Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUYRAK TOSH KASALLIKLARI
BUYRAK TOSH KASALLIKLARI · Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich
Для учителей · 2026
Аннотация
Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Kalit so‘z: Nefrit,buyrak yetishmovchiligi,nefrolitiaz,piyelonefrit. Kirish: Buyraktosh kasalligi, nefrolitiaz — buyrak va siydik yoʻllarida tosh hosil boʻlishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama boʻladi. Bolalariga nisbatan kattalar orasida koʻproq uchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, oqsillar tanqisligi, meʼdaichak kasalliklari,qalqonsimon bez yonidagi bezchalar faoliyatining kuchayishi, piyelonefrit, buyrakdan siydik oqimi qiyinlik bilan oʻtadigan boshqa kasalliklar oqibatida moddalar almashinuvining buzilishi sabab boʻladi. Irsiy omillarning ham ahamiyati bor. Kasallik asosida oqsil oʻlaksasi atrofiga siydikda qiyin eriydigan tuz kristallari yopishib, mikrolitlar hosil qilishi yotadi; ular astasekin kattalashib, toshlarga aylanadi (mas, urat kislota tuzlaridan uratlar,kalsiy oksalatdan esa oksalat toshlari va hokazo). Tosh oʻlchamlari kattalasha borib, buyrak kosachasi yoki jomiga tiqilib, siydik dimlanishi roʻy berganda, oʻziga xos klinik manzara kuzatiladi. Belning oʻng yoki chap tarafida qattiq sanchiq paydo boʻlib (qarang Buyrak sanchigi), u jinsiy aʼzolarga, sonning old yuzasiga tarqaladi. Sanchiq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Baʼzan ogʻriq suyet boʻlib, jismoniy ish qilganda, sakraganda, transport silkitganida, tosh joyidan siljib, siydik nayiga yoki qovuqqa oʻtganida ogʻriq kuchayishi va bunda mikrogematuriya makrogematuriyaga aylanishi mumkin. Asosiy qism: Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Kasallikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: -Irsiy moyillik. -Organizmda ortiqcha kalsiy. -Qonda ortiqcha siydik kislotasi. -Moddalar almashinuvining buzilishi. https://scientific-jl.com 3 1 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali -Suyuqlikni yetarli darajada qabul qilmaslik yoki suyuqlikni tez yo‘qotish. -Buyrak infeksiyalari. Buyrakdagi toshlarning xarakterli alomatlariga quyidagilar kiradi: -Siydik chiqarishda og‘riq -Qon ketishi ehtimoli -Buyrak toshlarida o‘tkir og‘riqlar -Peshobdagi qum -Siydikning xiralashishi -Qusadigan ko‘ngil aynish -Tez-tez siydik chiqishi Bolalar serharxasha boʻlib, bezovtalanadi, qorni yoki kindik atrofini koʻrsatib, chinqirib yigʻlaydi, siydikda leykotsit va eritrotsitlar boʻladi. Ultratovush (UTT) yoki rentgen tekshiruvlariga asoslanib tashxis qoʻyiladi. Toshning oʻlchami siydik nayidan chiqa olish darajasida boʻlsa, uni erituvchi dorilar, giyoxdar va parhez yordamida davolanadi. Litotriptor yordamida toshni maydalab, siydik yoʻllaridan chiqarib yuborish tobora koʻp qoʻllanilmoqsa. Zaruriy hollarda jarrohlik usulida tosh buyrakdan olib tashlanadi.Buyrak tosh kasalligi siydik nisbiy zichligining o‘zgarishiga vagipostenuriyani ham keltirib chiqaradi. Buyrak konsentratsiyalash qobiliyati buzilishining bitta belgisi hisoblanadi. Ulardan faqat giperstenuriya – siydik nisbiy zichligining koʻtarilishi buyrak kasalliklari bilan bevosita bogʻliq boʻlmasdan, qandli diabet, giperparatireoz, ogʻir metalll tuzlari bilan surunkali zaharlanish oqibatida boʻladi. Siydik nisbiy zichligining pasayishi (1002–1010 atrofida oʻzgarib turadi) kanalchalarning kalavalar filtratini konsentratsiyalash qobiliyati buzilishi oqibatida kelib chiqib, bu buyrak yetishmovchiligi vaqtida kuzatiladi.Buyrak toshi va yetishmovchiligi kuchayib borganda izogipostenuriya holati roʻy beradi, bunda bemor har xil vaqt oraligʻida nisbiy zichligi past boʻlgan bir xil siydik porsiyasini chiqaradi. Buyraklardan toshlarni olib tashlash quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: -Ochiq bo‘shliq operatsiyasi. -Endoskopik va laparoskopik operatsiyalar. -Bel sohasidagi teshik orqali toshlarni maydalash. -Toshlarning ultratovushli maydalanishi. Dori preparatlaridan quyidagilar buyuriladi: -Analgetiklar. -Spazmolitiklar. -Diuretiklar. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik quyidagi xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin: -Buyrak sanchig‘i. https://scientific-jl.com 3 1 9 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali -Piyelonefrit. -Buyrak yetishmovchiligi. Xulosa: Buyrakda tosh hosil bo’lishining oldini olish uchun bir nechta chora- tadbirlarni ko’rish mumkin: 1. Ko’p suyuqlik ichish: Suv ichish buyraklar uchun juda muhim. Kuniga kamida 2-3 litr suv ichish, buyraklardagi tuzlar va boshqa moddalar to’planib tosh hosil qilishining oldini oladi. 2. Sog’lom ovqatlanish: Tuz, shakar, qizdirilgan yog’lar va yuqori qand miqdori bo’lgan oziq-ovqatlardan cheklanish kerak. Shuningdek, oksalat (masalan, ismaloq, qizil uzum va no’xat kabi) tarkibiga boy ovqatlarni cheklash ham foydali bo’lishi mumkin. 3. Kalsiy miqdorini nazorat qilish: Kalsiy toshlarining oldini olish uchun o’rtacha miqdorda kals
Доказательный фрагмент
«Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBuyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- piyelonefrit., buyrak yetishmovchiligi, Kalit so‘z: Nefrit, nefrolitiaz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026