К содержанию
РецензированоUZ2025

POLIPRAGMAZIYA VA GERIATRIYA: GERIATRIYADA POLIPRAGMAZIYANING SALBIY OQIBATLARI

POLIPRAGMAZIYAVA GERIATRIYA:GERIATRIYADA POLIPRAGMAZIYANING

Научный информационный бюллетень · 8 · 339-349 · 2025

Аннотация

Polypharmacy—commonly defined as the simultaneous use of five or more medications—is widespread. This article analyzes the prevalence and risks of polypharmacy in geriatric practice from both clinical pharmacological and organizational perspectives. Age- related pharmacokinetic and pharmacodynamic changes, as well as increased susceptibility to adverse drug reactions and drug–drug interactions, make polypharmacy particularly hazardous in elderly patients. The article presents practical recommendations for physicians and discusses approaches based ondeprescribing strategies. Keywords: polypharmacy, geriatrics, elderly patients, pharmacotherapy, adverse effects, deprescribing. Mavzuning dolzarbligi. Geriatriya — bu nafaqat yoshi ulg‘aygan shaxslarning kasalliklarini davolash, balki ularning hayot sifatini saqlash va funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks tibbiy yo‘nalishdir. Hozirgi kunda aholining qarish tendensiyasi tufayli geriatrik bemorlar soni ortib bormoqda. Statistikaga ko‘ra, 65yoshdan oshgan bemorlarning katta qismida 3–5 va undan ortiq surunkali kasalliklar mavjud. Bu esa ularda ko‘p sonli dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishni taqozo etadi — ya’ni polipragmaziya holati. So‘nggi yillarda tibbiyot amaliyotida polipragmaziya — ya’ni bemorga bir vaqtda bir nechta dori vositalarini tayinlash holatlari keng tarqalgan. Bu holat ayniqsa polimorbid, ya’ni bir nechta surunkali kasallikka ega bo‘lgan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Zamonaviy shifokorlar amaliyotida har bir simptom yoki kasallik uchun alohida dori vositasi tayinlash tendensiyasi mavjud. Ammo bunday yondashuv ko‘pincha kutilgan natijani bermasdan, aksincha, bemor holatini yomonlashtirishi, nojo‘ya ta’sirlar sonini oshirishi mumkin. Polipragmaziya nafaqat klinik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy muammo sifatida ham qaralishi lozim. Bir tarafdan, dori vositalarining noto‘g‘ri va ortiqcha tayinlanishi davlat va bemor mablag‘larining samarasiz sarflanishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, bemor hayoti uchun xavfsoluvchi nojo‘ya ta’sirlar, dori-dori o‘zaro ta’sirlari, farmakokinetik ziddiyatlar, dozalash muammolari va komplaensning pasayishi kabi salbiy oqibatlaryuzaga keladi. 184 Polipragmaziyaning dolzarbligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri — aholidagi qarilik darajasining oshib borishi hisoblanadi. Qariyalar odatda bir nechta surunkali kasalliklar (gipertoniya, qandli diabet, yurak yetishmovchiligi, osteoartrit va h.k.) bilan bir vaqtda Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. yashashadi. Ushbu holat ularga bir vaqtda 5–10 ta va undan ortiq dori vositalarini tayinlash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Ammo qariyalarda jigar va buyrak faoliyatidagi o‘zgarishlar, to‘qimalarning farmakokinetik xususiyatlari, ferment faolligining pasayishi dori metabolizmini ham o‘zgartiradi. Shuning uchun polipragmaziya qariyalarda yanada ko‘proq xavf tug‘diradi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori darajali ixtisoslashgan bo‘lishi ham polipragmaziyani kuchaytirishi mumkin. Masalan, bir bemor terapevt, kardiolog, endokrinolog va nevrolog tomonidan bir vaqtda ko‘riladi. Har bir mutaxassis o‘z sohasiga oid dori tayinlashi natijasida bemorda 8–10 ta dori vositasi yig‘ilib qoladi. Bu dori-dori o‘zaro ta’siri, funksional organlar yukining oshib ketishi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Shifokorlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish yetishmasligi, yagona klinik strategiyaning mavjud emasligi shunday holatlar yuzaga kelishiningasosiy sabablaridan biridir. Polipragmaziyani dolzarb muammoga aylantiruvchi yana bir omil — dori vositalarining ommaviy reklama qilinishi, internet orqali bemorlarning o‘zini-o‘zi davolash holatlari va dori vositalarini ixtiyoriy ravishda qabul qilish tendensiyasining oshishi. Ayniqsa biologik aktiv qo‘shimchalar (BAQ) va “tabiiy vositalar” ni ortiqcha ishlatish bunda katta rol o‘ynaydi. Ba’zi hollarda shifokorning tavsiyasisiz qabul qilingan dori vositalari juda jiddiy nojo‘ya oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muammoni yanada dolzarblashtiruvchi jihat — polipragmaziyaning kamroq tadqiq qilinganligi va umumiy protokollar bilan yetarlicha tartibga solinmaganligidir. Hozirda jahon tibbiyotida “Deprescribing” deb nomlangan strategik yondashuv shakllana boshlagan bo‘lib, u ortiqcha dori vositalarini kamaytirishga, ularni qayta ko‘rib chiqishga va har bir tayinlangan dori uchun klinik zaruratni asoslashga qaratilgan. Ushbu yondashuv O‘zbekiston kabi mamlakatlarda ham joriy etilishi dolzarb masaladir. Polipragmaziya nafaqat individual bemor, balki butun sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham jiddiy yuk hisoblanadi. Dori vositalarining ortiqcha iste’moli sog‘liqni saqlash budjetida xarajatlarni ko‘paytirishi, nojo‘ya ta’sirlar tufayli qo‘shimcha kasallanish va gospitalizatsiyalarni keltirib chiqarishi

Доказательный фрагмент

«Polypharmacy—commonly defined as the simultaneous use of five or more medications—is widespread.»

Образец извлечения

Демо-превью

Polypharmacy—commonly defined as the simultaneous use of five or more medications—is widespread. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polypharmacy, geriatrics, elderly patients, pharmacotherapy, adverse effects, polipragmaziya, nojo‘ya ta’sir, geriatriya, qariya bemor, depreskraybing., farmakoterapiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники