К содержанию
РецензированоUZ2026

SIYOSIY RAHBARLARNING PSIXOLOGIYASI VA QAROR QABUL QILISH JARAYONI

Shahobjon KUBATOV · Shaxruza AXMADJANOVA

Для учителей · 60 · 307– 337 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada siyosiy rahbarlarning psixologiyasi va ularning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Temperament, emosional intellekt, kognitiv murakkablik, qadriyat tizimi kabi individual xususiyatlarning siyosiy liderlikdagi roli yoritiladi. Zamonaviy psixologik nazariyalar, Big Five shaxs modeli va neyropsixologik izlanishlar asosida siyosiy qaror qabul qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi tadqiqotlar – raqamli psixologiya, sun’iy intellekt asosida nutq tahlili, kognitiv biaslarni o‘rganish va inqiroz sharoitida liderlik psixologiyasi kabi yo‘nalishlar o‘rganilib, siyosiy psixologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqola siyosatshunoslar, psixologlar va davlat boshqaruvi mutaxassislari uchun nazariy bilim va amaliy tavsiyalar manbai sifatida xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: siyosiy psixologiya, siyosiy rahbarlik, qaror qabul qilish, temperament, emosional intellekt, kognitiv murakkablik, Big Five modeli, neyropsixologiya, raqamli psixologiya, liderlik psixologiyasi. Zamonaviy siyosiy muhit tobora murakkablashib, global xavfsizlik, iqtisodiy inqirozlar, pandemiyalar, iqlim o‘zgarishi va texnologik o‘zgarishlar fonida siyosiy rahbarlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda. Bunday murakkab va tez o‘zgaruvchan sharoitda rahbarlarning qaror qabul qilish jarayoni nafaqat siyosiy strategiya va institutsional omillar, balki ularning shaxsiy psixologik xususiyatlari, hissiy barqarorligi, kognitiv qobiliyatlari va shaxsiy dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir [5, 329]. Siyosiy psixologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish «siyosiy rahbarlar psixologiyasi» ushbu murakkab jarayonni chuqur anglashga xizmat qiladi. Siyosiy rahbar – bu nafaqat siyosiy qarorlar qabul qiluvchi shaxs, balki ijtimoiy- psixologik ramz, ijtimoiy guruhlar umidini ifodalovchi va xalq ongidagi arxеtiplarga mos tushadigan ijtimoiy konstruktsiyadir. Ular ko‘pincha xalqlar yoki siyosiy guruhlar tomonidan ideal obrazda qabul qilinadi. Shu bois, rahbarning psixologik profili, xarakter xususiyatlari, stressga bardoshliligi, axloqiy qadriyatlari, shuningdek, kognitiv cheklovlari va hissiy reflekslari, qabul qilinadigan qarorlar sifatiga bevosita ta’sir qiladi. 76-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 139 Ustozlar uchun pedagoglar.org Shuningdek, siyosiy rahbarlar qaror qabul qilish jarayonida nafaqat rasmiy ma’lumotlarga yoki ekspert maslahatlariga, balki o‘z intuitiv his-tuyg‘ulariga, tarixiy tajribalariga, shaxsiy qadriyatlariga, va ba’zida irrasional hissiyotlariga ham tayanishlari mumkin. Bu holat siyosiy qarorlar har doim ham ratsional yoki iqtisodiy manfaatlarga asoslangan bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Mazkur maqola doirasida biz quyidagi savollarga javob izlaymiz: siyosiy rahbarlarning psixologik xususiyatlari qanday? Qanday omillar ularning qaror qabul qilishiga ta’sir qiladi? Stress, xavf va noaniqlik sharoitida rahbarlar qanday psixologik strategiyalarni qo‘llashadi? Qaror qabul qilishda emotsional intellekt, kognitiv biaslar va shaxsiy ishonch tizimi qanday rol o‘ynaydi? Ushbu savollarni tahlil qilish orqali biz siyosiy liderlik fenomenining psixologik tabiatini, uning siyosiy jarayonga ta’sir darajasini chuqurroq tushunishga harakat qilamiz. Shu asosda, maqola siyosiy rahbarlarning psixologiyasini o‘rganishga innovatsion va tizimli yondashuvni taklif etadi. Unda zamonaviy siyosiy psixologiya nazariyalari, psixodinamik yondashuvlar, kognitiv modellar va neyropsixologik izlanishlar asosida siyosiy rahbarlarning qaror qabul qilish jarayonining ko‘p qatlamli va murakkab xususiyatlari yoritib beriladi. Bu esa siyosiy rahbarlikka nisbatan yangicha yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Siyosiy rahbarlarning shaxsiy psixologik xususiyatlari ularning liderlik uslubi, siyosiy qarashlari va boshqaruv strategiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Har bir rahbarning xarakteri, temperament turi, stressga qarshi bardoshliligi va shaxsiy qadriyatlari qaror qabul qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi [1, 109]. Rahbarlarning temperament turlari (ekstravert yoki introvert bo‘lishi) ularning siyosiy uslubini belgilaydi. Masalan, Franklin D. Ruzvelt ekstravert sifatida xalq bilan bevosita aloqada bo‘lib, ommaviy nutqlar orqali ruhlantirishga e’tibor qaratgan. Angela Merkel esa introvert rahbar sifatida ehtiyotkor, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishi bilan tanilgan. Bu farqlar liderlarning siyosiy uslublari va jamiyatga ta’sirini belgilaydi. Siyosiy inqiroz davrida rahbarlarning stressni boshqarish darajasi ularning siyosiy muvaffaqiyatida muhim o‘rin tutadi. Uinston Cherchillning Ikkinchi jahon urushi davridagi qat’iyati yoki Nelson Mandelaning qamoqdan chiqqanidan keyingi yarashuv siyosati stressga bardoshlilikning siyosiy natijalarini yaqqol ko‘rsatadi. Kognitiv murakkablik darajasi rahbarlarning siyosiy masalalarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish va chuqur tahlil qilish qobiliyatini ifodalaydi. Masalan, Barak Obama keng tahliliy yondashuvi bilan tanilgan, Donald

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada siyosiy rahbarlarning psixologiyasi va ularning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada siyosiy rahbarlarning psixologiyasi va ularning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Big Five modeli, siyosiy rahbarlik, neyropsixologiya, kognitiv murakkablik, qaror qabul qilish, temperament, raqamli psixologiya, liderlik psixologiyasi., emosional intellekt, Kalit so‘zlar: siyosiy psixologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти