К содержанию
РецензированоUZ2025

POLIMORBID BEMORLARDA POLIPRAGMAZIYA MUAMMOSI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI

POLIMORBIDBEMORLARDAPOLIPRAGMAZIYAMUAMMOSI VA UNI · BARTARAF ETISH USULLARI

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

In patients with polymorbidity, the excessive use of multiple medications (polypharmacy) leads not only to ineffective pharmacotherapy but also increases the risk of adverse drug reactions and drug–drug interactions. This article analyzes the relationship between polymorbidity and polypharmacy, the clinical consequences of this issue, and clinical pharmacological approaches to its management. Particular attention is given to optimizing drug regimens, the importance of clinical pharmacologist consultations, and the role of electronic prescriptionsystems. Keywords: polymorbidity, polypharmacy, optimization of drug therapy, adverse effects, clinical pharmacology. Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi yillarda aholining qarishi, hayot tarzi va salomatlik darajasi o‘zgarishi tufayli polimorbid bemorlar soni keskin ortdi. Polimorbidlik — bir shaxsda bir vaqtda ikki yoki undan ortiq surunkali kasallik mavjud bo‘lishi — klinik amaliyotda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu holat dori vositalarini ko‘p miqdorda buyurish zaruratini yuzaga keltiradi. Ayni paytda, polipragmaziya — ya’ni bemorga keragidan ortiq miqdorda dori tayinlash —xavfli oqibatlarga olibkelishi mumkin. So‘nggi yillarda tibbiyot amaliyotidapolipragmaziya —ya’ni bemorga bir vaqtdabir nechta dori vositalarini tayinlash holatlari keng tarqalgan. Bu holat ayniqsa polimorbid, ya’ni bir nechta surunkali kasallikka ega bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Zamonaviy shifokorlar amaliyotida har bir simptom yoki kasallik uchun alohida dori vositasi tayinlash tendensiyasi mavjud. Ammo bunday yondashuv ko‘pincha kutilgan natijani bermasdan, aksincha, bemor holatini yomonlashtirishi, nojo‘ya ta’sirlar sonini oshirishi mumkin. Polipragmaziya nafaqat klinik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy muammo sifatida ham qaralishi lozim. Bir tarafdan, dori vositalarining noto‘g‘ri va ortiqcha tayinlanishi davlat va bemor mablag‘larining samarasiz sarflanishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, bemor hayoti uchun xavf soluvchi nojo‘ya ta’sirlar, 179 dori-dori o‘zaro ta’sirlari, farmakokinetik ziddiyatlar, dozalash muammolari va komplaensning pasayishi kabi salbiy oqibatlaryuzaga keladi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Polipragmaziyaning dolzarbligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri — aholidagi qarilik darajasining oshib borishi hisoblanadi. Qariyalar odatda bir nechta surunkali kasalliklar (gipertoniya, qandli diabet, yurak yetishmovchiligi, osteoartrit va h.k.) bilan bir vaqtda yashashadi. Ushbu holat ularga bir vaqtda 5–10 ta va undan ortiq dori vositalarini tayinlash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Ammo qariyalarda jigar va buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlar, to‘qimalarning farmakokinetik xususiyatlari, ferment faolligining pasayishi dori metabolizmini ham o‘zgartiradi. Shuning uchun polipragmaziya qariyalarda yanada ko‘proq xavf tug‘diradi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori darajali ixtisoslashgan bo‘lishi ham polipragmaziyani kuchaytirishi mumkin. Masalan, bir bemor terapevt, kardiolog, endokrinolog va nevrolog tomonidan bir vaqtda ko‘riladi. Har bir mutaxassis o‘z sohasiga oid dori tayinlashi natijasida bemorda 8–10 ta dori vositasi yig‘ilib qoladi. Bu dori-dori o‘zaro ta’siri, funksional organlar yukining oshib ketishi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Shifokorlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish yetishmasligi, yagona klinik strategiyaning mavjud emasligi shunday holatlar yuzaga kelishiningasosiy sabablaridan biridir. Polipragmaziyani dolzarb muammoga aylantiruvchi yana bir omil — dori vositalarining ommaviy reklama qilinishi, internet orqali bemorlarning o‘zini-o‘zi davolash holatlari va dori vositalarini ixtiyoriy ravishda qabul qilish tendensiyasining oshishi. Ayniqsa biologik aktiv qo‘shimchalar (BAQ) va “tabiiy vositalar” ni ortiqcha ishlatish bunda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi hollarda shifokorning tavsiyasisiz qabul qilingan dori vositalari juda jiddiy nojo‘ya oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muammoni yanada dolzarblashtiruvchi jihat — polipragmaziyaning kamroq tadqiq qilinganligi va umumiy protokollar bilan yetarlicha tartibga solinmaganligidir. Hozirda jahon tibbiyotida “Deprescribing” deb nomlangan strategik yondashuv shakllana boshlagan bo‘lib, u ortiqcha dori vositalarini kamaytirishga, ularni qayta ko‘rib chiqishga va har bir tayinlangan dori uchun klinik zaruratni asoslashga qaratilgan. Ushbu yondashuv O‘zbekiston kabi mamlakatlarda ham joriy etilishi dolzarb masaladir. Polipragmaziya nafaqat individual bemor, balki butun sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham jiddiy yuk hisoblanadi. Dori vositalarining ortiqcha iste’moli sog‘liqni saqlash budjetida xarajatlarni ko‘paytirishi, nojo‘ya ta’sirlar tufayli qo‘shimcha kasallanish va gospitalizatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ushbu muammoga qarsh

Доказательный фрагмент

«In patients with polymorbidity, the excessive use of multiple medications (polypharmacy) leads not only to ineffective pharmacotherapy but also increases the risk of adverse drug reactions and drug–drug interactions.»

Образец извлечения

Демо-превью

In patients with polymorbidity, the excessive use of multiple medications (polypharmacy) leads not only to ineffective pharmacotherapy but also increases the risk of adverse drug reactions and drug–drug interactions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polymorbidity, polypharmacy, optimization of drug therapy, adverse effects, clinical, polipragmaziya, nojo‘ya ta’sirlar, dori terapiyasini optimallashtirish, klinik farmakologiya., polimorbidlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники