘zlar: ta’limleksikasi, tarbiya, badiiy asar, semantika, kontekst,ma’naviy-ma’rifiy g‘oya Adabiyot millatning ma’naviy va axloqiy ko‘zgusidir. Xalq tafakkuri, qadriyati, hayotga munosabati eng avvalo uning badiiy ijod mahsullarida o‘z aksini topadi. Xususan, o‘zbek badiiy adabiyotida ta’lim-tarbiya mavzusi doimo yetakchi mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, Pirimqul Qodirov kabi ijodkorlar o‘z asarlarida insontarbiyasi, ilmlilik,axloqvavatanparvarlikni asosiy g‘oya sifatidailgari surganlar. Bunday g‘oyalarni ifodalashda ta’lim-tarbiyaga oid leksik birliklarning badiiy matndagi roli nihoyatda muhim. Ushbu maqolada o‘zbek badiiy asarlarida ishlatilgan “tarbiya”, “ma’rifat”, “ilm”, “ustoz”, “axloq”, “ta’lim”, “sabr”, “adolat”, “insonparvarlik” kabi semantik jihatdan ta’limiymazmunga egabo‘lganleksik birliklarkontekstual tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya leksikasi o‘zbek xalqining ijtimoiy-madaniy hayotida doimo muhim o‘rin tutgan. Bu so‘zlar faqatgina til birliklari sifatida emas, balki xalqning tarbiyaviy qarashlarini, axloqiy normalarini, ma’naviy qadriyatlarini ifodalovchi vosita sifatida shakllangan. Ayniqsa, badiiy adabiyotda bu leksik birliklar asar g‘oyasini ochishda, obrazlar xarakterini yaratishda, ijtimoiy illatlaryoki ijobiy holatlarni tanqidiy yoritishda muhimrol o‘ynaydi. Adabiy matnda “ilm”, “odamiylik”, “sadoqat”, “ustoz”, “odoblilik” kabi so‘zlarning ishlatilishi nafaqat mazmunni kuchaytiradi, balki o‘quvchining ongiga chuqur ma’naviy taassurot qoldiradi. Aynan shunday so‘zlar orqali muallif jamiyatga murojaat qiladi, tarbiyaviy, didaktik va milliy ruhda ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, bu leksik birliklarning ishlatilish tahlili o‘zbek adabiyotining ma’naviy vatarbiyaviy funksiyasini chuqurroq anglashga yordam beradi. Tadqiqotdaquyidagi yondashuv va usullarqo‘llanildi:  Tanlangan asarlar: Alisher Navoiy (“Hayrat ul-abror”), Abdulla Qodiriy (“O‘tkan kunlar”), Oybek (“Navoiy”),PirimqulQodirov (“Yulduzlitunlar”).  Uslubiy yondashuv: Semantik-tahliliy, kontekstual va statistik yondashuv asosida har bir 166 asarda ta’lim-tarbiyaviy so‘zlarning chastotasi vafunksiyasi o‘rganildi.  So‘z tanlovi: Tarbiya, saboq, ilm, ma’rifat, odob, axloq, ustoz, sabr, halollik, mas’uliyat kabi asosiy semantik sohalar bo‘yicha 60 dan ortiq leksik birliklar aniqlanib, ularning ishlatilish kontekstiva ma’naviy-falsafiy yuklamasi baholandi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Tahlilnatijalari quyidagiasosiy jihatlarni ko‘rsatdi:  Ko‘p ishlatiladigan leksik birliklar: “ilm”, “ma’rifat”, “ustoz”, “tarbiya”, “odamiylik” kabi so‘zlardeyarli barcha tanlangan asarlarda yuqori chastotada uchraydi.  Obrazlar orqali ta’sirchanlik: Badiiy obrazlar (masalan, Otabek, Yusufbek hoji, Alisher Navoiy) orqali bu leksik birliklar nafaqat til darajasida, balki axloqiy-ruhiy ifoda vositasi sifatidaishlatilgan.  G‘oyaifodalanishida asosiy vosita: Tarbiya va ma’rifatga oid so‘zlar asarda muallifning asosiy g‘oyaviy pozitsiyasini, axloqiy qarashlarini ifodalovchi vositabo‘lib xizmat qilgan.  Tarixiy-falsafiy kontekst: Ayniqsa, Oybek va Qodirov asarlarida bu leksik birliklar milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosga munosabat va tarixiy saboqlarni aks ettirish vositasi sifatidaham maydonga chiqqan. Ta’lim-tarbiyaviy leksik birliklar badiiy adabiyotda ikki xil asosiy vazifani bajaradi: semantik yuk ko‘taruvchi birliklar va konseptual mazmun shakllantiruvchi vositalar. Masalan, "ustoz" so‘zi nafaqat shaxsni, balki muqaddaslik, bilim manbai va tarbiya belgilarini ham anglatadi. Yuqoridagi asarlarda bu so‘zlar ko‘pincha obraz nutqida, muallifning lirik chekinishlarida yoki muhim dramatik sahnalarda ishlatilgan. Bu esa ularning badiiy ta’sirini oshiradi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida bu leksik birliklar odatda pozitiv semantik fon bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchiga axloqiy saboq berishgaxizmat qiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’lim-tarbiyaviy leksik birliklar o‘zbek badiiy asarlarida g‘oyaviy markaz sifatida xizmat qilgan. Ayniqsa, XIX–XX asr o‘zbek adabiyotida jamiyatdagi islohotlarga, ma’rifatparvarlik harakatlariga mos ravishda bu leksikalar kuchli tarbiyaviy yuklama bilan qo‘llanilgan. Masalan, Abdu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek badiiy adabiyotlarida ta’lim-tarbiyaga oid leksik birliklarning ishlatilish holati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek badiiy adabiyotlarida ta’lim-tarbiyaga oid leksik birliklarning ishlatilish holati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim leksikasi, tarbiya, badiiy asar, kontekst, semantika, ma’naviy-ma’rifiy g‘oya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники