К содержанию
РецензированоRU2025

YONG‘IN XAVFSIZLIGINING DOLZARB OYLIGI – JAMIYAT XAVFSIZLIGI YO‘LIDAGI MUHIM QADAM

YO‘LIDAGI MUHIM QADAM

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются мероприятия, проводимые в Узбекистане в рамках актуального месяца по обеспечению пожарной безопасности. Особое внимание уделяется повышению бдительности граждан, профилактическим мерам, причинам возникновения пожаров и способам их предотвращения. Также освещаются мероприятия по обучению детей, проведение эвакуационных учений и обязанности организаций. Ключевые слова: Пожарная безопасность, актуальный месяц, профилактика, эвакуация, пропаганда, технические средства, бдительность. THE RELEVANT FIRE SAFETY MONTH IS AN IMPORTANT STEP TOWARDS PUBLIC SAFETY Annotation. This article highlights the activities held in Uzbekistan during the Fire Safety Awareness Month. It focuses on increasing public vigilance, the importance of preventive measures, identifying fire hazards, and ways to prevent them. The article also discusses educational activities for children, evacuation drills, and the responsibilities of institutions. Keywords: Fire safety, awareness month, prevention, evacuation, public education, technical equipment, vigilance. O‘zbekiston bo‘ylab yong‘in xavfsizligi bo‘yicha dolzarb oy davom etmoqda. Maqsad— fuqarolarning hushyorligini oshirish, yong‘inlarning oldini olish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish. Har yili mamlakatimizda yong‘in xavfsizligiga oid dolzarb oyliq tadbirlari o‘tkazilishi odat tusiga kirgan bo‘lib, bu jarayon aholining yong‘inlarga nisbatan hushyorligini oshirish va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. 74 Iyul, 2025-Yil Yong‘in — inson hayoti, mulki va atrof-muhit uchun eng xavfli ofatlardan biridir. Shu bois, har yili mamlakatimizda iyul–avgust oylarida “Yong‘in xavfsizligining dolzarb oyligi” o‘tkazilib, bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot va profilaktik tadbirlar kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va madaniyatni oshirish, yong‘inga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etishdir. Oylik davomida fuqarolarning yong‘in xavfi bilan bog‘liq xatti-harakatlaridagi xatoliklarni bartaraf etish, bolalarga xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish, tashkilot va muassasalarda yong‘in texnikasi vositalarining holatini ko‘zdan kechirish kabi muhim vazifalar bajariladi. Oylikning asosiy maqsadi Yong‘in xavfsizligi oyligining asosiy maqsadi – aholining barcha qatlamlari o‘rtasida yong‘in xavfi haqida tushuncha hosil qilish, yong‘inga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash va ularning oldini olish choralarini belgilashdir. Bu borada fuqarolar bilan suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar, targ‘ibot tadbirlari, maktab va bog‘chalarda yong‘in simulyatsiyasi asosida evakuatsiya mashqlari o‘tkaziladi. Yong‘inlarning asosiy sabablari: Yong‘inlar ko‘pincha inson omiliga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Masalan: Elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish; O‘choqlar, gaz plitalarini nazoratsiz qoldirish; Bolalarning o‘yin vaqtida o‘t bilan ehtiyotsiz muomalasi; Yaroqsiz isitish moslamalari va simyog‘ochlardan foydalanish. Shuning uchun, aynan profilaktik ishlar va ma’lumot berish orqali yong‘inlarning oldini olish mumkin. Tashkilotlar va fuqarolarning vazifalari Har bir tashkilot yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishi, zarur texnika vositalarini tayyor holatda saqlashi kerak. Shuningdek, fuqarolar ham o‘z xonadonlarida va atrof-muhitda yong‘inga olib keluvchi omillarni oldindan aniqlab, bartaraf etishga harakat qilishlari lozim. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilimlarini oshirib barishlari va birinchi navbatda 101 va 1050 raqamiga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilish, insonlarning hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan evakuatsiya qilish ko‘nikmalarini yaxshi bilishlari kerak. Xulosa Yong‘in xavfsizligining dolzarb oyligi bu – faqat bir oy davom etadigan tashabbus emas, balki yil davomida davom etishi zarur bo‘lgan muhim xavfsizlik madaniyatining bir qismi. Har bir fuqaro o‘zini, oilasini va atrofdagilarni himoya qilish uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart. Chunki xavfsizlik — faqat mutasaddilarning emas, balki har bir fuqaroning kundalik burchidir. Ogohlik va hushyorlik esa hayotimiz garovidir. 75

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются мероприятия, проводимые в Узбекистане в рамках актуального месяца по обеспечению пожарной безопасности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются мероприятия, проводимые в Узбекистане в рамках актуального месяца по обеспечению пожарной безопасности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fire safety, awareness month, prevention, evacuation, public education, dolzarb oy, texnik vositalar, targ‘ibot, evakuatsiya, profilaktika, hushyorlik., Yong‘in xavfsizligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники